Buyuk ajdodlarning shonli izidan...
Ma'lumotlar olinayotganda manba ko'rsatilishi shart!
Murojaat uchun: @alifyav
Post #765
2.42K
Kitobni siz tanlaysizmi yoki kitob siznimi?
Kitob do'koniga kirdingiz. Oldingizda yuzlab kitoblar. Muqovalari o'ziga jalb qiluvchi, qiziqarli va chiroyli. Mualliflari taniqli. Tavsiflari ham "allambalo".
Tavsiya qiluvchilar esa juda ko'p.
Xo'sh, qaysi kitobni tanlash kerak?
Ko'pchilik ayni shu yerda xato qiladi.
Kimdir eng trenddagi kitob qaysi, deb. Yana kimdir, bestseller qaysi, deb qidiradi va hokazo.
Aslida esa bundan muhimroq savolni o'zingizga berishingiz kerak.
"Menga hozir qaysi kitob kerak"
Chunki dunyodagi eng trendagi yoki bestseller bo'lgan kitob ham sizga ayni damda kerakli narsani bermasa, to'g'ri tanlov bo'lmasligi mumkin.
Shuning uchun eng to'g'ri tanlov qilish uchun o'zingizga quyidagi 3 ta savolni bering:
1. Hozir hayotimda/ishimda men duch kelayotgan muammolardan qaysi biriga javob beradi?
2. Qaysi ko'nikmalarni rivojlantirishim kerak?
3. Bu kitobni o'qib bo'lgach, o'zimda qanday o'zgarishlar ko'rishni xohlayman?
Javobingizni aniqlashtirib olsangiz, kitob tanlash ham oson bo'ladi.
Yaxshi kitob - shunchaki qiziqarli kitob emas.
U sizga hozir kerak bo‘lgan fikr/yechimni kerakli paytda bera oladigan kitobdir.
Keyingi kitobingizni bestseller bo‘lgani uchun yoki muqovasi yoqqani uchun emas,
sizga kerak bo‘lgani uchun tanlang.
Qani aytingchi, siz hozir qaysi savolga javob topishingiz kerak ekan?
@mutolaa_zavqdir

- 🔥 7
- ❤ 4
- 👍 3
- ❤🔥 1
- 💯 1