KO‘RGAZMA BILAN TANISHUV: YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR
“Kelajak tadbirkori–2026” kasb ko‘rgazmasi doirasida Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Bazarov, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamolov hamda “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Hoshimov, Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashev hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ko‘rgazma maydonlarini ko‘zdan kechirdilar.
Tashrif davomida tashkilot va korxonalar tomonidan taqdim etilgan bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari, kasbga yo‘naltirish xizmatlari hamda yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari bilan tanishildi.
Ayni paytda ko‘rgazmada 100 dan ortiq tashkilot va korxona ishtirok etib, talabalar va bitiruvchilarga mehnat bozoridagi talablar, ishga joylashish va biznes faoliyatini boshlash imkoniyatlarini taqdim etmoqda.
Batafsil
👀На русском 👀In English
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedI
Post #33175
858









