Dasturchi universitetda o'qishi shartmi?
Menda ham shunday savol paydo bo'lib unga javob qidira boshladim. Ushbu savolga o'tgan yili Yaponiyalik professorimdan ajoyib javob olgandim. Uning javobi shunday bo'lgandi:
"Otabek, Dasturlash bu computer sciencedagi kichik bir qism xolos. Har narsani dasturlash bilan hal qilib bo'lmaydi ammo computer science bilan ko'plab ishlar qilish mumkin. Sen hozir o'rganayotgan math, networks va ... fanlar sizlarga fundamental, tubdagi tushunchalarni o'rgatayabdi. Dasturlash tili esa bu shunchaki tool va uni hamma o'rgana olishi mumkin. Computer science problem sovlingdan iborat, faqat dasturlashdan emas" degandi.
Ushbu gaplardan keyin juda ko'p o'ylanib faqat oldimdagi narsaga focus qarata boshladim. Boshlanishiga OOP darsimizda Alan Key qanday qilib OOPga asos solgani, Simula, C++ va uning maqsadi haqida gaplashgandik. Keyin ustozimdan maslahat olib Object Thinking by David West kitobini o'qishni boshladim. Ko'p narsalarni anglab yetdim. Biroz vaqt o'tib Azimjon aka bilan gaplashib ulardan Elements of Reusable Object-Oriented Software kitobini o'qib chiqish haqida tavsiya oldim, o'qib yana ham ko'proq narsa o'rgandim.
Keyinchalik Computer Networks darsimizdan Networking o'rgana boshladim, juda qiziq bo'ldi va ko'p biz bilamagan ishlar asosan shu tushunchalar asosida ishlashiga tushundim.
Xulosa: Computer Science faqat dasturlash tillari yoki webdan emas balkim ko'plab chiroyli jabhalardan iboratligini tushunishingiz kerak. Va 4 yil universitetda o'qish bekochilik emas.
P.S: Fikrlarim o'ta shaxsiy va 100% to'g'ri bo'lmasligi mumkin (balkim aniqdir bilmayman).
@otabekswe
Post #336
1.07K