«Kuzgi navolar» — muzeyning 60 yilligiga bag‘ishlangan musiqiy kecha
25-sentabr kuni muzey binosi oldida «Kuzgi navolar» nomli bayramona konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida mehmonlar uchun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrining simfonik orkestri ishtirokida musiqiy dastur namoyish etildi.
Ushbu bayramona kechada yangragan musiqa o‘ziga xos muhit yaratib, muzeyning 60 yillik tarixiga, uning san’at va madaniy merosni asrab-avaylash hamda ommalashtirishdagi munosib hissasiga bag‘ishlangan yubiley tadbirlarining ajralmas qismiga aylandi.
Post #9412
103





- 🔥 4
- ❤🔥 3
- 👏 2
- 🎉 1