TGViewer
Channel Public Channel
Niyoz Xazratkulov

Niyoz Xazratkulov

@n_xazratkulov

Boyovut tumani hokimi

Telegram: +998958279550

Instagram: https://www.instagram.com/niyoz_xazratkulov

Ishonch tel: +998672364400

Manzil: Boyovut tumani Ijodkor mahallasi Jayxun ko'chasi 5-uy
Subscribers
1.7K
Photos
1.5K
Videos
552
Links
795
Recent Posts 14 shown
Post #2224 356
Boyovut tumani paxtakorlari paxta topshirish shartnomaviy rejasini bajardi

Joriy yilda Boyovut tumanidagi dan ziyod fermer xo‘jaliklari tomonidan 10 ming 300 gektar yer maydoniga g‘o‘za parvarishlandi. Belgilangan agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida sifatli o‘tkazilganligi, dehqonlarning samarali mehnatlari evaziga paxtadan mo‘l hosil yetishtirildi.

Yig‘im-terim ishlar uyushqoqlik bilan o‘tkazildi. Bugungi kunga qadar tuman paxtakorlari tomonidan davlat omborlariga 55 ming tonnadan ziyod paxta topshirilib, belgilangan reja 100 foizga bajarildi.

Erishilgan muvaffaqiyatga “Boyovutlik Humoyun”, “Sanjarbek Jo’rayev”, “Boyovut Agro Star”, “Mullajonov Faxriddin”, “Shaxzoda-Shaxnozabonu” va “Buyuk davlat” singari o‘nlab fermer xo‘jaliklari munosib hissa qo‘shib, o’rtacha 65-70 sentnerdan hosil oldilar.

🕊Telegram 📱 Instagram 📱 Facebok 📺YouTube
Post #2223 204

Forwarded from Sirdaryo.uz

Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Doniyor Kadirov viloyatdagi faoliyatini Xovos tumanidagi muqaddas qadamjo ziyoratidan boshladi.
Post #2220 1.57K
Uchturgon mahallasida 150 o‘rinli yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi

Boyovut tumanida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolajonlar uchun zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

Bugun tumanning Uchturgon mahallasida 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Mazkur maskan mahalla bolajonlari uchun munosib ta’lim-tarbiya olish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-93-sonli qarori asosida 4,5 milliard so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan, 150 o‘rinli yangi bino zamonaviy talablar asosida qurildi. Tashkilotda bolalarning har tomonlama rivojlanishi, sifatli ta’lim-tarbiya olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

Mazkur yangi maktabgacha ta’lim tashkilotining foydalanishga topshirilishi mahalladagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish, ota-onalar uchun qulaylik yaratish hamda kelajak avlodning bilimli va sog‘lom bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi.


🕊Telegram 📱 Instagram 📱 Facebok 📺YouTube
Post #2219 1.59K
✅✅✅✅

Ayni vaqtda Boyovut tumani Xalq qabulxonasi tomonidan navbatdagi qabul o’tkazilmoqda.

Sayyor qabulda Boyovut tumani hokimi Niyoz Xazratkulov ham ishtirok etmoqda.

🕊Telegram 📱 Instagram 📱 Facebok 📺YouTube
Post #2218 359
Post #2213 429
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Prezident Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi. Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida hamkorlikning strategik yo‘nalishlari belgilab olindi. 2027-yilda MDHga raislik O‘zbekistonga o‘tadi.
—
Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Prezident Shavkat Mirziyoyevqa FAOnıń joqarı sıylıǵı – “Agricola” medalı tapsırıldı. Oraylıq Aziya hám Ázerbayjan mámleket basshılarınıń segizinshi Máslahát ushırasıwında birge islesiwdiń strategiyalıq baǵdarları belgilep alındı. 2027-jılı ǴMDAǵa basshılıq Ózbekstanǵa ótedi.
—
Обзор важнейших событий за неделю: Президенту Шавкату Мирзиёеву вручена высшая награда ФАО – медаль «Agricola». На восьмой Консультативной встрече глав государств Центральной Азии и Азербайджана обозначены стратегические приоритеты сотрудничества. Председательство в СНГ в 2027 году переходит к Узбекистану.
—
Weekly review of the most important events: President Shavkat Mirziyoyev has been presented with FAO’s highest award, the Agricola Medal. Strategic cooperation priorities outlined at the Eighth Consultative Meeting of the Heads of State of Central Asia and Azerbaijan. Uzbekistan to assume the CIS Chairmanship in 2027.
Post #2211 461

Forwarded from Erkinjon Oqbo'tayevich Turdimov 🇺🇿

Ассалому алайкум, азиз сирдарёликлар!

Ҳурматли Президентимизнинг юксак ишончлари билан бошқа вазифада фаолиятимни давом эттириш олдидан сизларга чуқур ҳурмат-эҳтиромим ва самимий миннатдорлигимни изҳор этаман!

Мен бошқа вилоятда туғилиб ўсган бўлсам ҳам, меҳнат фаолиятимни шу қутлуғ заминда бошлаганман. Катта ҳаёт сари илк қадамларимни бағрикенг ва меҳнаткаш сирдарёликлар билан бирга ташлаганман. Бу ерда кўп инсонлардан сабоқ олганман. Уларнинг тажрибаси ва маслаҳатлари халқ ишончига муносиб бўлиб ишлашда менга асқотган. Шунинг учун бу юрт мен учун жуда қадрли.

Кейинги салкам икки йил давомида яна сизлар билан бирга ишлаш насиб этди. Айниқса, ҳурматли Президентимизнинг алоҳида эътиборлари туфайли Сирдарёнинг қиёфаси янгиланиб, саноат ривожланаётгани, одамларнинг турмуши ўзгариб, эртанги кунга ишончи ошаётганига гувоҳ бўлдим.

Сизлар билан ёнма-ён ишлаб, сирдарёликларнинг нақадар меҳнаткаш, фидойи ва ватанпарвар эканига, биргаликда катта мақсадларга эришиш мумкинлигига яна бир бор амин бўлдим.

Мен ўзимни Сирдарёнинг ҳам фарзанди деб биламан. Бу элга доимо таъзим қилиб, чексиз ҳурматим ва миннатдорлигимни билдираман!

Қаерда, қайси вазифада ишласам ҳам, бу заминни янада обод қилиш, сирдарёликларнинг турмуш фаровонлигини юксалтиришга ҳисса қўшишни ўз бурчим деб ҳисоблайман!
Post #2210 475

Forwarded from Erkinjon Oqbo'tayevich Turdimov 🇺🇿

Эркинжон Турдимов:

— Билим — бизни камбағалликдан олиб чиқадиган энг катта куч. Ким фарзандининг таълимига сармоя киритса, уни ўқитса, эртага эл-юрт орасида обрў топади...
Post #2209 297

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

Bundan ilgariroq E.Turdimov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.

Shuningdek, tegishli farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qilishi, ularni muvofiqlashtirishi belgilandi.

Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Турдимов Эркинжон Окбутаевич назначен на должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности хокима Сырдарьинской области.

Ранее кандидатура Э.Турдимова была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса.

Также, соответствующим указом в исполнительной структуре Кабинета Министров Республики Узбекистан введена должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан. Образован Секретариат по вопросам образования, науки и здравоохранения.

Определено, что первый заместитель Премьер-министра – министр образования и науки в пределах своих полномочий осуществляет общее руководство и координацию деятельности руководителей республиканских органов исполнительной власти – министерств, комитетов, агентств и инспекций, а также Председателя Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимов областей и города Ташкента по выполнению возложенных на них задач и функций в сферах образования, науки и здравоохранения.

Контроль и организация исполнения задач по указанным направлениям возложены на Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан С.Ш. Мирзиёеву.

Facebook|Instagram|X
Post #2206 2.33K
CHIQINDILARNI QAYTA ISHLASH BO‘YICHA INNOVATSION LOYIHA MUHOKAMA QILINDI

Boyovut tumani hokimi Niyoz Xazratkulov hamda KECC korporatsiyasi vakillari o‘rtasida chiqindilarni qayta ishlashga qaratilgan innovatsion loyihani amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tumanda chiqindilarni samarali boshqarish, ularni saralash va qayta ishlash tizimini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, loyiha doirasida xorijiy tajribani o‘rganish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida loyiha yuzasidan hamkorlikning keyingi bosqichlari va istiqboldagi rejalarni muhokama qilishga kelishib olindi.

🕊Telegram 📱 Instagram 📱 Facebok 📺YouTube
Older posts →

About this channel

How can I read @n_xazratkulov without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Niyoz Xazratkulov: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Niyoz Xazratkulov have?
Niyoz Xazratkulov (@n_xazratkulov) has 1.7K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Niyoz Xazratkulov know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →