TGViewer
Channel Public Channel
Otabek Bobomurodov | Blog

Otabek Bobomurodov | Blog

@otabekbobomurodov99

Software Engineer @ Oracle

Linkedin: https://www.linkedin.com/in/otabek-bobomurodov-466b93220
Upwork: https://www.upwork.com/freelancers/~01d2fb5124f2ed0be5

Personal: @otabek9900
Subscribers
792
Photos
44
Videos
2
Links
19
Recent Posts 20 shown
Post #167 413
Otabek Bobomurodov | Blog Eslatma: 1Fit hali ham sotuvda. Ishlar bilan bo’lib buni borligi ham esdan chiqib ketibdi. Qiziqayotganlar bo’lsa, tortinmasdan @otabek9900 ga yozavering. Bozor narxidan ancha arzonga ham berib yuboraman - kuyib qolmasin. 📌 @otabekbobomurodov99
Xayriyat-e sotildi. Qaytib ko'rmay ham kuymay ham buni.
  • 😁 23
  • 🔥 4
Post #166 495
Otabek Bobomurodov | Blog Akalar, ma'lum muddat O'zbekistonda edim. Shu yerda yashaydiganlar uchun 3 ta IT'ga aloqador bo'lmagan (off-topic) savolim bor. Yordamingiz uchun oldindan rahmat. 1. O'zbekistonga kelib, 'Gym'ga borish uchun 1Fit olgandim. Ozgina ishlatdim, endi esa bekor…
Eslatma: 1Fit hali ham sotuvda. Ishlar bilan bo’lib buni borligi ham esdan chiqib ketibdi.

Qiziqayotganlar bo’lsa, tortinmasdan @otabek9900 ga yozavering.

Bozor narxidan ancha arzonga ham berib yuboraman - kuyib qolmasin.

📌 @otabekbobomurodov99
  • 😁 9
  • ❤ 1
Post #164 929
Post #163 939
Juniormisiz? Hali ham ish qidiryabsizmi? Yaxshilab o'qing!

O'quv markazini tugatdingiz, Junior'siz. Lekin bozorda Junior'ga ish yoq. Sababi oddiy - hech kim endi o'qishni tugatgan yosh kadrga o'tirib oylab vaqt sarflagisi kelmaydi, aksincha mustaqil ishlay oladigan Middle yoki Senior'ga ko'proq pul to'lab tezroq loyihani ko'tarishni xohlashadi. Mabodo chetda Junior vakansiya ko'rib qolsangiz hayratlanmang, u yoqda uzoqni ko'zlab ish qilishayotgan bo'ladi.

Xop, Junior sifatida qanday qilib birinchi ishni topsa bo'ladi? Bozorda ish yoqku...

Bozorda Junior'ga ish yoqmi, demak Middle bo'ling! Aytilishi oson, lekin erishilishi oson bo'lmagan daraja.

Quvonarli tarafi, Middle bo'lish uchun qayergadir ishlab chiqqan bo'lishingiz shart emas. Sizga ish beruvchi topilmadimi, demak o'zingiz o'zingizga ish bering. Ha, o'zingizni band qiling.

Bir lahza dasturlashni unuting-da, atrofga qarang - kim nima qilyabdi? Kimdir bozorda, kimdir esa moshinada, va yana kimdir ofisda. Atrof to'la odam, ish, va tinimsiz harakat. Shu harakatlar orasida muammo izlang!

Kimdir o'z ofisida o'tirib oddiy hisob-kitob uchun katta katta daftarlarni varaqlab to'ldirib soatlab vaqtini sarflab o'tirgan bo'lishi mumkin - u bilan gaplashing, yechim taklif qiling, va bundan hech ham uyalmang. U odam rozi bo'lsa ajoyib, rozi bo'lmasa esa bu qilgan jur'atingiz sizga ishonch va tajriba beradi.

Yoki, kimdir magazinida o'tirib shunday qilayotgan bo'lishi mumkin - u bilan gaplashing, dardlarini eshitib yechim bering.

