TGViewer
MY5 TV MY5 TV @my5tv · 54.4K subscribers
Post #39620 813
Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari a’zolari hamda ularning yaqinlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasidagi tarixiy g‘alaba bilan yana bir bor tabrikladi.

– Ikki karra Olimpiada chempioni degan yuksak va sharafli unvon barchamizga, butun O‘zbekiston xalqiga muborak bo‘lsin!

– dedi Prezidentimiz.

Samarqanddagi Olimpiada oddiy sport musobaqasi bo‘lmagani ta’kidlandi. Unda 200 dan ortiq mamlakatdan qariyb 2 ming shaxmatchi, jumladan, kuchli grossmeysterlar va amaldagi chempionlar jam bo‘ldi.

– Shunday ulkan raqobat ichida O‘zbekiston bayrog‘ini eng balandga ko‘tarish bu haqiqiy jasorat, katta aql-zakovat va mustahkam iroda namunasidir,

– dedi davlatimiz rahbari.

G‘alabaga o‘z yurtimizda, xalqimiz ko‘z o‘ngida erishilgani unga alohida ma’no bag‘ishladi. Olimpiadani bevosita kuzatish uchun Samarqandga 60 mingdan ortiq mehmon keldi; hududlardagi fan-zonalarda qariyb 500 ming muxlis, teleekran va internet orqali esa millionlab vatandoshlarimiz o‘yinlarni kuzatdi.

Do’stlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
✅ Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 You Tube
More from @my5tv
  1. Sep 29, 2026😱 Aslida, bu yerdan seni haydashim kerak edi 🏡 “Hovli sirlari” milliy serial premyerasi.…
  2. Sep 29, 2026Madrimov: Ilm — boksdan qiyinroq ekan! 🟢 “Gapiring” tok-shousini 🗓 29-sentabr kuni soat…
  3. Sep 29, 2026🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida shaxmat…
  4. Sep 29, 2026Prezidentimiz o‘zi ham hal qiluvchi partiyalarni katta qiziqish bilan ko‘rganini aytdi: “B…
  5. Sep 29, 2026🌎 World Content Market — 1-kun 🇰🇿 Qozog‘istonning Olmaota shahrida 29–30-sentyabr kunla…
  6. Sep 29, 2026🇺🇿 Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida shaxmat va parashaxmat bo‘yi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →