What is Data?
Data Base haqida yozishdan oldin data haqida ham to'xtalishni istadim, chunki bu haqida hech ma'lumot uchratmadim.
Data turli xil formatdagi ma'lumotning ko'rinishi misol uchun: text, audio, video, photo, bytes, number, va h.k.z bo'lishi mumkin. Ko'rib turibsizki ularni barchasi bir xil turdagi ma'lumot emas va bir-biridan tubdan farq qiladi. Keling 3 xil data haqida gaplashib o'tsak.
1.Structured data - oldindan qandaydir maxsus tuzilmalar asosida tuzilgan ma'lumotlar bo'lib, search, analyze, sort va format qilish uchun qulaylashitirlgan bo'ladi. Bunday ma'lumotlar quantitive ya'ni cheklangan (xajmda, typeda va e.t.c.) bo'lishadi.
Misol uchun: SQLda saqlaydigan ma'lumotlarimiz ham aynan shu turga kiradi. Shuning uchun ham SQL ni Structured Query Language deb atashgan. Ularga ma'lumot kiritishda type, size va restriction (constraint) kiritishingiz kerak bo'ladi.
2.Unstructured data - bunday turdagi ma'lumotlar qualitative data ya'ni sifatli ma'lumotlar turkumiga kiradi, uni oddiy toollar va methodlar yordamida protseslash va analyze qilishni imkoni yo'q.
Misol uchun: audio, video, photo, blog postlar va h.k.z larni kiritish mumkin. Xattoki oddiy twitter posti ham unstructured data xisoblanadi. Biz unga hashtaglar, user mention, emoji va URLlar yozganimiz uchun. Ularni format va analyze qilish uchun standart yo'l yo'q bo'lgani uchun maxsus yo'llardan foydalaniladi.
3.Semi-structured data - yuqorida keltirilgan 2 turni o'rtasida yotuvchi data xisoblanib, ularni aniq bir shakli bo'lmasligi mumkin. Ular metadata yoki semantic taglardan tashkil topadi ammo qandaydir qat'iy strukturaga ega emas. Ularni ba'zi qismlari structured data bo'lgani bilan ba'zi qismi unday bo'lmaydi.
Misol uchun: XML va JSON. XML ham data ham taglarni o'z ichiga olib hierarchical structure xosil qiladi. Belgilangan format yoki ba'zi cheklovlar bor bo'lishiga qaramasdan, teglar ichidagi ma'lumotlar farqlanaveradi.
Metadata bu - "data about data" degani ya'ni "ma'lumot haqida ma'lumot". Unstructured data odatda metadataga ega bo'ladi (creator, location, shutter speed, date, file size va h.k.z)
@otabekswe
Post #315
818