Keling, deylik atrofdan muammo topa olmadingiz-mi, o'zingizni hayotingizdan, tajribangizdan kelib chiqib avtomatlashtirish mumkin bo'lgan 1 dona jarayonni toping-da, uni rejasini qog'ozga tushurib, uni dastur orqali avtomatlashtiring. Hech bo'lmaganda uning 1 dona foydalanuvchisi bo'ladi - bu ham o'zingiz.

Xop, ishsiz yurgan holatda qo'shimcha loyiha qilish sizga nima beradi? Axir buni o'zingiz uchun qilsangiz pul yoqku... To'g'ri-ku, lekin bu katta natijalarning boshlanishi, poydevori bo'ladi.

Siz qayergadir ish so'rab borsangiz, sizdan albatta oldin qilgan loyihalaringizdan so'rashadi. Agar loyiha qilmagan bo'lsangiz, siz ularni loyihasiga foyda keltirishingizga ishonishmaydi.

Tasavvur qiling, Ish beruvchining oldida 2 ta tanlov bor: oldin 1 ta firmada ishlab chiqqan 1-2 yillik middle dasturchi, yoki hech qayerda rasmiy ishlamagan, lekin o'zining ajoyib loyihalari bilan qanchadir insonga yordam bera olgan mustaqil dasturchi. Menimcha, suhbatda qaysi biri ko'proq tayyor bo'lsa va o'zini yaxshi ko'rsata olsa, o'sha ishga kirib ketadi deb o'ylayman.

Rezyume o'tish o'tmasligi boshqa masala - o'z loyihalari orqali ommaga foyda keltirib yurgan dasturchining rezyumesi ham kuchli hisoblanadi, shubhasiz.

Demak, siz middle positsiyasida ishga kirishingiz uchun, 1-2 ta mustaqil loyiha (kichik startup), va suhbat savollariga mukammal tayyorgarlik ko'rsangiz bas.

Kimlardir o'zi loyiha qilishi uchun g'oya topa olmasa, boshqa osonroq yo'li ham bor - boshqalarning qurayotgan startup'iga bepul hissa qo'shish, yoki open-source loyihalarni izlab topib, ularga hissa qo'shish - bu tajribalar albatta rezyume'ngizga o'z o'rniga ega bo'ladi.

'Open-source' loyihalar, va suhbatga qanday tayyorlanish kerakligi borasida resurslar to'lib toshib yotibdi. Hoziroq izlanish va harakatni boshlang.

Sababni 'maksimum' qiling, natijani esa o'ziga qoyib bering - albatta mehnatingiz bir kun kelib samarasini beradi, inshaAlloh!

📌 @otabekbobomurodov99
  • ❤ 21
  • 🔥 12
  • 👍 8
Post #162 732
Otabek Bobomurodov | Blog Akalar, ma'lum muddat O'zbekistonda edim. Shu yerda yashaydiganlar uchun 3 ta IT'ga aloqador bo'lmagan (off-topic) savolim bor. Yordamingiz uchun oldindan rahmat. 1. O'zbekistonga kelib, 'Gym'ga borish uchun 1Fit olgandim. Ozgina ishlatdim, endi esa bekor…
Javob yozgan hammaga rahmat. Vaqtingizga rozi bo’ling!
  • 🤝 4
  • 👍 2
Post #161 850
Akalar, ma'lum muddat O'zbekistonda edim. Shu yerda yashaydiganlar uchun 3 ta IT'ga aloqador bo'lmagan (off-topic) savolim bor. Yordamingiz uchun oldindan rahmat.

1. O'zbekistonga kelib, 'Gym'ga borish uchun 1Fit olgandim. Ozgina ishlatdim, endi esa bekor qilishim kerak. Shartnoma shartlarini o'qimaganim uchun, uni bekor qilishda ancha buncha summa yo'qotilishini 'support'dan eshitdim. Vaholanki bekor qilish muammosiz deb yaxshigina reklama qilishgandi olayotganimda. Manga bekor qilish o'rniga variant taklif qilishdi - kimgadir sotsa bo'larkan uni, g'alati eshitildi-yu, lekin vaziyatdan chiqib ketish uchun boshqa imkonim yoq ekan. Qiziquvchilar bo'lsa yozaverasizlar - 10 oydan ko'proq vaqti qolgan.

2. Iman Invest'ga pul tikkanlar bo'lsa, investitsiya muddati oxirida pulni chiqarib olishda muammo bo'lmaydimi?

3. Shu yaqin orada yangi uylardan sotib olganlar bormi? Ko'pisi muddatli to'lov taklif qilarkan-u, lekin oxirida hujjat va sifatdan muammo bo'lmasin tag'in degan o'ylov bor. Bu masalada yutib chiqqanlar bormi?

Keling, ozgina suhbatlashaylik.

📌 @otabekbobomurodov99
  • 🔥 9
  • 👍 3
  • ❤ 1
Post #160 913
Otabek Bobomurodov | Blog Yaqinda bir tanishim bilan gaplashsam, "sizlarga mazza-da" deydi. Nimasi mazza ekan aka deb so'rasam, "Uyda o'tirib, faqat klaviaturani bosib, ekranga qarab mazza qilib pul topasizlar" deydi. Rahmatli Hojiboy Tojiboevni usullarida talqin qiladiga bo'lsak:…
Keyin u akaga aytdim:

“Aka, bizlar undan tashqari xohlagan vaqtimiz paid vacation olishimiz mumkin. Kasal bo’lsak yoki o’zimizni yaxshi his qilmasak o’sha kun uchun sick leave ham beradi tuzalib ketganimizcha. Eng yomoni, farzand tug’ilsa dekretga ham chiqarib yuboradi ishxona. Hammasida xuddi ishlaganingizdek haq to’laydi. Yiliga bir aksiya degan bo’lmagan narsani ham berib turadi adashib…”.

Akani rangi o’zgarib ketdi - emotional damage.

📌 @otabekbobomurodov99
  • 😁 20
  • 🤣 11
Post #159 926
Yaqinda bir tanishim bilan gaplashsam, "sizlarga mazza-da" deydi.

Nimasi mazza ekan aka deb so'rasam, "Uyda o'tirib, faqat klaviaturani bosib, ekranga qarab mazza qilib pul topasizlar" deydi.

Rahmatli Hojiboy Tojiboevni usullarida talqin qiladiga bo'lsak:

"Shuncha yil qilgan mehnatinggayam, bittagina xatoni 'debug' qilaman deb uxlamay chiqqan kechalaringgayam, Leetcode'dan ishlagan masalalaringgayam, Upwork'dan ish topaman deb siqilib yurganinggayam, ishga kirish uchun topshirgan 9-ta interview'inggayam, he bore o'sha Oracle'inggayam..." deganday eshitildi.

Davom ettirishga yordam berib yuboringlar-chi 😅.

📌 @otabekbobomurodov99
  • 🤣 32
  • 😁 10
  • 😭 1
Post #158 884
Qachon layoff'ga tusharkanman...

Shu kunlarda har kuni ertalab Linkedin'ga kirib xabar olsam, doim birinchi post "Oracle Layoffs" haqida bo'lyabdi - o'sha mashhur 6am email'larni bang'illatishyabdi ekan. Allaqachon 6,000 ta ishchi ketib ulguribdi, asosan Hindiston va Germaniyada. Ko'p postlarda AI sababli 'IT market' oldingidaqa stabil emas degan ma'nodagi gaplar.

Bu manga qanday ta'sir o'tkazyabdi, bilasizmi?

Hammasi yaxshilikka!

Haydashsa 2-3 oylik oyligimni bonus qilib berib ishdan chiqarvorisharkan. O'sha pulni 1 oyligiga yaxshilab tayyorlanib boshqa ishga kirib olsam, qolgani o'zimga qolarkan. Tezroq haydashsa bo'lmaydimi? Hazil-e😄.

Haydashmasa yanada zo'r, ishlashda va big tech'da tajriba to'plashda davom etaman.

📌 @otabekbobomurodov99
  • 👍 20
  • 😁 11
  • ❤ 6
Post #156 1.1K
Shuncha Oracle haqida yozibmanu, lekin Upwork haqida deyarli yozmabman.

O'ylab qarasam, Upworkni boshlagan paytim, u platformada $100,000+ ishlab topish miyamni hech bir qismiga sig'masdi. $5 lik bo'lsa ham ish topsam "shapka"mni osmonga otishga tayyor bo'lganman. Oradan bor yog'i 2 yil vaqt o'tib "Upwork"da "Top Rated Plus" frilanser va $100,000 lik natijaga erishildi, jamoamiz bilan.

Kunlardan bir kuni, ishni endi boshlagan paytlarimiz, ustozim Abdusobur aka (@abdusoburxalimov) bilan suhbat qurdik - kasbdagi "Ihlos", ya'ni ishonch va taslim bo'lmaslik haqida. O'sha paytlar, "Upwork"da ishlash imkonsiz, u yerda raqobat kuchli, O'zbek dasturchilariga non yoq degan gaplar ko'p, zo'r natija qilganlar esa sanoqli edi. Abdusobur aka manga o'sha kam sonli muvaffaqiyatli odamlarni misol keltirib, biz ham faqat sababni qo'limizdan kelgancha maromiga yetkazib qilishni, qilganda ham natijaga bir kuni albatta erishishimizga qattiq ishonib ishlashni aytib o'tgandilar.

Oradan vaqt o'tdi, ishsiz va pulsiz kunlar o'tdi, va o'sha kun albatta keldi - biz ish olishni boshladik. Birinchisi $20 lik, keyin esa $100, keyin esa... Yana savol tug'iladi, birinchi ishni qanday oldik, axir ish olish qiyin-ku? Savollar sikl bo'lib tug'ilaveradi, javob esa mavhum. Asosiysi jarayonga turib berish - ihlos bilan, taslim bo'lish haqida umuman o'ylamasdan.

Ishlaverganimiz sari, katta katta mijozlar bilan shartnomalar bo'ldi. O'sha katta mijozlarning biri Nic degan Amerikalik bir "yaxshi" inson. Ko'p narsani o'rgandik undan, va ilm bilan cheklanibgina qolmay, ko'p dasturchi do'stlarimizning rizqi ham o'sha odamning loyihalari orqali kelishni boshladi. Haligacha ishlashyabdi ekan, davomiy bo'lsin.

Xo'p, ko'rinib turibdiki qanday qilib bu natijaga erishildi degan savolga aniq bir javob yoq-u, lekin sabablardan biri - bu kasbga bo'lgan ihlos, va hech qachon taslim bo'lmaslik ekanini kashf qildik.

📌 @otabekbobomurodov99
  • 👍 26
  • 🔥 8
  • ❤ 5
  • 👏 5
Post #155 1.15K
Off topic.

Shu Fiat Bravo moshinasini 2024-yilni boshida tahminan $3000 pulga olgandim. Yili eski, lekin ancha xizmatni qilgan bu ulov. Yoqqan tarafi Germaniya trassasida 200 km/soat ga bemalol chiqa olgan. Tezlanishi bo’yicha ancha buncha moshinalarimizni ortta qoldiradi.

Bu o’zim olgan birinchi moshinam bo’lganligi bilan men uchun juda qadrli bo’lgan, lekin Pragada moshina uncha kerak bo’lmagani uchun keyinchalik sotib yuborgandim, chunki jamoat transporti juda ham qulay tashkil qilingan.
  • 👍 30
  • ❤ 5
  • 🔥 4
  • ❤‍🔥 2
Post #153 1.31K
“O’sish kerak” degan sindrom hech qachon tugamasa kerak.

Oracle’ga kirishdan oldin shunday o’ylardim: biror big tech’ga kirib olsam bo’ldi, keyin ancha kuchayib, o’sish haqida umuman o’ylamay qo’ysam kerak. Lekin hozirgi holatimni ko’rib turib tushundimki, bu shunchaki ichni tirnab turadigan, ortiqcha stress beradigan va hech qachon tugamaydigan bir o’ylov ekan.

Yangi ishga kirganingizda o’rganishga narsa ko’p, vaqt esa kamday tuyuladi — va aynan shu dasturchiga ‘satisfaction’ beradi. 1-2 yil ishlaganidan keyin esa odam comfort zone’ga tushadi, u bilmaydigan narsa kamdan-kam chiqadi, va natijada ishini o’zgartirgisi yoki boshqa bir qiziqroq loyiha qilgisi kelib qoladi.

Bir tarafdan bu yaxshi — doimiy ilm talabida bo’lishga undaydi. Boshqa tarafdan esa, shu o’ylov bilan yashash odamni yeb bitiradi.

Menimcha, aynan shu comfort zone’ning qadriga yetish kerak. Bu odamga qo’shimcha vaqt va imkoniyat beradi. Qolgan bo’sh vaqtdan foydalanib, ishxonada o’rganish imkoni bo’lmagan narsalarni o’zlashtirib olsa bo’ladi. Buning uchun shunchaki jarayonni to’g’ri tashkil qilish kerak: ish bo’lsa — ishni mukammal qilaverish, bo’sh vaqtda esa ‘skill’lardagi bo’shliqni to’ldirish. Asosiysi — kun davomida bo’sh vaqt qolmasin.

Bo’sh vaqtdan unumli foydalanishning yana bir yo’li — ‘promotion’ga harakat qilish. Bilim bo’lsa, loyihani yaxshi tushunsa, jamoadagi o’rni ma’lum bo’lsa — then why not to try?!

Bu maqsadsizlikning oldini oladi va ertalab uyg’onish uchun odamga boshqacha motivatsiya beradi.

📌 @otabekbobomurodov99
  • 🔥 20
  • 👍 9
  • 👏 2
Post #152 1.31K
Interview'larda quyidagi savollar tez-tez uchrab turadi:

Dasturning tezligini qanday oshirasiz?
'Request'lar sonini qanday kamaytirasiz?
'Latency'ni pasaytirishga qanday yechim bera olasiz?

Ko'plab shunga o'xshash savollarga oddiy yechim — bu 'caching'!

Xo'p, 'caching' o'zi nima? Oddiy qilib aytganda: bir marta hisoblab olgan yoki bazadan olib kelgan ma'lumotni qayta-qayta so'ramaslik uchun vaqtincha yaqinroq joyda saqlab turish.

Nega kerak? Baza (masalan PostgreSQL yoki ClickHouse) har bir so'rovga javob berish uchun disk o'qiydi, hisoblaydi — bu sekin. Agar bir xil ma'lumot minglab marta so'ralsa, uni har safar bazadan olib kelish — bu isrofgarchilik. O'rniga ma'lumotni tez xotirada saqlab qo'yasiz, ya'ni 'cache'laysiz — keyingi so'rovlar bazaga umuman bormaydi.

@oson_uy_top_bot botida aynan ham shuni ishlatganman: qidiruv natijalarini Redis'da cache'lab turaman. Foydalanuvchi sahifalarni varaqlaganda har safar bazaga bormaydi — natija allaqachon tayyor turadi.

Lekin caching'ning eng qiyin joyi — qachon eskirgan ma'lumotni tozalash (cache invalidation). "Kompyuter faniga oid ikkita eng qiyin narsa bor: cache invalidation va nomlash" degan mashhur hazil ham shundan.

📌 @otabekbobomurodov99
  • 🔥 16
  • 👍 4
  • ❤ 1
Post #151 1.36K
Arxiv'dan qisqacha qissa.

Endi universitetni bitirib qishloqqa qaytganimda oilaviy kichkina fermamizda juda qisqa muddat ishlaganman.

O'sha vaqtlar tayinli ishim bo'lmagani uchun ota-onam menga ular bilan vaqtinchalik yashab turishimni taklif qilishgan. Lekin fermada ishlash psixologik jihatdan juda og'ir botardi. Tez-tez o'zimga quyidagi savollarni berardim: 😄

• Westminsterni tugatib 'mol' boqib yuramanmi?
• 4 yil nimaga o'qidim?

va shunga o'xshash oxiri yo'q savollar miyamda aylanardi.

Nafaqat o'zim — atrofdagilar, uydagilar, qarindoshlar ham har xil savollar bilan tez-tez jig'imga tegib turishardi. Ba'zilar hatto "IT o'qib kim bo'lding", "IT bo'lmaydigan soha", "qachongacha kompyuter o'ynab yurasan" kabi gaplarni ham aytishgan.

Lekin o'sha davr menga chuqur tafakkur qilish, hayotni sarhisob qilish va kelajak uchun yanada qattiqroq mehnat qilishimga turtki bo'ldi.

O'shanda amalda tushunib yetganmanki, universitetni bitirish bu nishonlanishga loyiq natija emas, balki haqiqiy qiyinchilikning boshlanish nuqtasi.

Mening xatoyim — IT'ni o'rganishga jiddiy kirishishni 3-kursdan boshlaganim. Birinchi va ikkinchi kursda faqat universitet darslarini zo'r qilsam, shuning o'zi mutaxassis bo'lishim uchun yetarli deb o'ylaganman. Shu oddiy narsani tushunish uchun 2 yilim bekor ketgan.

Agar talaba bo'lsangiz — universitet davrida xuddi o'qishni allaqachon tugatgandek harakat qiling.

📌 @otabekbobomurodov99
  • 👍 15
  • 🔥 10
  • ❤ 5
  • 👏 1
Post #150 1.44K
Pragada har yozda kuzatiladigan holat — ko'chada odam (mahalliy aholi) kamayib ketadi, tirbandliklar yo'qoladi, ko'pchilik dam olishni aynan yoz mavsumida amalga oshiradi. Sabab oddiy — issiqdan qochish maqsadida.

Ofislar ham xuddi shunday — yozda yarim bo'sh bo'ladi. Meeting'lar kamayadi, deadline'lar cho'ziladi, "u qaytgach hal qilamiz" degan javob odatiy holga aylanadi.

Bularni bir bizdagi issiqqa yuborib ko'rish kerak, ayniqsa hozir.

📌 @otabekbobomurodov99
  • 😁 19
  • 👍 5
  • 🔥 3
  • 💯 2
  • ❤ 1
  • ☃ 1
Post #149 2.02K
AI dan ko'proq foydalanishga undagan kompaniyalar (shuningdek Oracle) endi undan kamroq va tejamliroq foydalanishni buyuryabdi.

Hattoki ko'p token ishlatvorganlarni oyligidan ham qirqishadi degan hazillar aylanib yuribdi ishchilar orasida.

📌 @otabekbobomurodov99
  • 😁 30
  • 🔥 11
  • 👍 3
Post #148 2.17K
🎓 Oson Uy Top'da yangilik

Endi talabalar uchun kvartira qidirishda jins bo'yicha filtr qo'shildi — "Yigitlar uchun" yoki "Qizlar uchun".

Talabalar ko'pincha sherik yoki o'ziga mos joy qidiradi — bu filtr shuni osonlashtiradi.
👉 @oson_uy_top_bot

Sinab ko'ring, fikr bildiring, va do'stlaringizga ulashing!
  • 🔥 15
Post #147 1.97K
Oson Uy Top bot qaytdi!

Oson Uy Top botni dastlab shunchaki tajriba (test) sifatida — Claude Code va AI yordamida nimalarga erishish mumkinligini sinab ko'rish uchun yasagandim. Uni katta loyihaga aylantirish niyatim bo'lmagani uchun o'chirib qoygandim.

Lekin botdan foydalanganlar ko'p bo'ldi va oxirgi paytlar "qaytaring" degan iltimoslar shunchalik ko'paydiki, men uni qayta ishga tushirdim. ✅

⏳ Hozir bot yangi e'lonlarni yig'moqda — baza to'lishi uchun taxminan 2 kun kerak. Shu vaqt ichida natijalar kamroq bo'lishi mumkin.

Eslatib o'taman, ijara va sotuv uchun uy qidirsangiz, 680+ kanaldan e'lonlarni bir joyda topasiz.
👉 @oson_uy_top_bot

Qiyinchilik yoki taklif bo'lsa, yozing!
  • 🔥 16
  • 👍 2
  • ⚡ 1
Older posts →

About this channel

How can I read @otabekbobomurodov99 without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Otabek Bobomurodov | Blog: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Otabek Bobomurodov | Blog have?
Otabek Bobomurodov | Blog (@otabekbobomurodov99) has 792 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Otabek Bobomurodov | Blog know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →