TGViewer
Otabek’s I/O Otabek’s I/O @otabekswe · 2.84K subscribers
Post #313 964
Balkim qiziqdir

Oldinlar barcha korxona va kompaniyalar mijozlar ma'lumotlarini saqlash uchun oddiy fayllardan foydalanishgan va buni "File-Based System" deb atashadi. Ammo bu yondashuvda juda ko'p muammolar yuzaga keladi.

1. Data redundancy - Universitet, Universitet yotoqxonasi va Sport Zalni olaylik. Ushbu 3 tizim ham ma'lumotlarni .txt (yoki boshqa) fayllarda saqlaydi. Ba'zi ma'lumotlar barchasida bir xil misol uchun 3 tomondagi kompyuterda sizni ismingiz, familyangiz, id raqamingiz va telefon raqamingiz bor va undan tashqari o'zlari bir-biriga tegishli bo'lmagan ma'lumotlarni saqlaydi. Ko'p gapirmay qisqa qilsak, bitta siz uchun 3taraf ham alohida fayl ochadi va bitta odam uchun 3ta ma'lumot bo'ladi. Bu esa ortiqcha ma'lumot muammosini olib keladi.

2. Data inconsistency - O'sha 3 tizimni olamiz. Nimadir bo'lib telefoningizni yo'qotdingiz. Yangi raqam va telefon oldingiz. Agar siz o'sha ular bilan doimiy aloqani ushlashni hohlasangiz 3 tomonga borib ma'lumotlarni yangilashini aytishingiz kerak bo'ladi. Bu esa inconsistent.

3. Difficult data access - Sizga o'xshagan nechta o'quvchi bor. Endi ular uchun ham fayllar ochilgan. Biror o'quvchini ma'lumotini ko'rish uchun uni ma'lumoti qayerdaligini bilmasa bormi... ehh qancha vaqt uvol. Bu ham bir muammo.

4. Security problems - Oddiy fayllar unauthorized access muammosini keltirib chiqaradi. Ya'ni kompyuteringizga kira olgan odam ma'lumotlarga ham kira oladi va o'zgartira oladi. Easy peasy.

5. Difficult concurrent access - Bir nechta o'quvchilar bir vaqtda o'zlarini ma'lumotlarini ko'ra olishmaydi va bu ham katta muammo.

Xullas aynan shu muammolarni oldini olish uchun DBMS ya'ni Data Base Management System ishlab chiqilgan. Shuning uchun ham buni oddiy Data Base deb emas Management System bilan qo'shib aytishadi. O'sha management system sizga authorization, consistency, accessibility imkoniyatlarini beradi.

P.S: Post shunchaki hikoya o'qish uchun yozildi 😉

@otabekswe
More from @otabekswe
  1. Sep 28, 2026Voicelab da bizga eng qiziq bo'lgan mavzu bu Small Language Models (Large Language Models…
  2. Sep 10, 2026Barchamiz miriqib kuzatgan O'rgimchak Odam, Chaqmoq Makvin, Aka-uka Kreshlar (Muzlik davri…
  3. Sep 7, 2026Biz yangilik qilishdan to'xtamayabmiz. • Aisha Comet LLM modelimizni chiqardik. Platformag…
  4. Sep 4, 2026#experience Deyarli bir yarim yildan buyon intervyular jarayonida bitta savol doim so'raym…
  5. Aug 28, 2026#experience Ko'pchilik bir xil savol beradi: "Model o'zilarnikimi yoki open-source modelmi…
  6. Aug 25, 2026Voicelab Desktop V1 chiqdi (katta yangilanish va yaxshilanish qildik), har kunlik bepul kr…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →