MILLIY QADRIYATLAR — MILLAT MA’NAVIYATINING ASOSI
Namangan davlat texnika universiteti Transport va logistika fakultetida “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda fakultet dekani N. Abdusattorov, Din ishlari qo‘mitasining Davlatobod tumani bo‘limi bosh mutaxassisi N. Oripov, universitet ichki ishlar profilaktika inspektori, mayor S. Sherg‘oziyev, mas’ul xodimlar hamda talabalar ishtirok etdi. Uchrashuv jami 150 nafar ishtirokchini qamrab oldi.
Tadbir davomida milliy urf-odatlar, an’analar, tarixiy meros va ma’naviy qadriyatlarning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni muhokama qilindi. Milliy o‘zlikni anglash, ajdodlar merosini asrab-avaylash, ona tiliga hurmat va jamiyatda o‘zaro ehtirom tamoyillariga amal qilishning ahamiyati ta’kidlandi.
Shuningdek, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish hamda milliy merosga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Batafsil
👀На русском 👀In English
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedI
Post #32859
748






- ❤ 2
- 👍 1
- 😍 1
- 💯 1