TGViewer
Otabek’s I/O Otabek’s I/O @otabekswe · 2.84K subscribers
Post #341 1.34K
SQL Trigger

SQL Trigger - insert, update, (truncate) yoki delete operatsiyalaridan sodir bo'lgandan oldin yoki keyin avtomatik ishga tushuvchi funksiya xisoblanadi. Ular tablega bog'liq funksiya xisoblangani uchun, avval trigger function yaratasiz va uni biror tablega bog'lab qo'yasiz.

Types
PostgreSQL, MySQL asosan 2 turdagi triggerlarni taqdim qiladi, row-level va statement-level trigger. Ikkisini bir-biridan farqi necha marta va qaysi vaqtda ishga tushishida. Oddiyroq misol keltiradigan bo'lsak, 100 ta ma'lumot insert qilayabsiz demak row-level 100 marta ishlasa statement-level 1 marotaba ishlaydi.

Hozirda ba'zi ORMlar ham event sodir bo'lishidan oldin yoki keyin qandaydir ishlar qilish imkoniyatini berishini bilishingiz mumkin misol uchun SQLAlchemy va Django ORM. Django signals bu triggerni ORM level implementatsiyasi xisoblanadi. Ishlashi database-level triggerga o'xshaydi va siz pre_init, post_init, pre_save, post_save kabi signal turlari bilan o'zingiz hohlagan vaqtda biror logikani amalga oshirishingiz mumkin.

Problems with triggers
Triggerni kamchiliklari yo'q ammo dasturchilarda bor chunki hamma narsani ham triggerga berish xato. Triggerdan faqat kerak bo'lgan xolatdagina foydalanishni tavsiya qilaman. Ba'zan noto'g'ri yozilgan trigger juda ko'p muammolarga olib kelishi mumkin chunki ular avtomatik ishga tushgani uchun sizga ko'rinmaydi. Ba'zan esa ko'plab foyda olib kelishi mumkin ya'ni ishingizni, vaqtingizni tejashi mumkin.

@otabekswe
More from @otabekswe
  1. Sep 28, 2026Voicelab da bizga eng qiziq bo'lgan mavzu bu Small Language Models (Large Language Models…
  2. Sep 10, 2026Barchamiz miriqib kuzatgan O'rgimchak Odam, Chaqmoq Makvin, Aka-uka Kreshlar (Muzlik davri…
  3. Sep 7, 2026Biz yangilik qilishdan to'xtamayabmiz. • Aisha Comet LLM modelimizni chiqardik. Platformag…
  4. Sep 4, 2026#experience Deyarli bir yarim yildan buyon intervyular jarayonida bitta savol doim so'raym…
  5. Aug 28, 2026#experience Ko'pchilik bir xil savol beradi: "Model o'zilarnikimi yoki open-source modelmi…
  6. Aug 25, 2026Voicelab Desktop V1 chiqdi (katta yangilanish va yaxshilanish qildik), har kunlik bepul kr…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →