TGViewer
NamDTU • NamSTU • НамГТУ NamDTU • NamSTU • НамГТУ @namdtuuz · 6.32K subscribers
Post #33195 1.1K
NAMDTU TALABALARI “KELAJAK TADBIRKORI–2026” KO‘RGAZMASIDA INNOVATSION LOYIHALARI BILAN QATNASHDI

“Kelajak tadbirkori–2026” kasb ko‘rgazmasida Namangan davlat texnika universiteti talabalari o‘zlarining innovatsion loyihalari taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.

Jumladan, Diyorbek Akbaraliyev “Interaktiv assistent-robot” loyihasini taqdim etdi. Mazkur ishlanma o‘zbek, rus va ingliz tillarida muloqot qilish, tashrif buyuruvchilarga ovozli ma’lumot berish hamda axborot xizmatini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan.

Shuningdek, Qudratillo Ortiqxonov “Aqlli suv tejash tizimi” loyihasini namoyish etdi. Ushbu loyiha sensorlar va avtomatik boshqaruv mexanizmlari yordamida sug‘orish jarayonini nazorat qilish, suv sarfini kamaytirish hamda suv resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan.

Talabalar tomonidan taqdim etilgan ushbu loyihalar zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish, mavjud muammolarga innovatsion yechimlar ishlab chiqish va yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash nuqtayi nazaridan ahamiyatlidir.

Batafsil
👀На русском  👀In English

NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site |  Telegram |  Instagram | X
Facebook |  YouTube |  LinkedI
  • ❤ 1
  • 🤩 1
More from @namdtuuz
  1. Oct 16, 2026DUAL TA’LIM: NAMDTU VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI YANGI BOSQICHDA Namangan davlat texnika…
  2. Oct 16, 2026👍📰📰📰📰📰📰📰📰 NAMDTUDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — “O‘ZBEKISTON 24” NIGOHIDA! N…
  3. Oct 16, 2026“JESCO” KORXONASIDA ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARI O‘RGANILDI Namangan davlat texnika univer…
  4. Oct 16, 2026NAMDTU XALQARO HAMKORLIK BO‘YICHA RASMIY TELEGRAM KANALI ISH BOSHLADI! Global imkoniyatlar…
  5. Oct 16, 2026ONA TILIM — MILLATIMNING FAXRI, QALBIMNING NAVOSI! NamDTU Iqtisodiyot fakulteti Milliy lib…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →