TGViewer
MY5 TV MY5 TV @my5tv · 54.4K subscribers
Post #39621 1.26K
Prezidentimiz o‘zi ham hal qiluvchi partiyalarni katta qiziqish bilan ko‘rganini aytdi:
“Ba’zi partiyalarda sizlar nafaqat raqiblaringizni, balki bizni ham kuchli hayajonda ushlab turdingizlar”.


Davlatimiz rahbari amaldagi Olimpiada chempioni Hindiston terma jamoasi bilan uchrashuvga alohida to‘xtaldi. Nodirbek Yoqubboyevning Nihal Saringa qarshi partiyasida vaziyat bir payt juda og‘irlashganini esladi.

– Lekin sen oxirigacha mardona kurashding. Nihoyatda topqirlik bilan qo‘llagan taktik yurishlaring vaziyatni butunlay o‘zgartirdi va jamoamizga hal qiluvchi g‘alabani olib keldi,

– dedi Prezidentimiz.

Hindiston ustidan g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston yakka peshqadamga aylandi. Keyin shaxmatchilarimiz Xitoy jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etib, jahon reytingi yetakchisi va olti karra Olimpiada chempioni bo‘lgan AQSh terma jamoasidan ham ustun keldi.

Prezidentimiz Nodirbek Abdusattorov butun musobaqani mag‘lubiyatsiz o‘tkazib, birinchi taxtada oltin medalni qo‘lga kiritganini e’tirof etdi. Uning amerikalik Fabiano Karuanaga qarshi murakkab endshpildagi g‘alabasi ham alohida esga olindi:
“Buning o‘zi alohida katta natija!”.


Do’stlaringizga ulashing
✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
✅ Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 You Tube
More from @my5tv
  1. Sep 30, 2026📆 30-sentyabr haftaning Chorshanba kuni uchun teledasturlar jadvali 📺 Sizni qiziqarli fi…
  2. Sep 29, 2026♟️ “Biznikidek shaxmatni sevadigan Prezident dunyoning hech qayerida yo‘q”, — Nodirbek Abd…
  3. Sep 29, 2026Jo‘rabek: “Orzu qilgan yolg‘izligim endi menga yoqmayapti” ✨“IZLARIM” ko‘rsatuvida Jo‘rabe…
  4. Sep 29, 2026😱 Aslida, bu yerdan seni haydashim kerak edi 🏡 “Hovli sirlari” milliy serial premyerasi.…
  5. Sep 29, 2026Madrimov: Ilm — boksdan qiyinroq ekan! 🟢 “Gapiring” tok-shousini 🗓 29-sentabr kuni soat…
  6. Sep 29, 2026🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida shaxmat…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →