Abstraksiya – Computer Sciencedagi bir tushuncha bo‘lib, asosiy e’tiborni eng muhim detallarga qaratish va keraksiz detallarni yashirish orqali murakkab tizimlarni soddalashtirish imkonini beruvchi konsept desak bo'ladi.
Buni xaritaga o'xshatsak bo'ladi. Xarita sizga joylashuvning muhim xususiyatlari (masalan, yo'llar, binolar va diqqatga sazovor joylar)ni ko'rsatadi, lekin u sizga barcha tafsilotlarni ko'rsatmaydi (masalan, uylarning ranglari yoki derazalar soni).
Xarita real hayotdagi abstraktsiyasidir va u sizga faqat bilishingiz kerak bo'lgan narsalarni ko'rsatadi.
Dasturlashda abstraksiya murakkab tizimlarning soddalashtirilgan modellarini yaratish uchun qo'llaniladigan tushuncha. Shuning uchun u bilan ishlash oson bo'ladi.
Dasturlashda funksiyalarni yaratishdan maqsadlardan biri aynan abstraction xisoblanadi.
Masalan: Pultli moshina sotib oldingiz va uning pultida 4 ta tugmacha bor ekan ⬆️⬇️⬅️➡️.
Biz ⬆️ ni bosganimizda moshina oldinga yurayabdi. Bizga ⬆️ bosganimizdagi ichkarida yuz beradigan jarayon muhim emas, moshinani yurishi muhim. Aynan shu narsani abstraction deb olsak bo'ladi.
Bu yerda ⬆️ bosilganda
up() degan funksiya ishga tushishi mumkin. Ammo aytganimdek bizga uning qanday ishlashi emas moshinani yurishi muhim.Abstraktsiya dasturlashda kuchli vosita deb bilaman. Chunki u sizga, u bilan ishlashni, tushunishni va to'g'irlashni osonlashtirish imkonini beradi.
Agar postni foydali deb topsangiz share qilishni unutmang.
Keyingi epizodda ko’rishguncha poka-poka!
@otabekswe