TGViewer
Nuruddin Blogs Nuruddin Blogs @nuruddinblogs · 6.48K subscribers
Post #5283 1.55K

Forwarded from Founder

Har bir co-founder qancha ulush olishi kerak?

7 764 ta AQSh startapi o‘rganilib, investitsiya jalb qilishdan oldingi founderlar o‘rtasidagi ulush taqsimoti tahlil qilingan. Natijalar meni ham hayron qoldirdi.

Ko‘pchilik founderlar boshida: “Hamma teng ulush olishi kerak”, deb o‘ylaydi. Ammo amalda teng taqsimot biz o‘ylaganchalik keng tarqalgan emas.

📊 Median ulush taqsimoti

2 ta founder: 🤝
— Founder A: 55%
— Founder B: 45%

3 ta founder: 🤝
— Founder A: 47%
— Founder B: 33%
— Founder C: 17%

4 ta founder: 🤝
— Founder A: 40%
— Founder B: 27%
— Founder C: 18%
— Founder D: 10%

Va rostini aytsam, buni tushunaman.

Men ham avvalgi kompaniyamda ulushni teng taqsimlaganman. O‘sha paytda bu adolatli tuyulgandi. Keyinchalik esa tenglik har doim ham adolat degani emasligini tushundim.

Odamlarning hissasi har xil bo‘ladi. Har birimizning rolimiz, riskimiz, mas’uliyatimiz, sarflayotgan vaqtimiz, egalik darajamiz va qurbonliklarimiz turlicha. Va bularning barchasi muhim.

Bu safar esa men va co-founderim bu masalani juda erta muhokama qildik va har birimiz kompaniyaga amalda nima olib kirayotganimizga qarab ulushni kelishib oldik.

Menimcha, aynan shu narsa hamkorligimizni kuchliroq qildi.

Xuddi shu narsa qaror qabul qilishga ham tegishli.

“Biz barcha qarorlarni birgalikda qabul qilamiz.”

Nazariyada bu juda yaxshi eshitiladi. Ammo bir nuqtada baribir yakuniy qarorni kimdir qabul qilishi kerak.

❌ Co-CEO bo‘lmang.

Ko‘pincha bu ikki founder bir-birini “kamroq muhim” qilib qo‘yishni istamagani uchun yuzaga keladi.

Ammo yuqoridagi noaniqlik odatda muammoni hal qilishdan ko‘ra, ko‘proq muammo yaratadi.

Investorlar bitta aniq aloqa nuqtasini xohlaydi. Xodimlar yakuniy qarorni kim qabul qilishini bilishni xohlaydi.

Va vaziyat qiyinlashganda, yakuniy javobgarlik kimdadir bo‘lishi kerak.

Founderlar bir-biriga qarshi fikr bildirsin, qattiq bahslashsin, eng yaxshi javobni topishga harakat qilsin — lekin oxir-oqibat kimdir final call qilishi kerak.

Kevin Jurovich sahifasidan oldindi https://lnkd.in/p/d_yE-MTb

@founderdotio
  • ❤ 6
  • 🔥 3
  • 👍 1
  • 🌚 1
More from @nuruddinblogs
  1. Oct 1, 2026Barcha ustozlarni bayrami bilan tabriklayman! @nuruddinblogs
  2. Oct 1, 2026Nimalar bo’lyapti?! Gemini 4 Argon versiyasini e’lon qildi, hozircha raqamlarda hammasi zo…
  3. Sep 30, 2026Bollar Codexni Reset knopkasini topvolishibdi. @nuruddinblogs
  4. Sep 30, 2026Post #5290
  5. Sep 29, 2026Codex devday bo’lyapti, 6.1 Sol e’lon qilindi endi Ultra fast rejimda yanada tezroq ishlas…
  6. Sep 28, 2026Asoschilar Podkastida AI va AI Agentlar haqida gaplashdik: https://youtu.be/Y_cb0JCntNY @n…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →