Nima uchun FAANGda DS Algo bo'yicha interview qilishadi?
FAANG kompaniyalariga shu paytgacha 5ta interview qilishga ulgurdim va 4tasidan rejact bittasi bilan davom etayabmiz (hozircha sir 😉). Intel, Amazon, Nokia va Bank of New York Mellon kompaniyalarida ham bir xil DS Algo interviewlari bo'ldi. Xo'sh interview oxirida 2ta ajoyib insonlar bilan connection qilib oldim va savollar berdim. Bulardan biri bu "Nima uchun FAANGda DS Algo bo'yicha interview qilishadi?" Javoblarni umumiy va soddalashtirib quydigachi xulosalarga keldim:
1. Problem analysis - Dasturchilar muammolarni yechuvchi insonlar bo'lgani uchun ham ulardan kuchli "muammo tahlil qilish" ko'nikmalari talab qilinadi. Bu orqali esa dasturchi qachon, qayerda va qanday qilib muammoga to'g'ri yondashuv qila olishini kuzatish mumkin.
2. Language proficiency - Dasturchilarda til borasidagi bilimlari bo'yicha savollar berib o'tirgandan ko'ra, ularni amaliyotda qanchalik to'g'ri va moxirlik bilan ishlata olishini tekshirish osonroq ekan. Tasavvur qiling siz nazariyda zo'r bilimga egasiz ammo amaliyot qilib ko'rmagansiz, bu yomon va ushbu muammoni oldini olish uchun sizdan ko'proq amaliy vazifalar berish orqali aniqlash ancha vaqtdan yutish imkonini beradi.
3. Soft skills - Jamoaga sizni kiritishdan oldin sizni qanday soft skillga egaligingizni tekshirish uchun ham bu interviewlar juda zo'r, chunki muammo aniq, yechim uchun sizda ko'plab aniq va sodda fikrlar so'raladi. Siz qanchalik yaxshi tushuntirish qobilyatiga ega bo'lsangiz, qanchalik muammoni yechimini sherigingiz (interviewer) bilan tahlil qilsangiz shuncha yaxshi soft skillga egasiz degani )
... va boshqa sabablar ham bor, ammo eng asosiylar menimcha shular.
Latofat Bobojonova: Internship qilish uchun tajriba emas yaxshi project(lar) va kuchli bilm bo’lsa yetadi. Sinab ko’rilgan uslub :)
P.S: Ushbu postni o'z tajriba va fikrlarim asosida yozayabman
@otabekswe
Post #361
1.33K