TGViewer
Nuruddin Blogs Nuruddin Blogs @nuruddinblogs · 6.55K subscribers
Post #5302 1.64K

Forwarded from Rustam Karimjonov

Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin.

✅ Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning Xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi SheerID 🇺🇿 O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.

🏳️‍🌈Bu orqali talabalarimiz Google verifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, 60 dollarga teng 1 yillik “Google Gemini AI Plus” xizmatidan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

❓“Google AI Plus” obunasi talabalarga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi:

✅ Gemini ilovasi: Foydalanish limitlari ikki barobarga oshadi va ilg‘or “Flash Thinking ” modeliga kirish imkoniyati beriladi.

✅ 400 GB bulutli xotira: Google Foto, Disk va Gmail xizmatlari uchun umumiy katta hajmdagi xotira ajratiladi.

✅ Google Flow: Ilg‘or generativ modellar yordamida kinematografik sahnalar va hikoyalar yaratish uchun AI-studiyaga qo‘shimcha kirish taqdim etiladi.

✅ Gmail’da Gemini: Pochta xizmatining o‘zida Gemini’dan bevosita foydalanish imkoniyati yaratiladi.

✅ Gemini Notebook: Tadqiqot yordamchisi funksiyalariga, jumladan, audio va video materiallarni qayta so‘zlab berish, testlar ishlash va boshqa imkoniyatlarga qo‘shimcha kirish beriladi.

✅ Sun’iy intellektga asoslangan musiqiy studiyaga qo‘shimcha kirish imkoniyati ochiladi.


🤖 Hurmatli talabalar, vaqtingizni bekorchi narsalarga sarflamang, Sun'iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanib yuqori daromad kasb egasi bo’ling. Buning uchun aileaders.uz platformasida jahonning yetakchi kompaniyalarining 100 dan ortiq xalqaro SI kurslarni bepul o'rganing!


🧭 Sun'iy intellekt texnologiyalarini o’rganib o’z oldingizga yuqori maqsad qo’ying, SI yordamida o'z start-up loyihalaringizni boshlang startupbase.uz

❤ https://t.me/rkarimjonov
  • ❤ 9
  • ⚡ 3
  • 👍 2
  • 🔥 1
More from @nuruddinblogs
  1. Oct 12, 2026Twitterning eski Product boshi - Nikita Bier yozishicha: Ayni damda (startaplarda) texnolo…
  2. Oct 11, 2026a16z hozir qiziq reportlar chiqaryapti, bugungisi mamlakat energetikasi boy bo’lsa, iqtiso…
  3. Oct 11, 2026iPhonedagi liquid glass ba’zi joylarda eski kuygan OLED ekran vayblarini beryapti, orqadag…
  4. Oct 10, 2026Bugun shanba, kim qanday pet projectlar ustida ishlayapti? @nuruddinblogs
  5. Oct 9, 2026Do'stlar oxirgi oyda Global Move'da qilayotgan ishlarimiz bilan ulashmoqchiman. 1. Yaqinda…
  6. Oct 8, 2026Ben Afflek Python dasturlash tilida yozishini, konvolyutsion neyron tarmoqlarini (CNN) tus…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →