TGViewer
Osonish.uz | Vakansiyalar 🇺🇿 Osonish.uz | Vakansiyalar 🇺🇿 @osonish_uz · 18.7K subscribers
Post #6290 1.81K
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

Bundan ilgariroq E.Turdimov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.

Shuningdek, tegishli farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qilishi, ularni muvofiqlashtirishi belgilandi.

Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi.

 Telegram  📱  Instagram  
📱YouTube 🌐 Sayt
  • 🔥 16
  • 👍 8
  • 🙏 1
  • 💯 1
More from @osonish_uz
  1. Oct 8, 2026📍#Toshkent_shahri, #Yunusobod_tumani 🏢 Tashkilot: O`ZBEKISTON POCHTASI 💼 Lavozim: Avtom…
  2. Oct 6, 2026📍#Toshkent_shahri, #Yunusobod_tumani 💼 Lavozim: Tovarshunos-buxgalter 🏢 Tashkilot: GOLD…
  3. Oct 6, 2026📍#Toshkent_shahri, #Bektemir_tumani 💼 Lavozim: Tayyor mahsulotlarni saralovchi 🏢 Tashki…
  4. Oct 6, 2026📍#Andijon_viloyati, #Andijon_shahar 💼 Lavozim: Undiruv bo‘limi mutaxassisi 🏢 Tashkilot:…
  5. Oct 6, 2026📍#Toshkent_shahri, #Yunusobod_tumani 💼 Lavozim: Pochta aloqasi operatori 🏢 Tashkilot: O…
  6. Oct 6, 2026📍#Toshkent_shahri, #Yunusobod_tumani 🏢 Tashkilot: O`ZBEKISTON POCHTASI 💼 Lavozim: Avtom…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →