Tutorial hell
Qiziq maqolalar ichida tutorial hell degan yozuvli maqolaga ko'zim tushdi. Kirib o'qib chiqdim va bugun shu mavzuda post yozishga qaror qildim.
Tutorial hell - qachonki siz biror resurs (video, article va ...)dan kim nimani o'rgatsa shuni ko'r-ko'rona ko'chirishingizga aytiladi. Ushbu muammoga yangi dasturlashga kirganlar yoki biror yangi texnologiya, til o'rganayotganlar tez uchrashar ekan va bu rost.
Aslini olganda bu juda yomon chunki hozir haqiqatdan ham ko'plar nima qilayotganiga tushunmay kod yozadi yoki ko'chirishadi, "I have no idea what am doing bro" deganlari shu bo'lsa kerak. Bu kasallikni eng katta yomon ta'siri dasturchi o'rgangan narsasini faqat qilgan ishiga bog'lab o'rganadi va boshqa mustaqil ish bersangiz ... (Loading...)
Dasturlashda deyarli 60-70% tushunchalar boshqa narsalarda ham mavjud bo'ladi va ularni faqat bitta til, texnologiya yoki narsaga bog'lab o'rganish juda xato deb bilaman.
Tez yangi narsa o'rganishni emas balkim bor narsani kuchaytirishni o'rganing. Bruce Lee akam aytganidek:
"Men 1000 xil zarba biladigan raqibdan emas,
Bitta zarbani 1000 marta qaytaradigan raqibdan qo'rqaman."
Let me know if am wrong )
@otabekswe
Post #328
988