TGViewer
Channel Public Channel
NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

@niuedu_uz

NIU rasmiy kanali

🌍 Zamonaviy ta’lim | Innovatsion imkoniyatlar

🎓 Bakalavriat | Magistratura | Ikkinchi mutaxassislik

📞 Biz bilan bog’laning:
☎️ 55 555 55 85
@niuedu_admin
Subscribers
10.1K
Photos
6.5K
Videos
1.4K
Links
3.2K
Recent Posts 12 shown
Post #8896 767
НАВОИЙ ИННОВАЦИЯЛАР УНИВЕРСИТЕТИНИНГ РАСМИЙ МУНОСАБАТИ


Ижтимоий тармоқларда университетда талабалар сони ва аудиториялар етишмаслигига оид тарқатилган материаллар юзасидан қуйидагиларни маълум қиламиз.
Университетда таҳсил олаётган талабалар сони 14 минг нафар деб келтирилган хабар ассосиз. Аудиториялар етишмаслиги ҳақидаги даъво университет маълумотларига мувофиқ эмас.

Навоий инновациялар университети фаолияти, таълим жараёни ва талабалар учун яратилган шароитлар юзасидан тарқалган хабарлар бўйича қуйидагиларни маълум қиламиз.

Университет ўз фаолиятини амалдаги қонунчилик ва лицензия талаблари асосида ташкил этиб, талабаларга сифатли таълим бериш ҳамда муносиб шарт-шароитлар яратишни устувор вазифа деб билади.

Ижтимоий тармоқларда тарқалган айрим видеолар ўқув йилининг илк кунларида, талабалар дарс жадвали ва ўқув хоналари билан тўлиқ танишишга улгурмаган пайтда юзага келган бир неча дақиқалик ҳолатни акс эттиради. Бундай қисқа муддатли ҳолатни университетда аудиториялар етишмаслиги сифатида талқин қилиш тўғри эмас.
Шуни алоҳида таъкидлаймизки, ўқув аудиториялари дарс жадвали ва академик гуруҳлар тақсимоти асосида белгиланади. Ўқув йили бошида айрим талабаларнинг ўз аудиторияларини излаши ёки вақтинча умумий ҳудудларда тўпланиб туриши улар учун дарс ўтиш жойи ажратилмаганини англатмайди.
Университет раҳбарияти жамоатчилик фикри ва асосли танқидларга ҳурмат билан қарайди ҳамда фаолиятига оид саволларга тегишли тушунтиришлар беришга тайёр.

Оммавий ахборот воситалари вакиллари, журналистлар, блогерлар ҳамда ижтимоий тармоқ фаоллари университет матбуот хизмати билан бевосита боғланиб, ўзларини қизиқтирган масалалар юзасидан тегишли маълумот ва изоҳларни олишлари мумкин.

Шу билан бирга, университет фаолияти ҳақида ҳақиқатга тўғри келмайдиган маълумотларни тарқатиш, жамоатчиликни чалғитиш, айрим блогерлар ва ижтимоий тармоқ фаолларига нотўғри ахборот етказиш билан шуғулланаётган айрим шахслар юзасидан тегишли материаллар ўрганилмоқда.

Бундай ҳаракатларнинг қасддан амалга оширилгани ва қонунбузилиш ҳолатлари аниқланган тақдирда, уларга ҳуқуқий баҳо берилиши ҳамда университетнинг ишчанлик обрўсини ҳимоя қилиш мақсадида ваколатли органларга белгиланган тартибда мурожаат қилинади.

Жамоатчилик ва оммавий ахборот воситалари вакилларини университет фаолиятига оид ахборотларни ёритишда холисликка, маълумотларнинг ҳаққонийлигини текширишга ва масалага ҳар томонлама ёндашишга чақирамиз.

Навоий инновациялар университети матбуот хизмати

✈️Telegram | 📷Instagram |📱Web-sayt | 📱YouTub
  • 👏 12
  • ❤ 4
  • 🔥 4
  • 👍 2
  • 🤩 2
Post #8890 908
YOSHLAR O‘RTASIDA GIYOHVANDLIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRLARI


Navoiy innovatsiyalar universitetida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olishga qaratilgan oylik doirasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Tadbir davomida universitet talabalari bilan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berish hamda yoshlarni zararli illatlardan asrashga qaratilgan tushuntirish ishlari tashkil etildi.

Shuningdek, yoshlarning huquqiy va ijtimoiy faolligini oshirish, ularni foydali tashabbuslarga jalb etish maqsadida talabalar Yoshlar APK mobil ilovasiga ulandi.

🎯 Asosiy maqsad — yoshlar orasida sog‘lom muhitni shakllantirish, giyohvandlikning oldini olish va har bir yoshning kelajagi uchun mas’uliyatini oshirishdir.


Navoiy innovatsiyalar universiteti — sog‘lom va barkamol avlod tarafdori!

✈️Telegram | 📷Instagram |📱Web-sayt | 📱YouTub
Post #8888 1.22K
❗️Diqqat! Vazir nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov nomidan fuqarolarga soxta xabarlar yuborilayotgani aniqlandi.

Xususan, Telegram orqali vazirlikda olimlar faoliyati yuzasidan ichki tekshiruv o‘tkazilayotgani, shu munosabat bilan fuqarolar bilan Davlat xavfsizlik xizmati mayori bog‘lanishi haqida asossiz xabarlar tarqatilmoqda.

Ma’lum qilamizki, vazir nomidan yuborilayotgan mazkur xabarlar haqiqiy emas.

Fuqarolardan bu kabi shubhali xabarlarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lishlarini va quyidagilarga amal qilish so‘raladi:
▪️ Noma’lum akkauntlardan kelgan xabarlarga ishonib, shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etmang.
▪️ Pasport ma’lumotlari, SMS-kodlar va boshqa maxfiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga bermang.
▪️ Shubhali xabarlarni boshqalarga tarqatmang.
▪️ Vazirlik faoliyatiga oid ma’lumotlarni faqat rasmiy manbalar orqali tekshiring.

Vazir yoki vazirlik nomidan tarqatilayotgan shubhali xabarlarga duch kelsangiz, ularning haqqoniyligini rasmiy axborot kanallari orqali aniqlashtirishingizni tavsiya etamiz.

✈️Telegram | 📷Instagram |📱Web-sayt | 📱YouTub
  • ❤ 1
Post #8886 1.25K
NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI Video message
🎓DARS JARAYONLARIDAN

👨‍🏫Pardayev Husan
📚Fan: Ishlab chiqarishni tashkil etish

🎓Navoiy innovatsiyalar universiteti — sifatli ta’lim va yorqin kelajak sari!

✈️Telegram | 📷Instagram |📱Web-sayt | 📱YouTub
  • ❤ 3
Post #8882 1.24K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 🔥 4
  • 🥰 1
Post #8877 1.56K
Navoiy innovatsiyalar universitetida talaba-yoshlar oʻrtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sogʻlomlashtirish, diniy bagʻrikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida tashkil etilgan uchrashuvning 01/03-07/8-sonli bayonnomasiga koʻra, yigʻilishga Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy va sport, sog‘lomlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A. Ergashev raislik qildi.
Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Navoiy viloyati vakilligi viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari R. Yandashev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi yetakchi mutaxassisi J. Berdiyev hamda 250 nafar talaba-yoshlar qatnashdilar.

✈️Telegram | 📷Instagram |📱Web-sayt | 📱YouTub
  • ❤ 6
Post #8876 1.61K
🎉 TABRIKLAYMIZ!

Navoiy innovatsiyalar universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Mansurova Maftuna Komilovna falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini qo‘lga kiritgani munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

Ushbu yuksak ilmiy yutuq bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Kelgusidagi ilmiy izlanishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar, kasbiy faoliyatingizga rivoj va yangi marralar, oilangizga tinchlik-xotirjamlik va baxt-saodat tilaymiz.

Ilm yo‘lingiz bardavom, yutuqlaringiz yanada zalvorli bo‘lsin! 🌷

Navoiy innovatsiyalar universiteti jamoasi

✈️Telegram | 📷Instagram |📱Web-sayt | 📱YouTub
  • ❤ 19
  • 👍 7
  • 🔥 5
Post #8875 1.47K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 🔥 3
  • 👍 2
  • ❤ 1
Older posts →

About this channel

How can I read @niuedu_uz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI have?
NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI (@niuedu_uz) has 10.1K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →