TGViewer
Otabek’s I/O Otabek’s I/O @otabekswe · 2.84K subscribers
Post #285 901
Paradigms

Nima uchun paradigmalar ko'p degan savolga to'xtaladigan bo'lsak, chunki har bir paradigma qandaydir principle ni ilg'or suradi yokida qaysidir turdagi muammolarni yechishga ko'proq focus qaratadi. Misol uchun...

OOP:
keng, mashxur taralgan va deyarli ko'plab dasturlash tillari support qiladi. OOP qanday muammoni yechadi degan savolga qisqacha to'xtalsak, u siz qilmoqchi bo'lgan loihaga dasturlash tomonlama emas, balkim oddiy object sifatida qarashingizga imkon beradi.

Functional Programming:
Keng va ko'p ishlatiladiganlaridan xisoblanadi. Uning asosiy g'oyasi Functional Decomposition. Katta muammoga boricha emas balkim uni bo'laklarga bo'lish orqali qarashni ilg'or suradi. Misol uchun kir moshinani biror rejimga qo'yib kiringizni solib start bosdingiz, u har bir operatsiya uchun specific functinolarni ishlatadi, suv tortish, barabanni aylantirish va kirni siqish. Bu yerda ularning yig'indisi sizga bir mahsulotni taqdim etayabdi. Bu "easy to scale and maintain" dastur yasash imkonini beradi.

Parallel yoki concurrent programming:
Hozirda juda keng tarqalgan paradigma desak mubolag'a bo'lmaydi. Bu ikkisini bir xil deydiganlar ham topiladi. Ammo "parallelism" tushunchasi ikki va undan ortiq tasklarni bir vaqtda ishlashi bildirsa, "concurrency" bir nechta tasklarni noma'lum tartib va vaqtda boshlanib, ustida amallar qilib va tugashini bildiradi. Ovqatlanayotganda nonni tishlab uni yutishga ulgurmasdan choy xo'playsiz bu yerda concurrency ishlayabdi sizda, ammo uydagilar bilan gaplashib savuz to'g'rasangiz bu parallelism bo'ladi chunki ikki ishni bir vaqtda bajarayabsiz. Bu shunchaki sizda tushunchani uyg'otish uchun beirlgan misol bo'ldi ammo dasturlash tomonlama qaralganda 100% to'g'ri kelmaydi. Ular o'xshash ammo bir xil emas.

Yaxshi ular haqida qisqacha gaplashdik keling endi ulardagi kamchliklarni ham gaplashsak.

OOP:
OOP muammolarga object sifatida qarashni ilg'or suradi ammo biz uchratadigan muammolar doim ham object bo'lmasligi aniq. Misol uchun matematik formulalar va ko'plab misollarni olishimiz mumkin. Ular uchun class yaratish shunchaki kodni ko'paytirib ishni sekinlashtiradi. Joe Armstrong akani gapiga qo'shilaman

Functional Programming:
Oddiy va qulay ko'ringani bilan hamma muammoga yechim bo'la olmaydi. Agarda siz "action" o'yin yaratmoqchi bo'lsagniz siz uchun functional programming zo'r yechim emas. Bu yerda sizga OOP yordamga keladi. Chunki har bir personaj uchun specifi method va attribute berilish kerak. Ularni faqat method ya'ni functionlar bilan qilish ishni yanada chigallashtiradi.

Parallel yoki concurrent programming:
Bu ham ko'plab muammolarga yechim sifatida ko'rilishi mumkin ammo bu hamma muammo uchun yechim bo'la olmaydi. "Concurrency"da asosan shared memory bo'yicha ko'plab muammolar bo'lishi mumkin. Bu esa race condition keltirib chiqaradi. Ya'niki ikkita odam bitta xojatxonadan bir vaqtda foydalanmoqchi bo'lganidek gap. "Concurrency" single process, multi thread bo'lgani uchun ham ikki thread ham o'sha qiymat ustida qandaydir amal bajaradi. Ular kim oxiri qiymat yozish poygasini o'ynaydi. Kim oxiri bo'lib o'sha variableni o'zgartirgan bo'lsa demak o'shaniki qoladi. Bu yerda yana boshqa muammolar ham bor ularni qidirib o'rganib chiqishingiz mumkin.

"Parallelism"da esa muammo ba'zi ishlar step-by-step ishlashi talab qilinishi mumkin. Ya'ni sonni asosini topib olmaguncha uni ustida amal bajarish noto'g'ri calculationga olib kelish ehtimoli bor bu yerda u eng yomon yechim bo'lishi aniq. Yana ba'zi muammolar bu yerda synchronizing, locks, semaphores lar bilan ham uchraydi. Ularni google qilib ko'rishingiz mumkin )

Bu postdan olinadigan xulosa 2ta:

1. Hech qachon paradigmani dasturlash tiliga 100% bog'lamang, ular hech qachon 100% bir xil bo'la olmalik ehtimoli juda katta. Ba'zi holatlar bo'lishi mumkin.

2. Hech bir paradigma universal emas. Har xil muammo bo'lganidek ularga yechimlar ham har xil.

P.S: Xatolar bo'lsa uzur )

@otabekswe
More from @otabekswe
  1. Sep 28, 2026Voicelab da bizga eng qiziq bo'lgan mavzu bu Small Language Models (Large Language Models…
  2. Sep 10, 2026Barchamiz miriqib kuzatgan O'rgimchak Odam, Chaqmoq Makvin, Aka-uka Kreshlar (Muzlik davri…
  3. Sep 7, 2026Biz yangilik qilishdan to'xtamayabmiz. • Aisha Comet LLM modelimizni chiqardik. Platformag…
  4. Sep 4, 2026#experience Deyarli bir yarim yildan buyon intervyular jarayonida bitta savol doim so'raym…
  5. Aug 28, 2026#experience Ko'pchilik bir xil savol beradi: "Model o'zilarnikimi yoki open-source modelmi…
  6. Aug 25, 2026Voicelab Desktop V1 chiqdi (katta yangilanish va yaxshilanish qildik), har kunlik bepul kr…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →