TGViewer
Otabek’s I/O Otabek’s I/O @otabekswe · 2.84K subscribers
Post #405 2.4K
SystemD yoxud System Daemon

Dasturlashga endi kirib, birinchi loyihamni ahost.uz ga joylaganimni eslayman. O'sha payt python dasturlarimni qanday internetda 24/7 ishlab turishini ta'minlash haqida o'ylardim. Terminalga kirib python falonchi.py deyishim bilan dastur ishlar ammo terminalni yopishim yoki browserdan chiqishim bilan dastur o'chib qolardi. Birdan nohup buyrug'iga ko'zim tushdi va u haqida o'rganishni boshladim.

nohup linux operatsion tizimidagi buyruq bo'lib shell yoki terminaldan chiqib ketgan taqdiringizgda ham process ishlab turishini ta'minlaydi (har bir dastur bitta processda run bo'ladi va uni ko'rish uchun htop, top yoki ps aux buyruqlarini terminalga yozish kifoya qiladi). nohup odatda SIGHUP (signal Hang UP) signalini qabul qilishdan qochishga yordam beradi. Ammo bu juda yomon yechim edi. Chunki har safar dastur o'chib qolsa yoki tizim reboot (qayta yonsa) bo'lsa uni qo'lda yana ishga tushirishni talab qilardi.

Keyinchalik Linux o'rganayotib systemd tushunchasiga ko'zim tushdi. systemd bu tizim sozlamalari va servicelarni ishga tushuruvchi tizim ekan. U har bir topshiriqlarni unitlarga bo'lib chiqar ekan. Va eng asosiysi virtual mashina boot (yonish) ketma-ketligida systemd har bir unit (service fayl)larni uyg'otib chiqar ekan. Bu ham mayli o'chib qolsa restart qilishni ham buyrusa bo'lar ekan. Menga juda yoqdi va bu haqida o'rganishni boshladim va muammoga yechim topdim.

Agar dasturlaringizni serverga deploy qilishda muammolaringiz bo'lsa yoki bilmayotgan bo'lsangiz mana bilib oldingiz )

@otabekswe
More from @otabekswe
  1. Sep 28, 2026Voicelab da bizga eng qiziq bo'lgan mavzu bu Small Language Models (Large Language Models…
  2. Sep 10, 2026Barchamiz miriqib kuzatgan O'rgimchak Odam, Chaqmoq Makvin, Aka-uka Kreshlar (Muzlik davri…
  3. Sep 7, 2026Biz yangilik qilishdan to'xtamayabmiz. • Aisha Comet LLM modelimizni chiqardik. Platformag…
  4. Sep 4, 2026#experience Deyarli bir yarim yildan buyon intervyular jarayonida bitta savol doim so'raym…
  5. Aug 28, 2026#experience Ko'pchilik bir xil savol beradi: "Model o'zilarnikimi yoki open-source modelmi…
  6. Aug 25, 2026Voicelab Desktop V1 chiqdi (katta yangilanish va yaxshilanish qildik), har kunlik bepul kr…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →