Temurbek Adhamov va Jahongir Nasriddinov «Nikoh» ilovasiga ta'sischi bo'lib qo'shildi
Bugun «Nikoh» loyihasi uchun quvonchli yangilik bilan bo‘lishmoqchimiz. Ta’lim va biznes sohasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ikki taniqli tadbirkor loyihamizga ta'sischi sifatida qo‘shildi.
Temurbek Adhamov — «Najot Ta’lim» va «Robbit» loyihalari asoschisi.
Jahongir Nasriddinov — «Colba» maktabi va o‘quv markazlari tarmog‘i asoschilaridan biri.
Ularning loyihaga ta'sischi sifatida qo‘shilishi «Nikoh» ilovasini kengaytirish hamda ko‘plab insonlarning o‘z hayot yo‘ldoshini topishiga yordam berish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.
Bizning maqsadimiz — jiddiy niyatdagi insonlarni birlashtirish va mustahkam oilalar qurilishiga hissa qo‘shish. Bu maqsad sari yangi ta'sischilar bilan birgalikda harakat qilayotganimizdan mamnunmiz.
@Nikoh_appbot— baxtli oila sari, ishonchli qadam
Post #710
2.01K


- 🔥 22
- 👏 8
- ⚡ 4
- 💯 3