TGViewer
Otabek’s I/O Otabek’s I/O @otabekswe · 2.84K subscribers
Post #307 890
DSA Camp yohud bularni o'rganishdan nima foyda?

Dasturlashga yangi kirib kelayotgan deyarli 90% odamlar high-level dasturlash tillarida ishlashadi. Ularda deyarli barcha ishlar avtomatlashtirilgan va boshqalar uchun ko'plab imkoniyatlar abstraklashtirilgan. Bu narsa bizga ikki xil ta'sir qiladi, yo biz tayyor narsalarga o'rganib dangasa bo'lib qolamiz yo bunday narsalarni qanday ishlashiga qiziqib ular haqida o'rganib chiqamiz.

Misol uchun Nginx Tree (Radix tree)ni route matching va request dispatching maqsadida ishlatadi. Yokida Elasticsearch Balanced search tree (AVL tree)ni indekslash va ma'lumotlarni sortlash uchun ishlatadi. Bunday texnologiylarni juda ko'plab misollar bilan keltirish mumkin.

Algoritmlar va Data Structurelarni o'rganishdan maqsad faqat interviewdan muvaffaqiyatli o'tish emas balkim qilayotgan ishingizda siz ishlatadigan texnologiya inefficient bo'lib qolsa uning o'rniga to'g'ri va efficient yechim bera olishingiz bo'lishi ham kerak.

Siz ishlatayotgan barcha narsalarni asosi aslida shu tushunchalar va bilimlar asosida qurilganini tushunib yetishingiz shart. Hamma qurol ishlatishi mumkin ammo hamma ham qurol yasay olmaydi.

@otabekswe
More from @otabekswe
  1. Sep 28, 2026Voicelab da bizga eng qiziq bo'lgan mavzu bu Small Language Models (Large Language Models…
  2. Sep 10, 2026Barchamiz miriqib kuzatgan O'rgimchak Odam, Chaqmoq Makvin, Aka-uka Kreshlar (Muzlik davri…
  3. Sep 7, 2026Biz yangilik qilishdan to'xtamayabmiz. • Aisha Comet LLM modelimizni chiqardik. Platformag…
  4. Sep 4, 2026#experience Deyarli bir yarim yildan buyon intervyular jarayonida bitta savol doim so'raym…
  5. Aug 28, 2026#experience Ko'pchilik bir xil savol beradi: "Model o'zilarnikimi yoki open-source modelmi…
  6. Aug 25, 2026Voicelab Desktop V1 chiqdi (katta yangilanish va yaxshilanish qildik), har kunlik bepul kr…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →