TGViewer
Channel Public Channel
Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

@nodavlattalim

— Respublikadagi davlat va nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar sodda tilda.

Murojaat: @nodavlatbot
Hamkorlik: @nodavlattalimbot
Instagram: instagram.com/nodavlattalim
Subscribers
211K
Photos
1.6K
Videos
388
Links
2.6K
Recent Posts 17 shown
Post #5842 19.7K
Shunaqangi xususiy universitetlar bor, ular berayotgan sifatli kadrlarni birorta davlat universitetlari bera olmaydi.


Ma'lumot uchun: TOP-100 universitetlarning qariyb yarmi xususiy universitetlar hisoblanadi. Ular orasida Harvard, Stanford, MIT, Caltech va Duke kabi dunyoning eng nufuzli universitetlari bor

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Post #5841 18K
🎓 Osiyo texnologiyalar universitetida qabul 30-sentabr kuni yakunlanadi!

⚡️ Osiyo texnologiyalar universitetida bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha hujjat topshirishingiz mumkin.

Bakalavriat:

-Iqtisodiyot
-Tarix
-Psixologiya
-Filologiya va tillarni o‘qitish
-Kompyuter injiniringi
-Dasturiy injiniring
-Boshlang‘ich ta’lim
-Biznesni boshqarish
-Sun’iy intellekt
-Xorijiy til va adabiyoti

Magistratura:

-Tarix
-Iqtisodiyot
-Lingvistika
-Ta'limda axborot texnologiyalari
-O’zbek tili va adabiyoti
-Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(maktabgacha ta'lim)


🗓️ Qabul 30-sentabr kuni yakunlanadi!

👇 Batafsil ma’lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun havola orqali o‘ting

Ro‘yxatdan o‘tish

📞 55 404 11 66

👍👍👍👍👍
🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
🌐 Veb-sayt  | 🔹 Instagram 
🔹 YouTube  | 🔹 Telegram
Post #5840 28.5K
⚡️Yilning eng namunali nodavlat oliygohlaridan biri taqdirlandi

Respublikadagi nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholash va ularni qo'llab-quvvatlash maqsadida 2025/2026-o'quv yili yakuni bo'yicha “Nodavlat ta'lim” ijtimoiy loyihasi tashabbusi bilan “Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi — 2026” ko'rik-tanlovi tashkil etilgan edi.

To'liq jamoatchilik fikriga asoslangan ushbu tanlovda Toshkent va Namangan shahrida faoliyat olib borayotgan "University of Business and Science" faol ishtiroki uchun “Nodavlat ta'lim” mamuriyati tomonidan “namunali nodavlat oliygoh” maqomi hamda maxsus sovg'alar bilan taqdirlandi.

Universitet jamoasi kelgusida ham eng yuqori marralarni zabt etishiga tilakdoshmiz!

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Post #5838 22.5K
Xususiy universitetning Part-time ta’lim shakliga o‘qishga kirganlar bormi?

Shartnomangizda “kunduzgi” deb yozilganmi yoki “kechki”?😂

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Post #5837 23.7K
Saida Mirziyoyeva: “Bunday vahshiyona jinoyatlar uchun o‘lim jazosini qo‘llash kerak”

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat bog‘chasida 5 yoshli tarbiyalanuvchi qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani yuzasidan munosabat bildirdi.

“Namanganda yuz bergan fojia haqida menga xabar berishdi. Bo‘lgan voqeani eshitib, g‘azabim ichimga sig‘may ketdi.

​Nazarimda, bunday vahshiyona jinoyatlar uchun o‘lim jazosini qo‘llash kerak. Amaldagi qonunchilikda oliy jazo ko‘zda tutilmagan, shu bois javobgarlikni maksimal darajada kuchaytirish uchun qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif tayyorlayapmiz.

​Tegishli idoralarga barcha zarur ko‘rsatmalar berildi. Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi. Shuningdek, beparvoligi bilan bu qabohatga yo‘l ochgan, norasida bolani asray olmagan barcha masʼullar ham jazolanadi.”


🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Post #5836 21.6K
📢 QABUL YAKUNLANISHIGA 3 KUN QOLDI!

🎓 Osiyo texnologiyalar universitetida 2026–2027-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda. Ammo hujjat topshirish uchun vaqt tobora qisqarmoqda — qabul yakunlanishiga atigi 3 kun qoldi!

Universitetda siz uchun:

💰 Kontraktlar 6,5 mln so‘mdan

💳 Kontraktni bir martada to‘lashda 1,5 mln so‘mgacha chegirma

🏆 Til sertifikatiga ega abituriyentlar uchun chegirma va grantlar:

▫️ CEFR B2 — 20%
▫️ CEFR C1 — 50%
▫️ IELTS 6.0 — 50%
▫️ IELTS 6.5 — 75%
▫️ IELTS 7.0+ — 100%

👨‍🏫 Mahalliy va xorijiy mutaxassislar bilan zamonaviy ta’lim olish imkoniyati.

⚠️ Qabul tugashiga 3 kun qoldi. Hujjat topshirishni oxirgi kungacha qoldirmang — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

👇 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot olish uchun:

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish

📞 55 404 11 66

👍👍👍👍👍
🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
🌐 Veb-sayt  | 🔹 Instagram 
🔹 YouTube  | 🔹 Telegram
Post #5835 25K
⚡️Talabalar uchun Amir Temur nomli davlat stipendiyasi joriy etiladi

O‘zbekistonda oliy ta’lim tashkilotlarining iqtidorli talabalari uchun 2027/-2028-o‘quv yilidan boshlab Amir Temur nomli davlat stipendiyasini joriy etish taklif etilmoqda.

Bu Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qaror loyihasida belgilangan.

Loyihaga ko‘ra, Amir Temur nomli davlat stipendiyasi davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan talabalarga berilishi mumkin.

Har bir oliy ta’lim tashkiloti uchun mazkur stipendiya soni bittadan belgilanishi taklif qilinmoqda.

Talabgor a’lo o‘qishi, ilmiy yoki ijodiy ishlar bilan shug‘ullanishi, konferensiya va tanlovlarda ishtirok etishi, O‘zbekiston tarixi, davlat tili hamda kamida bitta xorijiy tilni bilishi lozim bo‘ladi.

Bundan tashqari, Amir Temur nomli stipendiyaga da’vogarning bitiruv malakaviy ishi Amir Temur va temuriylar merosiga bag‘ishlangan bo‘lishi yoki shu yo‘nalishda kamida ikkita ilmiy ishi e’lon qilingan bo‘lishi taklif etilgan.

Loyihaga muvofiq, tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilgan talabgorlar hujjatlarini har yili 5–15 sentyabr kunlari my.edu.uz tizimiga yuklaydi. Stipendiya tayinlash bo‘yicha tavsiyanomalar esa 5–25 oktyabr kunlari ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan talabalarni bakalavriatni tugatgandan keyin bir yil ichida magistraturaning kunduzgi ta’lim shakliga tanlovsiz, qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilish taklif qilinmoqda.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Post #5833 21.2K
📢 QABUL YAKUNLANISHIGA ATIGI 4 KUN QOLDI!

Osiyo texnologiyalar universitetida 2026–2027-o‘quv yili uchun qabul yakunlanishiga atigi 4 kun qoldi.

Sizni kutayotgan imkoniyatlar:

💰 Kontrakt — 6,5 mln so‘mdan

💳 Kontraktni bir martada to‘laganingizda 1,5 mln so‘mgacha chegirma

🏆 Til sertifikati uchun chegirmalar va grantlar:

CEFR B2 — 20%
CEFR C1 — 50%
IELTS 6.0 — 50%
IELTS 6.5 — 75%
IELTS 7.0+ — 100%

👨‍🏫 Mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida zamonaviy ta’lim olish imkoniyati.

⚠️ Qabul tugashiga 4 kun qoldi. Hujjat topshirishni oxirgi kungacha qoldirmang — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

👇 Ariza qoldirish va batafsil ma’lumot olish:

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish

📞 55 404 11 66

👍👍👍👍👍
🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
🌐 Veb-sayt  | 🔹 Instagram 
🔹 YouTube  | 🔹 Telegram
Post #5830 24K
⚡️3-4 kurs talabalari qaysi yo‘nalishlarda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin?

Yuqorida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar ro‘yxati keltirildi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Post #5829 21.6K
🎓ABU RAYHON BERUNIY UNIVERSITETIDA QABUL
30-SENTYABR KUNI YAKUNLANADI!

👍Abu Rayhon Beruniy universitetida bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha hujjat topshirishingiz mumkin.

BAKALAVRIAT
-Yurisprudensiya
-Iqtisodiyot
-Tarix
-Psixologiya
-Filologiya va tillarni o‘qitish — ingliz tili, rus tili
-Energetika muhandisligi — elektr ta’minoti, muqobil energiya manbalari
-Jismoniy madaniyat
-Boshlang‘ich ta’lim
-Sport faoliyati
-Axborot tizimlari va texnologiyalari
-O‘simliklar himoyasi va karantini

MAGISTRATURA
-Advokatlik faoliyati
-Iqtisodiyot
-Pedagogika
-Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish

📱Onlayn hujjat topshirish:
🌐 www.arbu-edu.uz
📞 Aloqa markazi: +998 55 903 70 07
✅Telegram: @arbu_admins

⏳Vaqtni boy bermang — qabul 30-sentyabr kuni yakunlanadi!
Post #5828 22.8K
📢 Kasbiy ta’lim va malakali kadrlar masalalari bo‘yicha ochiq muloqotga taklif qilamiz

Ish beruvchilar, tadbirkorlar va soha vakillari ishtirokida kasbiy ta’lim tizimida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish hamda yoshlarni kasbga yo‘naltirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi muhokama qilinadi.

🗓️ 28-sentabr | 10:00
📍 Shota Rustaveli ko‘chasi, 8A-uy

Ochiq muloqotda taklif etilayotgan mexanizmlarning amaliyotda samarali ishlashi, ish beruvchilar uchun qulayligi, korxonalarning kadrlar tayyorlashdagi ishtirokini kengaytirish hamda dual ta’limni rivojlantirish masalalariga asosiy e’tibor qaratiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
📞 +998900015431
@Khasan_Zokhidov
____

📢 Приглашаем на открытый диалог по вопросам профессионального образования и подготовки квалифицированных кадров

С участием работодателей, предпринимателей и представителей отрасли будет обсуждён проект нормативно-правового документа, направленный на расширение участия частного сектора в системе профессионального образования и совершенствование системы профессиональной ориентации молодёжи.

🗓️ 28 сентября | 10:00
📍 ул. Шота Руставели, 8А

Основное внимание в ходе открытого диалога будет уделено эффективной реализации предлагаемых механизмов на практике, их удобству для работодателей, расширению участия предприятий в подготовке кадров, а также развитию дуального образования.


📞 Для регистрации:
+998900015431 @Khasan_Zokhidov

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Post #5826 24.6K
⚡️Xususiy OTMning 3-bosqichiga noqonuniy kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda oliy ta’lim muassasasiga noqonuniy tarzda o‘qishga kiritish bilan bog‘liq holat fosh etildi.


Xususan, 1997-yilda Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida tug‘ilgan, hozirda Toshkent shahrida yashovchi shaxs o‘zganing ishonchiga kirib, tanishlari yordamida uni go‘yoki Rossiya Federatsiyasidagi oliy ta’lim muassasalaridan birida 2 yil o‘qiganligi to‘g‘risidagi soxta hujjatlar asosida poytaxtda joylashgan xususiy oliygohning 3-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 8 ming AQSH dollari talab qilib, 7500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur shaxsdan 7500 AQSH dollarini olgan vaqtida Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida ro‘yxatda turib, Toshkent shahrida vaqtincha yashovchi, 1993 y.t. fuqaro ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu noqonuniy ishga Yakkasaroy tumani IIO FMBning inspektor-psixologi ham aloqadorligi aniqlandi va tezkor tadbir davom ettirildi.

Natijada, inspektor ham 7500 dollarni olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Post #5825 24.1K

Forwarded from Edu.uz

UI GreenMetric 2026: Oʻzbekistonning TOP-10 oliy taʼlim tashkiloti
 
UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingi natijalari eʼlon qilindi.
 
Joriy yilgi reytingda 110 mamlakatdan 2 016 ta oliy taʼlim tashkiloti ishtirok etdi. Oʻzbekistondan esa 89 ta oliy taʼlim tashkiloti reytingda oʻz natijalarini qayd etdi.
 
UI GreenMetric World University Rankings 2026 — oliy taʼlim muassasalarining barqaror rivojlanish va ekologik masʼuliyat sohasidagi faoliyatini baholaydigan xalqaro reytinglardan biri. Reytingning 2026-yilgi natijalaridan  Reytingda universitetlarning nafaqat taʼlim va ilmiy-tadqiqot faoliyati, balki barqaror kampus infratuzilmasi, energiyadan samarali foydalanish va iqlim oʻzgarishiga qarshi choralar, chiqindilarni boshqarish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik transport, taʼlim va tadqiqotlar, shuningdek, boshqaruv va raqamlashtirish sohalaridagi koʻrsatkichlari kompleks baholanadi.
 

2026-yilgi reytingning asosiy mavzusi “Boshqaruv, raqamlashtirish va integratsiyalashgan natijadorlik orqali barqaror kampuslarni rivojlantirish” etib belgilangan.
 
Oʻzbekiston oliy taʼlim tashkilotlari orasida eng yuqori natijalarni quyidagi oliygohlar koʻrsatdi:

1. Toshkent davlat yuridik universiteti — 132-oʻrin;
2. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti — 314-oʻrin;
3. Qarshi davlat universiteti — 327-oʻrin;
4. Andijon davlat texnika instituti — 367-oʻrin;
5. Fargʻona davlat universiteti — 368-oʻrin;
6. Toshkent davlat transport universiteti — 388-oʻrin;
7. Buxoro davlat universiteti — 396-oʻrin;
8. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti — 405-oʻrin;
9. Samarqand davlat universiteti — 485-oʻrin;
10. Termiz iqtisodiyot va servis universiteti — 486-oʻrin.


UI GreenMetric reytingi oliy taʼlim tashkilotlarining barqaror rivojlanish, ekologik masʼuliyat va barqaror kampus muhitini shakllantirish borasidagi faoliyatini baholaydi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Post #5824 29.7K
Nimaga 11 yil o‘qitib, bitta kasb yo til o‘rgatmay, bolani keng okeanga qo‘yib yuboryapmiz? Qani mas’uliyat? — Prezident


🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Post #5823 35.7K
⚡️Rasman: Milliy sertifikat oʻrinlari endi cheklangan — yangi cheklovlar eʼlon qilindi!

2026-yilning sentabr–dekabr oylari uchun jami 496 303 ta oʻrin ajratildi:
🗓 Sentabrda — 125 753 ta oʻrin
🗓 Oktabrda — 129 535 ta oʻrin
🗓 Noyabrda — 112 335 ta oʻrin
🗓 Dekabrda — 128 680 ta oʻrin

📊 Shuningdek, endi imtihonlar soni ham koʻpaytirilib, 2025-yilning shu davridagi 11 ta oʻrniga 15 ta imtihon tashkil etiladi.

⚖️ Agentlikning maʼlum qilishicha, mazkur cheklovlar infratuzilmaga tushayotgan yukni kamaytirish hamda natijalarni oʻz vaqtida eʼlon qilishni taʼminlash maqsadida joriy etildi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Post #5822 30.4K
⚡️Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan 1 mln 20 ming soʻmgacha mukofot puli beriladi

🔰 Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 29-bandida umumtaʼlim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat "1-oktyabr — O'qituvchi va murabbiylari kuni" munosabati bilan Jamgʻarmaning mavjud mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida mukofotlanishi qayd etilgan.
 
➡️ Bunda mukofot puli miqdorini hisoblashda oʻqituvchining oylik maoshi emas, balki mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.
 
Maʼlumot uchun, hozirgi kunda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oyiga 1 mln 360 ming soʻmni tashkil qiladi.
 
✅ Yaʼni, pedagog va rahbar xodimlarga "1-oktyabr — O'qituvchi va murabbiylari kuni" munosabati bilan 1 mln 20 ming soʻmgacha miqdorida mukofot puli beriladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Post #5821 32.5K
❓Talaba qanday hollarda oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin?

📃O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabr 578-sonli qaroriga muvofiq, talabalar quyidagi holatlarda o‘qishdan chetlashtirilishi mumkin.

➖ o‘z xohishiga ko‘ra;

➖ o‘qishning boshqa ta’lim tashkilotiga ko‘chirilishi munosabati bilan;

➖ oliy ta’lim tashkilotlarining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzgani uchun;

➖ bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirgani uchun (salomatligi sababli belgilangan shakldagi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilgan holat bundan mustasno);

➖ o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun taalluqli);

➖ talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda;

➖ sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);

➖ talaba abituriyent sifatida oliy ta’lim tashkiloti qabul komissiyasiga taqdim etgan (topshirgan) hujjatlarining qalbakiligi yoki belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlansa;

➖ vafot etganligi sababli.

📌Ma’lumot o‘rnida, harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida hamda oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun talabaga belgilangan tartibda akademik ta’til berilishi mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Older posts →

About this channel

How can I read @nodavlattalim without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Nodavlat oliy ta'lim muassasalari: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Nodavlat oliy ta'lim muassasalari have?
Nodavlat oliy ta'lim muassasalari (@nodavlattalim) has 211K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Nodavlat oliy ta'lim muassasalari know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →