TGViewer
Otabek’s I/O Otabek’s I/O @otabekswe · 2.84K subscribers
Post #325 1.05K
SELECT * is bad yoxud SELECT * ning yomon tomonlari

SELECT * yomon va undan qochish kerakligi haqida ko'p postlarni o'qidim, aksariyatlari esa aynan nima uchunligi haqida yozishmagan. Keling bugun millionlab yoki minglab row yoki columnlar bilan ishlash davomida aynan nega SELECT * dan foydalanish yaxshimasligi haqida gaplashamiz.


1. Unnecessary I/O - Sizga doim ham barcha columnlarni tanlash kerakmas bo'lishi mumkin. Agar siz barcha columnlarni fetch qilib ularni ba'zilarini umumman ishlatmasangiz bu ham resursni uvol qilish xisoblanadi, chunki barcha page (bu haqida keyingi postlarda)lardagi ma'lumotlarni o'qishiyabsiz. BTW, SELECT * index-only scan qilishga to'siqlik qiladi.

2. Increase network traffic - Demak keraksiz columnlarni ham olib kelayabsizmi bu degani ko'p network bandwidth sarflash degani.

3. Application memory - Ma'lumotlar ko'paygandan keyin dasturingiz ham kerakmas ma'lumoltarni ushlab turish uchun ko'proq memory talab qilishni boshlaydi.

4. Client Deserialization - Ma'lumotlar clientga jo'natilishdan oldin protocol qoidalariga muvofiq serialization bo'ladi. Demak qancha ko'p ma'lumot jo'natsangiz shuncha ko'p serialization operatsiyalari bajariladi va bu ko'p CPU yeydi. Endi jo'natdi ham deylik, client serialized datani qabul qilgandan keyin nima bo'ladi albatta uni deserialize qilishi kerak va boya aytganimizdek CPU yana isrof bo'ladi.

Conclusion: Ushbu postda SELECT * yomon deyilmagan aksincha uni qachon va qayerda ishlatishni bilmaslik yomon deyilgan. Shunchaki qilib ko'rish va o'rganishlar davomida ishlatavering ammo production levelda buni har yeda qo'llash sizga qimmatga tushishi mumkin.

Yana nimalar qolib ketdi, commentda qoldiring. Menga ham yangilik bo'lardi...

@otabekswe
More from @otabekswe
  1. Sep 28, 2026Voicelab da bizga eng qiziq bo'lgan mavzu bu Small Language Models (Large Language Models…
  2. Sep 10, 2026Barchamiz miriqib kuzatgan O'rgimchak Odam, Chaqmoq Makvin, Aka-uka Kreshlar (Muzlik davri…
  3. Sep 7, 2026Biz yangilik qilishdan to'xtamayabmiz. • Aisha Comet LLM modelimizni chiqardik. Platformag…
  4. Sep 4, 2026#experience Deyarli bir yarim yildan buyon intervyular jarayonida bitta savol doim so'raym…
  5. Aug 28, 2026#experience Ko'pchilik bir xil savol beradi: "Model o'zilarnikimi yoki open-source modelmi…
  6. Aug 25, 2026Voicelab Desktop V1 chiqdi (katta yangilanish va yaxshilanish qildik), har kunlik bepul kr…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →