TGViewer
Олий Маъҳад | Расмий Олий Маъҳад | Расмий @oliymahad · 14.2K subscribers
Post #49484 983
#Ochiq_dars

🗣O'zbekiston Respublikasida vijdon erkinligining milliy-huquqiy asoslari: Toshkent islom institutida ochiq dars bo‘lib o‘tdi

▫️Toshkent islom institutining “Ijtimoiy fanlar va tillar” kafedrasi dotsenti Nozima Ibragimova tomonidan navbatdagi maxsus ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.

▪️ Mazkur mashg‘ulot kunduzgi taʼlim shakli 103-guruh talabalari uchun “Vijdon erkinligining milliy-huquqiy asoslari” fani doirasida o‘tkazildi. Unda “O'zbekiston Respublikasida vijdon erkinligining milliy-huquqiy asoslari” mavzusi atroflicha yoritib berildi.

🗒 Dars davomida "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi Qonunning qabul qilinishi, keyingi davrlarda Qonunga kiritilgan o'zgartishlar va Qonunning yangi tahriri haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, ular o'rtasida qiyosiy tahlil amalga oshirildi.

🔗 Soha mutaxassislari va tajribali ustozlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, dars sifatini baholash hamda tegishli tavsiyalar berish maqsadida tashkil etilgan ushbu ochiq darsda institut rahbariyati hamda kafedra jamoasi faol ishtirok etdilar.

Xususan, mashg‘ulotda quyidagi masʼullar qatnashdi:
🔽 Nodir Turaboev – O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i;
🔽 Ulug‘bek Hasanov – “Ijtimoiy fanlar va tillar” kafedrasi mudiri;
🔽 Abdumalik Egamov – “Ijtimoiy fanlar va tillar” kafedrasi dotsenti;
🔽 Surayyo Ibragimova – “Aqoid va fiqhiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi;
🔽 Saodat Valiyeva – “Ijtimoiy fanlar va tillar” kafedrasi katta o’qituvchisi, murabbiya.


📌 Ochiq dars yakunida darsning tashkiliy darajasi, qo‘llanilgan zamonaviy pedagogik usullar hamda talabalarning faolligi ustozlar va bo‘lim masʼullari tomonidan yuqori baholandi. Shuningdek, kelgusida taʼlim sifatini yanada oshirish yuzasidan qimmatli taklif va tavsiyalar berildi.

📝 “Ijtimoiy fanlar va tillar” kafedrasi

📱 @oliymahad – diniy-ma'rifiy kanal!

📱 Youtube 📱 Facebook 📱 Instagram
  • 👍 4
More from @oliymahad
  1. Oct 14, 2026#Намоз_вақтлари ⏰ «... албатта, намоз мўминларга вақти тайин бўлган фарздир» (Нисо, 103) �…
  2. Oct 14, 2026#Muslim_podcast 📱🗣ISHONCHSIZ XABARNI TARQATISH GUNOHMI❓ 🎙 Ekspert: Miftohiddin domla Ro…
  3. Oct 14, 2026#xabar #haj2027 #tayyorgarlik #muhokama 🕋 “ҲАЖ – 2027” МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ МУҲОК…
  4. Oct 14, 2026#Янгиликлар #Бинар_дарс 🔺Ақидавий фирқалар ва фиқҳий мазҳаблар тарихи: бинар дарсда илмий…
  5. Oct 14, 2026#Ат_Танал 📣 17 октябрь куни навбатдаги имтиҳон 💬 Тошкент ислом институтида “Ат-Танал ал-…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →