TGViewer
MY5 TV MY5 TV @my5tv · 53.3K subscribers
Post #39870 1.34K
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammitidagi nutqidan asosiy fikrlar:

📌Bugungi kunda dunyo chuqur geosiyosiy o‘zgarishlarni boshidan kechirmoqda, yangi tahdid va xatarlar paydo bo‘lmoqda. Bu vaziyat yanada yaqin hamkorlik va birgalikda qarorlar qabul qilishni talab etadi;

📌Har qanday nizo va kelishmovchiliklar faqat tinch yo‘l bilan, siyosiy-diplomatik vositalar orqali, xalqaro huquq va barcha tomonlar manfaatlarini inobatga olgan holda hal etilishi zarur;

📌“Biz Yaqin Sharqdagi qarama-qarshilik va G‘azodagi gumanitar vaziyatni katta tashvish bilan kuzatib boryapmiz. Ushbu mintaqada tezroq tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishi tarafdorimiz”;

📌OHIChKning asosiy maqsadi Osiyoda o‘zaro hamkorlikning yaxlit infratuzilmasini shakllantirish, o‘zaro uyg‘un va oldindan taxmin qilish mumkin bo‘lgan harakatlar, majburiyatlarni bajarish asosidagi munosabatlarning barqaror tizimini yaratish bo‘lishi kerak;

📌Osiyoda ishonch infratuzilmasini shakllantirish konsepsiyasini ishlab chiqish, unda Kengashni uzoq muddatli rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, davlatlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik va hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash taklif etildi;

📌Texnologik ishonch va sun’iy intellektdan mas’uliyat bilan foydalanish bo‘yicha Osiyo tashabbusi ilgari surildi;

📌Iqlim barqarorligi sohasida sheriklik qilish bo‘yicha tashabbus taklif qilindi. Bu suvni tejaydigan texnologiyalarni birgalikda joriy etish, “yashil” energetikani rivojlantirish va atrof-muhit holatini doimiy kuzatib borish imkonini beradi;

📌O‘zbekiston Kengashning Inson mezoni bo‘yicha koordinatori sifatida ta’lim, madaniyat va gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda va kelgusi yili Inson salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha forumni o‘tkazishga tayyor;

📌O‘zbekiston OHIChKning tashkiliy asoslarini yanada mustahkamlash va uning nizomini takomillashtirish borasidagi ishlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ilgari surilayotgan tashabbuslar o‘zining amaliy ijrosini topishi muhim.

Doʻstlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
✅ Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 You Tube
  • ❤ 1
More from @my5tv
  1. Oct 15, 2026Rustam Sabinani yoqtirib qoldimi? 🔥 Ammo muhabbat bor joyda yolg‘onga o‘rin bormi? Izohla…
  2. Oct 15, 2026🇹🇷 🇺🇿 Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi O‘zbe…
  3. Oct 15, 2026🏡 “Hovli sirlari” milliy serial premyerasi. 📺Bugun, soat 20:40 da #milliyserial #hovlisi…
  4. Oct 15, 2026🎬 "Taqdir zarbalari” telenovellasini o‘tkazib yubormang! 🤩Bugun ⏰ 19:00 da 📺 @my5tv da!…
  5. Oct 15, 2026🤔 Rayhon turmush o‘rtog‘i bilan yarashdimi? 📺 “Tujjor” — yangi milliy seriali 📺 Bugun,…
  6. Oct 15, 2026Ozarbayjon poytaxtida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning 7- sammi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →