Kamchilik nimada?
Bir tanishim bilan project qilish bo'yicha suxbat qilib ba'zi fikrlarni muhokama qildik. Hozir ishga topshiruvchilarni fail bo'lishini asosiy sababi ular qilayotgan yoki qilishni istagan projectlarda ekan.
Kimni qarasa E-Commerce, VideoStream ishlarni qilishadi. Vaxolangki bunda projectlarga misollar internetda qalashib yotibdi va eng qiziq tomoni shundaki soxani chala o'rganib olib, kodlarni ko'chirib, tutorialga ergashib qilgan ishini githubga "kerilib" yuklab qo'yishadida "mana shunday ishlar qilganman" deyishadi.
Kompaniyalarda ko'p shunday projectlar qilinishi to'g'ri ammo bu degani siz ham shunday ish qilishiz kerak degani emas. Loyihalar qachon ko'zga tashlanadi qachonki biror ishni nargisidan (loyihadan) yaxshiroq qila olsa. Yoki ko'pchilik qilmaydigan ishlarni qilishda misol uchun DB yaratib ko'rish, tool yaratish generic ishlatish uchun.
Loyiha yasang, faqat o'zingiz uchun emas barcha uchun xizmat qiluvchi loyiha yasang. Bor loyihani qayta yasang, ammo sizniki qaysidir jihatlama yaxshiroq bo'lsin narigisidan.
@otabekswe
Post #383
1.92K