TGViewer
Otabek’s I/O Otabek’s I/O @otabekswe · 2.84K subscribers
Post #275 811
Qiziqib ko'ring

O'zingiz ishlatadigan dasturlash tillini yaxshi bilishingiz eng muhim narsalardan biri, chunki ish qurolingizni qayerida nima kamchiligi bor yoki ustunligi bor bu sizni ancha ishizni yengillashtiradi. Qayerda nimani qo'llay olishni bilishlik bu tajriba degani o'zi aslida.

Misol uchun sizga kimdir Pythonda string methodlari orasidan lower() yoki upper() ni shu methodlarsiz yasab bera olasizmi desa nima qilasiz. Yokida JavaScriptdagi Array bilan Computer Sciencedagi Array o'rtasida nima farq bor desachi.

Bunday savollarga tayyor turishni bir yo'li o'zingiz ishlatadigan dasturlash tilidagi siz doim ishlatadigan funksiya yoki classlarni o'zingiz yasab ko'rishingizdir.

Bularni qanchalik yaxshi bilsangiz, qaysi birini qayerda qo'llasangiz qanday foyda yoki zarar borligini bilasiz. Kimdir aytganidek "To'g'ri data structure tanlash muammoni 50% yechadi, qolgan 50% ni esa Algorithm" 😉.

Siz ishlatadigan barcha narsalar o'zi aslida shu tushunchalar ustiga qurilgan, ularni o'rganing va kashf qiling.

@otabekswe
More from @otabekswe
  1. Sep 28, 2026Voicelab da bizga eng qiziq bo'lgan mavzu bu Small Language Models (Large Language Models…
  2. Sep 10, 2026Barchamiz miriqib kuzatgan O'rgimchak Odam, Chaqmoq Makvin, Aka-uka Kreshlar (Muzlik davri…
  3. Sep 7, 2026Biz yangilik qilishdan to'xtamayabmiz. • Aisha Comet LLM modelimizni chiqardik. Platformag…
  4. Sep 4, 2026#experience Deyarli bir yarim yildan buyon intervyular jarayonida bitta savol doim so'raym…
  5. Aug 28, 2026#experience Ko'pchilik bir xil savol beradi: "Model o'zilarnikimi yoki open-source modelmi…
  6. Aug 25, 2026Voicelab Desktop V1 chiqdi (katta yangilanish va yaxshilanish qildik), har kunlik bepul kr…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →