TGViewer
Государственный музей искусств Каракалпакстана им. И.В.Савицкого Государственный музей искусств Каракалпакстана им. И.В.Савицкого @museumsavitsky · 1.01K subscribers
Post #9389 267
E’tibordan chetda qolmaydigan natyurmort

«O‘zbekiston: sahrodagi avangard» ko‘rgazmasidagi asarlar orasida tashrif buyuruvchilar e’tiborini doimo o‘ziga jalb etib kelayotgan asarlardan biri — Ilya Mashkovning 1910-yillarda yaratilgan «Natyurmort» asaridir.

Yorqin rangli mevalar, tarvuzning katta tilimi, qizil, yashil, sariq va binafsha ranglarning jo‘shqin uyg‘unligi — asarning har bir elementi energiya va mo‘l-ko‘llik tuyg‘usini aks ettiradi. Mashkov an’anaviy natyurmortga xos sokin va borliqni illyuzion tasvirlash usulidan ataylab voz kechadi: buyumlar yirik, deyarli monumental shakllarga aylanadi, rang esa mustaqil badiiy ifoda vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.

Rassom uchun mevalarni aniq va tabiiy tasvirlashdan ko‘ra, rang, shakl, faktura hamda rangtasvirning o‘ziga xos jo‘shqinligi muhim. Bu jihat Mashkov va «Bubnoviy valet» rassomlar guruhiga xos bo‘lgan Sezann ijodiy kashfiyotlariga va XX asr boshlaridagi rangtasvirning yangi badiiy tiliga bo‘lgan qiziqishda yaqqol namoyon bo‘ladi.

O‘zbekiston davlat san’at muzeyi kolleksiyasidan o‘rin olgan ushbu asar bugungi kunda Nukusda «O‘zbekiston: sahrodagi avangard» ko‘rgazmasi doirasida namoyish etilmoqda. U o‘zining jasorati, yorqinligi va hayratlanarli darajadagi zamonaviy ruhi bilan tomoshabinlarni hanuz lol qoldirmoqda.
  • 👍 6
  • 🥰 3
  • ❤‍🔥 2
  • 🔥 2
More from @museumsavitsky
  1. Oct 1, 2026Húrmetli muǵallimler hám ustazlar! Eń dáslep, siz ázizlerdi, tálim-tárbiya tarawınıń barlı…
  2. Sep 30, 2026#Cейчасmuseumsavitsky 🏛 Государственный музей искусств Каракалпакстана им. И.В. Савицкого…
  3. Sep 28, 2026Сегодня в музее То, что спас Игорь Савицкий - теперь доступно вам. Приходите в музей и вдо…
  4. Sep 26, 2026«Осенние мелодии» — музыкальный вечер к 60-летию музея 25 сентября перед зданием музея сос…
  5. Sep 26, 2026«Kuzgi navolar» — muzeyning 60 yilligiga bag‘ishlangan musiqiy kecha 25-sentabr kuni muzey…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →