TGViewer
Otabek’s I/O Otabek’s I/O @otabekswe · 2.84K subscribers
Post #323 936
SQL Execution order yoxud SQL Querylar qanday ishlaydi?

SQL Querylar 3ta bosqchida ishlaydi:

1. Row filtering - ushbu bosqichda FROM, WHERE, GROUP BY va HAVING lar ishga tushadi.

2. Column filtering - ustunlar odatda SELECT statement bilan filter qilinadi.

3. Row filtering - DISTINCT, ORDER BY va LIMIT lar ishga tushadi.

Ha, ha adashmadingiz row filtering 2 marta amalga oshiriladi agar siz yozadigan SQL query shuni talab qilsa.

SELECT id, full_name, university, gpa FROM student WHERE gpa > 3.00 ORDER BY full_name;

Yuqoridagi SQL queryni keling tahlil qilib nimalar sodir bo'lishini kuzatib chiqamiz.

FROM, WHERE execution

Birinchi o'rinda FROM va WHERE ishga tushadi va student tabledan kimda gpa 3.00 dan katta bo'lsa o'sha foydalanuvchilarni tanlaydi. Ammo qanday tanlaydi, bu albatta loop bilan sodir bo'ladi. Har bir rowni filter qilib oladi, agar gpa > 3.00 bo'lsa ularni qoldiradi agar unday bo'lmasa ulardan keyingi rowlarni tekshiradi.

GROUP BY, HAVING execution

GPA 3.00dan katta qiymatlar tanlab olindi, loop tugadi. Keyingi bosqich agar siz ularni guruhlagan bo'lsangiz GROUP BY ishga tushadi. Guruhlangan elementlarga shart berish uchun esa HAVING ishlatasiz WHERE emas. Chunki WHERE guruhlashdan avval bajariladi. Guruhlashdan keyin esa ularni shart asosida tanlash uchun HAVING clause kerak.

SELECT execution

FROM va WHERE barcha rowlarni barcha columnlari bilan olib keladi ammo SELECT bu yerda qaysi columnlarni bizga ko'rsatishni hal qiladi xolos. Ya'ni siz SELECT deb qaysi columlarni kiritsangiz o'shalarni sizga ko'rsatadi.

ORDER BY, LIMIT execution

Demak bizda ko'rsatiladigan columnlar, table va rowlar aniq, endi ularni tartiblash kerak. Agar siz ORDER BY deya qaysidir columnni belgilagan bo'lsangiz u SELECT qilingan elementlarni siz aytgan column bo'yicha tartiblab chiqadi. Agar tartiblangan elementlarni limitini bergan bo'lsangiz demak tartiblab bo'lgandan keyin ularni siz aytgan LIMIT bo'yicha sizga taqdim etadi.

Ko'rib turibsizki SQL queryni qanchalik tezlashtirish yoki sekinlashtirish uni bosqichlari ko'pligi va qaysi bosqichdan qanchalik yaxshi foydalanishingizga ham bog'liqlik tomonlari bor.

@otabekswe
More from @otabekswe
  1. Sep 28, 2026Voicelab da bizga eng qiziq bo'lgan mavzu bu Small Language Models (Large Language Models…
  2. Sep 10, 2026Barchamiz miriqib kuzatgan O'rgimchak Odam, Chaqmoq Makvin, Aka-uka Kreshlar (Muzlik davri…
  3. Sep 7, 2026Biz yangilik qilishdan to'xtamayabmiz. • Aisha Comet LLM modelimizni chiqardik. Platformag…
  4. Sep 4, 2026#experience Deyarli bir yarim yildan buyon intervyular jarayonida bitta savol doim so'raym…
  5. Aug 28, 2026#experience Ko'pchilik bir xil savol beradi: "Model o'zilarnikimi yoki open-source modelmi…
  6. Aug 25, 2026Voicelab Desktop V1 chiqdi (katta yangilanish va yaxshilanish qildik), har kunlik bepul kr…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →