🔺«Birinchi kurs maktabi»: Modul ta’lim talabalari institut faoliyati bilan yaqindan tanishdilar
🔺Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida modul ta’lim tizimi asosida yangi qabul qilingan 1-kurs imom noib talabalari uchun «Birinchi kurs maktabi» doirasida ma’rifiy tanishuv tashkil etildi.
🔺Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarga institutning boy tarixi, shakllangan ilmiy-ma’rifiy an’analari, zamonaviy ta’lim muhiti hamda o‘quv jarayoni haqida atroflicha ma’lumot berish, shuningdek, ularda tanlagan kasbiga nisbatan mas’uliyat va daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
🔺Tanishuv davomida Toshkent islom institutining yurtimiz diniy-ma’rifiy hayotidagi o‘rni, malakali kadrlar tayyorlash borasidagi ko‘p yillik tajribasi e’tirof etildi. Joriy yilda institut tashkil etilganining 55 yillik yubileyi keng nishonlanishi munosabati bilan uning bosib o‘tgan tarixiy yo‘li va bugungi taraqqiyot bosqichi alohida ta’kidlandi.
Talabalarga Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimi S. Aripov hamrohlik qilib, ichki tartib-qoidalar, o‘quv jarayoni va yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan zarur tushunchalar berdi.
Jumladan, talabalar quyidagi yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishdilar:
🔺Kafedralar faoliyati: Aqoid va fiqhiy fanlar, Hadis va islom tarixi, Qur’on ilmlari, Ijtimoiy fanlar va tillar kafedralarining asosiy vazifalari hamda talabalarning fanlarni chuqur o‘zlashtirish imkoniyatlari tushuntirildi.
🔺Bo‘lim va sektorlar faoliyati: Ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori hamda O‘quv-uslubiy bo‘limning vazifalari, ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bayon etildi.
🔺Axborot-resurs markazi imkoniyatlari: Markaz mudiri A. Kadirov talabalarga boy kitob fondi, darsliklar, elektron ma’lumotlar bazalari, raqamli resurslar va zamonaviy kompyuter xonalaridan foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumot berdi.
Tadbir yakunida talabalarga institutdagi mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda mustaqil ta’limga mas’uliyat bilan yondashish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🔺Mazkur tanishuv yangi qabul qilingan talabalar uchun institut muhitiga moslashish, ta’lim jarayonini yaqindan his etish va kelgusidagi kasbiy faoliyatini aniq maqsadlar asosida yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etdi.
🟦Institut bilan tanishuv — yangi bilim, mas’uliyat va kamolot sari qo‘yilgan ilk qadamdir.
✍ Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi
📱 @oliymahad – диний-маърифий канал!
📱 Youtube 📱 Facebook 📱 Instagram









