⚡️Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Toshkent harbiy okrug fakultetida harbiy-kasbiy tayyorgarlik kurslarining navbatdagi bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mudofaa vazirligi tizimida yangi tashkil etilgan harbiy-kasbiy tayyorgarlik kurslari davomida tinglovchilar bo‘linmalarni boshqarish, jangovar tayyorgarlikni tashkil etish hamda mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamladilar.
Tadbir yakunida yakuniy sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan ofitserlarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. So‘zga chiqqanlar bitiruvchilarni erishilgan natijalar bilan muborakbod etib, ularga kelgusi xizmat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladilar.
Ta’kidlanganidek, bunday kurslar ofitserlarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy talablar asosida bo‘linmalarni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
➡️Universitet rasmiy sahifalari:
📱Telegram |📱Instagram |📱Facebook |🇺🇿 akad.uz |📱YouTube


