O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi. Muloqot davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy tilaklari yetkazildi, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.
“O‘zbekiston va Turkiyani do‘stlik hamda yaqin hamkorlik rishtalari bog‘lab turadi. Muloqot chog‘ida birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz natijalari va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildik.
Janob Prezidentga samimiy qabul, O‘zbekistonga qaratilayotgan alohida e’tibor hamda qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman,- dedi Saida Mirziyoyeva ”.
Do’stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
✅ Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 You Tube
