TGViewer
Otabek’s I/O Otabek’s I/O @otabekswe · 2.84K subscribers
Post #347 1.33K
Hech qachon Senior bo'la olmaydiganlar

Har bir soxani eng zo'r mutaxasislari bo'lganidek eng yomonlari ham bo'ladi. Bunday insonlarni ajratib olish umumman qiyin emas shunchaki ularni ba'zi xislatlari ularni hech qachon rivojlanmasligini ko'rsatib beradi. Keling ularni birma-bir sanab nima uchun bunday xulosaga kelganimni aytib beraman.

1. Google qilishni bilmaydiganlar - Internetda hozirda oddiy va suyqasi chiqib ketgan savollarga ming xil javob olishingiz mumkin. Agar siz "JavaScript nima?" "For loop qanday ishlaydi?" kabi savollarni odamlardan so'rayotgan bo'lsangiz tabriklayman, siz shu insonlar qatoriga kirdingiz.

2. Unutuvchilar - Kechagi xatosi, o'rgangan mavzusi yoki nima bo'lsa ham uni tez unutsa demak bu toyifa ham rivojlanmaydi. "Qonunlar qon bilan yozilgan" degan naql bor. Ya'ni ba'zi qonunlarni bilmasangiz yoki unutsangiz qon to'kishingizga to'g'ri keladi. Unutmaslik uchun esa ko'proq yaxshiroq izlanib amaliyot qilish juda zarur.

3. Ma'suliyatsizlar - Har bir odamni jamoada o'z ma'suliyati va majburiyatlari bo'ladi. Ulardan qochish, yaqinlashmaslik yoki yechim qidirmaslik tajribadan quruq qolish bilan barobar. Bir kunmas-bir kun agar sizni hech kim jamoaga qo'shishni xohlamasa xafa bo'lmang, chunki siz ma'suliyatsizlik qilasiz va hech kim sizga nimadirni ishonib topshirgisi kelmaydi.

4. Taqqoslovchilar - Tez-tez language, framework yoki toolarni bir-biri bilan solishtirib yomonlovchilarni eshitib qolamiz. Bu ham shunday dasturchilardan dalolat. Computer Science olamida qurollar juda ko'p ammo eng qulayidan foydalanish dasturchiga borib taqaladi. Nima uchun Google C++, Java ni ko'proq ishlatishini sababi ular boshqalariga qaraganda ulardagi muammoga ko'proq, efficientroq yechim deb topilgani uchun. Ko'p ish yoki kam ish deb ajratish ham yomon, btw.

5. General bilmlardan qochuvchilar - Faqat dasturlash tili, frameworkga bog'lanib qoladigan va umumiy bilimlarni o'rganmaydiganlar ham shu insonlar safida bo'ladi. Umumiy bilimlar aslida bu narsalar nima, qachon va qayerda to'g'ri ishlatish mumkinligini sizga o'rgatadi. Muammoga turli-xil prespectivedan qarash imkonini beradi. "Ularni qayerdan o'rganaman?" deysizmi, albatta kitoblardan. Demak xulosa kitob o'qimaydiganlar ham pro bo'la olmaydi.

Bu postni ko'pchilik xatto o'qimaydi ham, o'qisa ham bir kunmas-bir kun esdan chiqaradi. Ammo maqsadim 2ta odam o'qisa ham ularga katta ta'sir qilib zo'r rivojlanishsa men roziman.

P.S: Fikrlar o'ta subyektiv va ba'zilari (balkim barchasi) noto'g'ri bo'lishi mumkin. Let me know if am wrong!

@otabekswe
More from @otabekswe
  1. Sep 28, 2026Voicelab da bizga eng qiziq bo'lgan mavzu bu Small Language Models (Large Language Models…
  2. Sep 10, 2026Barchamiz miriqib kuzatgan O'rgimchak Odam, Chaqmoq Makvin, Aka-uka Kreshlar (Muzlik davri…
  3. Sep 7, 2026Biz yangilik qilishdan to'xtamayabmiz. • Aisha Comet LLM modelimizni chiqardik. Platformag…
  4. Sep 4, 2026#experience Deyarli bir yarim yildan buyon intervyular jarayonida bitta savol doim so'raym…
  5. Aug 28, 2026#experience Ko'pchilik bir xil savol beradi: "Model o'zilarnikimi yoki open-source modelmi…
  6. Aug 25, 2026Voicelab Desktop V1 chiqdi (katta yangilanish va yaxshilanish qildik), har kunlik bepul kr…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →