TGViewer
Channel Public Channel
Musayev blogi

Musayev blogi

@musayev_blogi

Tengdoshlarim uchun foydali deb bilganlarim

— Professional, Ilmiy va Shaxsiy rivojlanish
— Maqsad va rejalar
— Vaqtni boshqarish
— Chet el hayoti

Sifatli kontentni qadrlaganlar uchun!

Takliflar @JanobMusayev
Co-founder of @eventgouz & @grantgouz
Subscribers
4.29K
Photos
278
Videos
130
Links
635
Recent Posts 18 shown
Post #1676 1.11K
MentorGO Bugun DAAD G‘oliblari Masterklasslar Seriyamizning so‘nggi suhbati! Yakuniy masterklassimizda Kompyuter lingvistikasi va Tilshunoslik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan, DAAD (2022) yarim finalisti va NSP (2022) g‘olibasi Mohiyaxon Uzoqova bilan suhbatlashamiz.…
Ingliz tili filologiyasida o'qigan talabalar Germaniya va DAADga hujjat topshirishda eng ko'p tanlaydigan potensial yo'nalishlaridan biri — bu tilshunoslik.

Tajribamda sezishimcha ko'pchilik bu ikki yo'nalishni bir xil deb tasavvur qiladi. Shu sababli bu masterklass davomida filologiya va tilshunoslik yo'nalishi o'xshash va farqli tomonlari haqida gaplashamiz. Va shundan kelib chiqib siz o'zingizdagi "Germaniyada tilshunoslik bo'yicha o'qishni davom ettira olamanmi?" degan savolga xulosa qilishingiz mumkin bo'ladi.

Masterklassda ko'rishguncha!

@Musayev_blogi
  • ❤‍🔥 11
  • ❤ 6
Post #1675 761

Forwarded from MentorGO

Bugun DAAD G‘oliblari Masterklasslar Seriyamizning so‘nggi suhbati!

Yakuniy masterklassimizda Kompyuter lingvistikasi va Tilshunoslik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan, DAAD (2022) yarim finalisti va NSP (2022) g‘olibasi Mohiyaxon Uzoqova bilan suhbatlashamiz.

Suhbat davomida:

— Kompyuter lingvistikasi aslida nima va bu yo‘nalishda nimalar o‘rganiladi
— Filologiya va Lingvistika yo'nalishlari o‘rtasidagi asosiy farqlar
— Tilshunoslikka qiziqqanlar uchun Kompyuter lingvistikasi qanday imkoniyatlar berishi
— Mohiyaxonning shu yo‘nalishdagi o‘qish va rivojlanish tajribasi
— Xalqaro ta’lim va grantlar uning akademik yo‘lida qanday o‘rin tutgani

🗓 28-sentabr, dushanba | 20:00
📍 Eksklyuziv Telegram kanalida
💰 Bepul ishtirok

🔔 Masterklassga qo'shiling va so'nggi darsni o'tkazib yubormang

👉 Masterklassga qo‘shilish

#magistratura #daad #kompyuterlingvistikasi #tilshunoslik #grant

MentorGO | GrantGO | EventGO
Post #1674 1.1K
♟🔥 O'zbekiston terma jamoasi Samarqandda o'tkazilayotgan butunjahon shaxmat olimpiadasi g'olibi.

Har bir doskadagi yigitlarimiz judayam kerakli g'alabalarni taqdim qilishdi. Butun jamoa ajoyib turnir o'tkazdi.

Hammasining ota-onasiga mingdan-ming rahmat.

👑 Endi navbat Javohirdan jahon chempionligiga

@Musayev_blogi
  • 🔥 43
  • ❤ 16
  • 👍 2
Post #1673 1.77K
Musayev blogi Qudratxo'ja Musayev o'zi kim? O'ylab qarasam oxirgi marta tanishuv postini yozganimga ham salkam 2 yil bo'libdi. 2 yil davomida hayotimda juda ko'p narsalar o'zgardi, hayotim atrofida ham. Shaxsiy blogim esa bu vaqt davomida ancha tinch bo'ldi. Yaqinda…
Loyihalar ishga tushibdiki, har qanday ishni avvaliga o'zim qilib ko'rganman: ma'lumot topish, ularni tarjima qilish, tartiblash, e'lon qilish, loyiha vebsaytini yasash, uning logotipi va dizaynlariga g'oyalar berish, jamoa yig'ish, ularni o'qitish, tarjima ishlarini tizimli yo'lga qo'yish, bizga murojaat qiladigan kuniga o'nlab odamlarga javob berish, loyihani startaplarga tayyorlash va yana boshqa parda ortidagi ishlar hammasini.

Orada xalqaro tashkilot moliyalashtirgan davlat akseleratsiya dasturidan $15,000 grant ham yutdik. Uni to'liq loyiha uchun 2 yil oldin ishlatib ham bo'lib, qo'shimchasiga cho'ntagimizdan ancha qo'shimcha xarajat ham qilib ulgurdik.

Hozirda albatta loyihalar ortida ajoyib kichik jamoa — Effort Team bor. GrantGOdagi kontent ishlari deyarli to'liq ular tomonidan yuritiladi. Ba'zi ishlarni ancha avtomatlashtirganmiz ham. Lekin MentorGOdagi ketayotgan ishlar, yangiliklar, saytdagi o'zgarishlar, tashkil qilinayotgan kurslar va masterklasslarni taxminan 80% qismi hali ham o'zimning qo'limdan o'tadi.

Oxirgi 3 oyda SI yordami bilan loyihalarda oxirgi 3 yildagidan kattaroq masshtabdagi o'zgarishlarni qildim:
— GrantGO loyihasini texnik tomondan to'liq qayta qurdim
— sayt dizaynlari va posterlarni ham to'liq yangilab ham chiqdim
— mentorlik kurslarini MentorGOga olib o'tdim va o'quvchilar oqimini endi to'liq shu yerdan boshqarish imkoniyati paydo bo'ldi
— GrantGO va MentorGO loyihalari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri bog'lanishlar o'rnatdim. Ma'lum grantlarga mos kurslar va mentorlarni ulab chiqdim
— yangicha turdagi masterklasslar g'oyasini ishlab chiqib uni ham texnik tomonlama yasab chiqdim
— jamoani kengaytirish va kerak joyida qayta qurish ishlarini boshladim
— va yil oxirigacha bulardan bir necha barobar kattaroq rejalarni tayyorlab qo'ydim )

Blogda yozishni o'ylagan, reja qilgan va yozishni xohlaganlarim juda ko'p. Faqat ayni damda oilam yonida bo'lish, Microsoftdagi ishimni sidqidildan bajarish, loyihalarda yangiliklar qilish va ularni yo'lga tushirib olish hamda o'g'lim bilan bog'da birga sayr qilish asosiy e'tibor markazimda bo'lib turibdi.


2019-yilda blogni Garvardda o'qiydigan John Fish ismli talabaning YouTube sahifasiga havas qilib boshlagandim. Uning videolari biriga shunday izoh yozib qoldirishgandi —
"Garvard uchun kelib, John Fish uchun qoldim".

Bu yerga DAAD sabab, NSP sabab, UGRAD sabab, Microsoft sabab yoki yana boshqa ko'plab sabablar bilan kelib qolgan bo'lishingiz mumkin. Ammo aynan Musayev blogi uchun qolishingizni xohlardim...
@Musayev_blogi
  • ⚡ 16
  • ❤‍🔥 10
  • ❤ 9
Post #1672 1.4K
Musayev blogi Tanishuv V5.0 Assalomu alaykum. Men Musayev Qudratxo'ja, asli Farg'onadanman. Hozirda Microsoft Dublin ofisida dasturiy muhandis bo'lib ishlayman. GrantGO, EventGO va MentorGO kabi loyihalar ham-asoschisiman. Onajonimni juda yaxshi ko'raman Yomon jihatlarim…
Qudratxo'ja Musayev o'zi kim?

O'ylab qarasam oxirgi marta tanishuv postini yozganimga ham salkam 2 yil bo'libdi. 2 yil davomida hayotimda juda ko'p narsalar o'zgardi, hayotim atrofida ham. Shaxsiy blogim esa bu vaqt davomida ancha tinch bo'ldi.

Yaqinda ukamdek bo'lgan Ibrohimjon blogida "Insonni faqatgina yutuqlar va faktlar kimligini belgilamaydi" mazmunida post yozgandi. Rostdan ham o'ylab qarasam, ichkaridan qanday odam ekanim yoki boshqacha aytganda parda orti haqida hech gapirmagan ekanman.

Qisqa qilib aytganda, men Qudratxo'ja Musayev hozirda Microsoft Irlandiya ofisida dasturchi, 2016-yilda o'qishga kirganidan beri avval 6 yil Toshkentda, keyin 4 yil Irlandiyada Onasi, Otasi, Aka-Opalaridan uzoqda o'qib-yashayotgan musofir o'g'ilman.

Allohga shukurki, 2 yildan beri o'z qo'rg'oniga ega turmush o'rtoq va ko'rganda ko'z quvnaydigan 7 oylik o'g'iliga munosib bo'lishga intilayotgan ota bo'lish baxti ham nasib qildi.

Yoshligimdan ichimdagi kichik odamcha "Sen oddiy odam emassman. Sen oddiy odam bo'lib qolib ketmasliging kerak" deb aytib keladi. Hayotda eng qo'rqadigan narsam ham balki ertaga "Nima uchun aslida senga atalgan umrni to'laqonli yashamading? Nima uchun to'liq salohiyatingni kashf qilish uchun yetarlicha harakat qilmading?" degan savolga javob bera olmay qolish.

Chunki shu menga berilgan imkoniyatlarda yonimdagilar – oilam, farzandlarim, qarindosh-urug'im, do'stlarim va umuman men bilmagan odamlarning haqi bo'lishi mumkin. Unda yaratganning mendagi haqi bor. Ularni zoye ketkazish esa ana shu haqqa, umrimga nisbatan qilingan eng katta xiyonat deb bilaman.

Shu sababdan ham o'qish va ishdan tashqari doim o'zim uchun mazmunli qo'shimcha nimadirlar bilan band bo'lishga harakat qilib kelaman
— 7 yildan beri shaxsiy blogimni yuritaman
— 5 yildan beri chetda o'qish nomi ostida uka-singillarimga hayotda o'z o'rnini topish bo'yicha mentorlik qilaman
— 5 yildan beri EventGO, GrantGO va MentorGO loyihalarini yuritib kelaman
— Ingliz tilidan so'z boyligi bo'yicha Pocket Vocabulary degan kitob ham yozganman

Avvallari blogimga juda ko'p yozar edim. Oldiniga #UGRAD granti, keyinchalik umuman chetda o'qish va grantlar mavzusi mashhur bo'lib ketishida mana shu blog va yozganlarim oz bo'lsa ham sababchi bo'lgan deb o'ylayman. Yillar davomida blog, men va grantlar sayohatim qanday o'zgarib borganimni bilmoqchi bo'lsangizlar tanishuv v1.0, v2.0, v3.0 va v5.0 postlarini o'qib chiqishingiz mumkin. Hammasi pin qilib qo'yilgan.

Bundan 5 yil avval birinchi marta "Motivatsion xat yozish" kursini ochganimda bu mavzuda kurslar deyarli yo'q edi. Odamlar menga qayta-qayta "Motivatsion xat yozib berasizmi?", "Hujjatlarimni topshirib berasizmi?" deb kelishardi. Keyingi qator yillar davomida bu narsa davom etaverdi deyish mumkin. Tayyor narsa va qo'shimchasiga 100% lik natija kutadiganlarga maqsadim aslida bilim berish ekani, mentorlik o'zi nima ekanini tushuntirishga 3 yildan ortiq vaqt ketdi.

Boshqa tomondan shu vaqt davomida GrantGO loyihasini ishga tushiribmizki, bizni agentlik deb o'ylab yozadiganlar son-sanoqsiz bo'ldi. Maqsadimiz odamlarga chetda o'qish imkoniyatlari qanchalik ko'p ekani va ulardan ozgina mustaqil harakat talab qilinishini ko'rsatish edi. Lekin bizga kelavergan son-sanoqsiz "Qanday topshiriladi?", "Nimadan boshlanadi?", "Yordam bera olasizlarmi?" degan savollardan keyin boshqa yana nimadir kerak ekanini tushundim.

2024-yil oxiriga kelib esa ana shular natijasida MentorGO loyihasini boshladim. Loyiha ishga tushgandan beri ko'pchilik uni juda ijobiy qarshi olgan bo'lsada, yangi qurgan oilam va ishimni yo'lga qo'yib olish sababli faqatgina shu yildan boshlab o'zim o'ylagan darajaga olib chiqishga astoydil kirishishni boshladim.

GrantGO va MentorGO loyihalari asoschisi ekani haqida aytsam kimlardir hamma ishni o'zi qiladi deb tasavvur qiladi. Kimlardir esa loyihalar davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va orqasida katta jamoa bor deb o'ylaydi. Aslini olganda ikkalasini ham to'g'ri deb bo'lmaydi, lekin boshqa tomondan ikkalasi ham noto'g'ri emas )

Davomi bor...


#tanishuv

@Musayev_blogi
  • ❤ 13
  • 🏆 4
  • ❤‍🔥 3
  • 👍 2
Post #1671 1.19K

Forwarded from MentorGO

🇩🇪 Germaniyaning eng nufuzli granti — DAAD g'oliblari masterklasslari

🔥 MentorGOda DAAD granti bo'yicha eng keng mashtabdagi masterklasslar seriyasi. DAAD granti 11 nafar g'olibi 6 kun davomida 6 xil soha: iqtisod, tibbiyot, ta'lim, IT, huquq va tilshunoslik yo'nalishlarida g'oliblik tajribalarini ulashishadi.

🎓 Mentorlarimiz masterklasslar davomida yuqoridagi yo'nalishlarda o'zlarining akademik yutuqlari, DAADga tayyorgarlik tajribasi va aynan qaysi jihatlari ularga g'oliblikda bo'lishda yordam bergani haqida maslahatlar berishadi.

📃 Masterklasslar amaliy qismida esa ular o'zlarining CVlarini tahlil qilib Germaniyada shu yo'nalishda qanday universitetlar borligini ko'rsatib beradilar.

Masterklasslar jadvali
📈 Iqtisod va Moliya yo'nalishida — Timur Akmalov va Ismoil Karimov; 23-sentabr 21:30
🩺 Farmasevtika va Sog'liqni saqlash yo'nalishida — Azizaxon Yusupova va Barno Kamilova; 24-sentabr 21:00
👩‍🏫 Ta'lim boshqaruvi yo'nalishida — Sevara Khamdamova; 25-sentabr 20:00
💻 IT va Kompyuter ilmi yo'nalishida — Mavlyudabegim Mexrilloyeva va Ozodaxon Shahobiddinova; 26-sentabr 21:00
⚖️ Xalqaro huquq yo'nalishida — Mahmudxo'ja Mirzayev va Quvonchbek Otabekov; 27-sentabr 20:30
🗣 Kompyuter Lingvistikasi yo'nalishida — Mohiyaxon Uzoqova; 28-sentabr 20:00

🗓 23.09-28.09.2026
📍 Online
💰 Bepul ishtirok mavjud

👉 Masterklassga qo'shilish

#magistratura #daad #toliq_talim

💼 MentorGO | GrantGO | EventGO
  • ❤‍🔥 6
  • 👍 5
  • 🔥 2
Post #1669 3.42K
6 oyli bolaga o'yinchog'ini bersangiz va u teskari qarab ketsa, demak u hayolida "Bu narsani yeb ko'rib bo'lganman" deb o'ylayotgan bo'ladi. Unga yeb ko'rish uchun doimiy yangi narsa topib berib turishingiz kerak.

#fatherhood_life

@Musayev_blogi
  • 😁 73
  • ❤ 7
  • 🤣 2
Post #1668 3.6K
DAAD grantiga topshirish uchun 1 oy tayyorgarlik yetarlimi?

DAAD grantiga qiziqish bildirayotgan ko'pchilikdan "Hozirda X narsa bilan bandman. Harakatni oktabr oyidan boshlasam ham tayyorlanib ulguramanmi?" degan savollarni eshitib qolaman. Texnik tomondan olib qaraganda bir oy yetarli bo'lishi mumkin. Lekin men bu narsani bir necha sababga ko'ra tavsiya qilmayman.

1. Germaniyada o'zingizga mos universitet topish oson jarayon emas. Germaniya universitetlari magistraturada o'qish uchun yo'nalish mos kelishini, aniq fanlardan minimum kreditlarni va ma'lum darajada til sertifikati (ingliz tili B2 yoki nemis tili C1) so'raydi. Shu sababdan o'zingizga mos, talablariga javob beradigan va aynan o'zingiz xohlagan yo'nalishdagi universitet va yo'nalishni qidirish va topishga odatda 3-4 hafta vaqt ketib qolishi mumkin. Agar ishni Oktabrdan boshlasangiz, unda tanlov qilish va hujjat tayyorlash o'rtasida qolib ketasiz.

2. Ikkilamchi hujjatlarni tayyorlashga ham 2-3 hafta vaqt ketishi mumkin. Masalan, CV, diplom va baholar tarjimalari, tavsiyanomalarni yaxshilab tayyorlash uchun odatda 1 oy vaqt ketadi. Bularni tayyorlashda odatda universitet yoki tavsiyanoma beruvchi bilan gaplashish va ulardan imzo olish kerakligini hisobga olsak, bu ham qo'shimcha vaqt va stress talab qiladigan jarayon. Agar tavsiyanoma beradigan o'qituvchingizni Oktabr oyida topa olmay qolsangiz yoki boshqa sabablarga ko'ra hujjatlaringiz kechiksa, shuncha qilgan harakatlaringiz zoe ketib qolishi mumkin.

3. Asosiy hujjatlarni tayyorlash o'zi 3-4 hafta talab qiladigan jarayon. Ko'pchilik o'quvchilar harakatni kech boshlashi natijasida yuqoridagi hujjatlarni qilishga asosiy vaqtini sarflab yuboradi. Ularni qilib ulgurgan taqdiringizda ham sizda yakuniy motivatsion xatni yozish va qayta ishlash uchun 3-4 kun vaqt qolishi mumkin. Motivatsion xat esa sizdagi asosiy hujjatlardan biri hisoblanadi. Birinchi marta yozayotgan odam uchun uning ustida 2-3 hafta ishlash va kamida 4-5 ta versiya qilib yaxshilab chiqish tavsiya qilinadi.

4. Oktabrda hujjatlaringizni tekshirtirishga tajribali mentor topolmay qolishingiz mumkin. Ko'pchilik hujjatlari tayyor bo'lgandan keyin uni avval ishonchli mentor bilan tekshirtirib olishni xohlaydi. Ammo oktabr oyiga kelib bunday mentorlar jadvali to'lib ketgan bo'lishi mumkin. Shu sababdan sizda hujjatlarni tekshirtirmasdan yoki AI orqali tekshirtirib topshirish yo'li qoladi. Albatta, hozirgi kunda DAAD g'oliblari ko'p lekin ularning hammasi ham professional tarzda mentorlik qilmasligi yoki aynan mentorlik bo'yicha yetarli tajribaga ega bo'lmasligi mumkin.

5. Mentorlik kursiga qo'shilsangiz, darslarni ko'rib chiqishga vaqtingiz yetmaydi. Oktabr oyida mentorlik kursiga qo'shilsangiz ham sizda vaqt kamligi sababli u yerdagi darslarni vaqtida ko'rib chiqishga vaqtingiz yetmaydi va asosiy e'tiborni hujjatlarni tayyorlashga qaratasiz. Darslarni ko'rib chiqmagangiz sababli bu ishni o'zingiz bilgandek yoki AI orqali tezda qilib yuborasiz. Natijada kursga qo'shilganingizdan yetarli foyda olmaysiz. Agar yakunda natija ko'ngildagidek bo'lmasa "Kurs foyda bermadi" deb xafa bo'lishingiz ham mumkin

Tavsiya
Harakatni eng kamida 2 oy oldin, sentabr oylaridan kechiktirmay boshlang. Agar hozirda boshqa ish bilan band bo'lsangiz ham kamida ular bilan parallel tarzda universitetlarni tanlash, diplom, baholar tarjimasi, CV va universitet tanlovi hujjatlarini tayyorlab turish bilan shug'ullaning. Agar kursga qo'shilgan bo'lsangiz, darslarni ovozli holda quloqchinda bo'lsa ham eshitib yuring. Shunda sizda tavsiyanoma va motivatsion xat kabi muhim hujjatlarni tayyorlashga ham kamida bir oy vaqtingiz qoladi.

P.S: Post to'liq qo'lda, AI yordamisiz yozildi. Yozilish uslubi o'xshab qolgan bo'lsa ham 🙂

#DAAD #faq #tavsiya

@Musayev_blogi
  • 👍 21
  • ❤ 12
  • 👌 2
Post #1667 6.39K
MentorGO va GrantGO loyihalarida birga ishlash uchun shogirdlik e'loni

Ancha uzoq tanaffusdan keyin "Effort Team" jamoasini kengaytirish va loyihalardagi jarayonlarni jiddiy tarzda tezlashtirish maqsadida MentorGO loyihasiga mentorlar va mentorlik kurslari menejer-kordinatorligiga shogird izlayapman.

Oldindan ogohlantiraman — bu vaqtinchalik volontyorlik yoki CVga qo'shib qo'yish uchun chiroyli ko'rinadigan amaliyot dasturi emas, kelajakdagi rejalari shu sohada bo'lgan, ishga jiddiy va mustaqil yondosha oladiganlar uchun biz bilan yonma-yon ishlash imkoniyati.

Aynan kimni izlayapman
— Loyihadagi vazifalarga talabalik vaqtidagi bir martalik kurs ishidek emas, loyiha uchun uzoq mudatli ahamiyatga ega qadamlardek qaray oladigan
— Mas’uliyatli, barqaror ishlaydigan va ishni oxirigacha olib bora oladigan
— GrantGO va MentorGO loyihalarini kuzatib kelayotgan, u yerdagi bo'layotgan ishlardan qisman xabardor va o'zi ham shu sohaga aloqador va qandaydir shaxsiy (blog, mentorlik, kurslar) yoki professional loyihalarda qatnashgan
— Loyihalardagi ayni paytdagi holat, asosiy prioritetlar va muammolarni minimal tushuntirish bilan mustaqil tahlil qilib ular atrofida reja tuzish va shu rejani amalga oshirishga qodir, menejerlik salohiyatiga ega
— AI va boshqa zamonaviy texnologik vositalardan faqat savol-javob uchun emas, balki brainstorming, rejalashtirish va samaradorlikni oshirish uchun foydalana oladigan va u yerda balansni ushlay oladigan
— O'z fikrlarini yozma va og'zaki ravon yetkaza oladigan, o'zbek tilida bexato yoza oladigan. Kopirayting yoki toza blog yuritish bo'yicha tajribaga ega
— Turli g'oya, tushuncha va ish jarayonlarini boshqalarga taqdimot qilib tushuntirib bera oladigan
— Yangi texnologiyalar, CRM va admin panellarida ishlab ko'rgan yoki ularni tez o'rganib keta oladigan
— Yuqoridagilar bo'yicha rasmiy tajriba shart emas. Umuman rasmiy tajriba talab qilinmaydi. Faqatgina shunday nomzod ekaningizni saralashda ko'rsatib bera olsangiz bo'ldi

Asosiy vazifalar
— Loyiha uchun mentorlarni topish, saralash, ular bilan muloqot olib borish va MentorGO loyihasiga jalb qilish. Ularni to'liq jarayon davomida qo'llab-quvvatlashga tayyor bo'lish
— Mentorlarga loyiha g'oyasi, missiyasi va mentorlar uchun nima bera olishi hamda shartlarini yetkaza olish
— Platformadan foydalanish bo'yicha taqdimot, yo‘riqnoma, tutorial va boshqa materiallarni tayyorlash
— Profil, xizmat va kurslarni platformaga joylashtirishda mentorlarga yordam berish
— Yaqinlashayotgan grantlarni tahlil qilib tashkil qilinishi mumkin bo'lgan mentorlik kurslari rejasini tayyorlash
— Mentorlar bilan ovozli chatlar, masterklasslar tashkil qilish va kurs tashkiliy ishlarida yordamlashish
— Mentorlarning savollariga javob berish, texnik muammolarini hal qilish va platformadan qoniqishini kuzatib borish
— Ushbu yo‘nalishni yaxshilash bo‘yicha yangi tashabbuslar taklif qilish

Boshlanishiga nimalar taklif qila olaman
Dastlabki 2–3 oy davomida:
— Haftasiga o‘rtacha 12–15 soat oladigan masofaviy va moslashuvchan jadvalli ish
— Shaxsan o'zim bilan haftasiga taxminan 2 soatlik loyihadagi vazifalar bo'yicha professional mentorlik
— Grantlar, xorijda ta’lim, jamoa boshqaruvi, startup va texnologiyalar bo‘yicha tajribamni bo‘lishish
— O'zim tashkil qilgan mentorlik kurslaridan to'liq bepul foydalana olish va bu bo'yicha mendan maslahatlar olish imkoniyati
— Oz bo'lsada, shaxsiy xarajarlarni qoplashga yetadigan stabil oylik va qo'shimchasiga natijalarga qarab bonuslar
— Bevosita boshqarilgan kurs va masterklasslardan MentorGO oladigan sof daromadning 10% miqdorida bonus
— Natijaga qarab yangi yildan vazifalar va maosh oshirilish imkoniyati

Agar yuqoridagilar sizga mos va qiziq tuyilgan bo'lsa, albatta ro'yxatdan o'ting yoki mos deb bilgan odamingizga yuboring qo'ying

▶️ https://forms.gle/FUbFQ5pps8f7p9hW7

#vakansiya #EffortTeam #MentorGO #GrantGO

@Musayev_blogi
  • 🔥 14
  • ❤ 6
  • 👍 4
  • 😢 1
Post #1666 2.16K
Chetda o'qish va umuman o'qish haqida gap ketganda yoshlar beradigan savollar katta qismi til sertifikati haqida aylanmasdan chinakamiga grant yoki universitet muhim talablari va mezonlari haqida bo'ladigan paytlarni ko'rishni xohlayman.

Til sertifikati va umuman sertifikat va qog'ozlarga qandaydir ilohiy maqsad yoki hayotdagi muvaffaqiyat kalitidek qaraladigan davrdan shunchaki bor bilimlarini ko'rsatadigan rasmiyatchilikdek qaraladigan zamonlarni.

#til_sertifikatlari #IELTS #qogoz

@Musayev_blogi
  • 👍 14
  • ❤ 4
  • 💯 4
  • ❤‍🔥 3
  • 🏆 2
Post #1664 3.02K
MentorGO 📣 Siz kutgan DAAD Mentorlik Kursi 2027 mavsumi 🇩🇪 Germaniyaning eng nufuzli DAAD grantida g'olib bo'lishga astoydil harakat qilayotgan qadrli nomzodlar, biz bu yo'lda sizga yordam berish yetib kelmoqdamiz. Bittagina emas, 9 ta tajribali mentordan iborat jamoa.…
Imkon faqat harakat qilganlarda bor

Har yili menga kamida 10 tacha odam shu kabi savollar bilan murojaat qiladi.
— Harakat qilib ko'rsam bo'ladimi?
— G'oliblik ehtimoli bormi o'zi menda?
— Kursingizga mendagi profil bilan qabul qilasizmi?...


5 yildan beri turli darajada mentorlik qilib kelayotgan bo'lsam, shu vaqtgacha asosiy amal qilib kelayotgan qoidam bor kuchim bilan o'qitish, ammo kimningdir o'rniga nimadir qilib bermaslik. Ammo bundan tashqari yana bir qoidaga doim amal qilishga harakat qilaman:

Kimdir grantga munosib yoki yo'qligini, g'oliblik ehtimoli bor yoki yo'qligini, kursimda qatnashishga portfoliosi arziydimi yo'qmi degan narsalarni men hal qilmayman. Bir narsaga ishonaman va doim aytaman — imkon faqat harakat qilib ko'rganlardagina bor. Harakat qilib ko'rmasangizgina sizda o'xshamaslik ehtimoli 100% ekanini bemalol ayta olaman.


Shu sababdan ham oldindan va'da bermayman va kurs uchun saralab qabul qilmayman. Kurs o'quvchilari soni 50 dan oshib, dedlaynga sanoqli haftalar qolgan bo'lsa ham kursga ana vaqtim cheklangan bo'lishi mumkinligi haqida aniq ogohlantirib va buyog'iga ancha intensivroq harakat qilish kerakligi haqida aniq ogohlantirib qabul qilaveraman.

Balki 20 ta odamni portfoliosi bo'yicha saralab, kursimni "eksklyuziv" tarzda e'lon qilib top nomzodlar bilan ishlash balki ham osonroq, ham yakundagi natijaga yaxshiroq ta'sir qilishi mumkin edi. Lekin bu bilan qaysidir ma'noda kimningdir taqdiri haqida qaror chiqarayotgandek tuyulaman o'zimga.

Bundan tashqari top nomzodlar bilan ishlab, ularni g'olib bo'lishida yordam berib yuraversam unda "Natijalar rostdan ham men yaxshi mentor bo'lganimdanmi yoki ularda oldindan bor portfolio sabablimi?" degan savolga aniq javob bera olmayman o'zim uchun. Yakunda natija foizi yuqori bo'lgandan ko'ra darslarimdan qatnashishdan oldin "Bu grantni umuman yuta olmasam kerak" o'ydagi o'quvchilar yakunda o'zlariga bo'lgan ishonchi qanchalik oshib, "Aslida bu kabi grantlar oldimdagi maqsadlarimdan ancha kichik ekanku" degan xulosa bilan ketishlari men uchun ancha yaxshiroq natija hisoblanadi.

Postdan asosiy aytmoqchi bo'lgan gapim — eng asosiysi boshlang, harakat qilib ko'ring, mening kursimda o'qimasangiz ham, yakunda natija siz xohlagandek bo'lmasa ham muhimi urinib ko'rish, qayta-qayta urinib ko'rish. Shundagina sizda orzularingizga va ulardan ham ko'prog'iga erishishga imkoniyat bo'ladi. Siz o'ylagandan ko'ra ancha kattaroq imkoniyatingiz bo'ladi!

#xulosalar #grantlar

@Musayev_blogi
  • 🔥 16
  • 👍 8
  • ❤ 4
  • ❤‍🔥 2
  • 🏆 2
  • 🫡 2
Post #1661 2.67K
Birinchi shaxmat taxtam

Oxirgi 90 kundagi shaxmatdagi erishgan o'sishim sababli o'zimga-o'zim mana shunday ajoyib ko'rinishdagi shaxmat taxtasini sovg'a qildim 🙂

#chess_life

@Musayev_blogi
  • 🔥 28
  • ❤ 8
  • 👍 7
Post #1660 3K
Bek Olimjon Uzbda velosport bilan shug'ullanayotganlar orasida kaska (dubulg'a) kiymaydiganlar ancha ko'p ekan.
O'zbekistonda velosport bilan shug'ullanadiganlar o'zi kam. Kundalik velosipedchilar ham avtomobil soniga nisbatan juda-juda kam.

O'zi shundoq ham velosiped yo'llari kam. Tez-tez avtomobil yo'lidan harakatlanish to'g'ri keladi. Lekin shunda ham hech kimda na bosh himoyasi bor, na kechki vaqt nur qaytaradigan kiyim.

Yo'llardagi avto-terroristlarku bir yoqda tursin, odamlarimiz o'z hayoti uchun yetarlicha qayg'urmaydigandek tuyiladi. Boshqacha qilib aytganda yo'llarda yurganda biz haddan tashqari optimistmiz.

Hayotimiz biz o'ylagandan ancha zaif. Uni ehtiyot qilish kerak.

@Musayev_blogi
  • ❤ 17
  • 👍 6
  • ✍ 3
Post #1659 2.88K
Musayev blogi 2023 oxirgi choragi uchun asosiy reja - 2021-yilgi shaxsiy rekordlarni yangilab, eng yuqori darajaga chiqish Rasmda ToDoist ilovasi, 2019-yil blogni ochishimdan biroz oldin ishlatishni boshlaganman. Enlightenedga chiqish 5 yil vaqt oldi ) #time_management…
Tartibsizlik ichida qolib ketish oson

Bugun ToDoist ilovasini ochib uni 109 kundan beri ishlatmaganimni sezib qoldim. Solishtirish uchun eng uzun muvaffaqiyatli tugatilgan kunlar ketma-ketligim 65 kundan iborat. Aynan yuqoridagi post yozilgan 2023-yil oxirlariga to'g'ri keladi.

Albatta, 109 kunlik uzilish birdaniga kelib qolmadi. Undan oldin ham ko'plab qisqaroq uzilishlar bo'ldi. Oila qurganimdan beri o'zi qat'iy rejimni ushlash ancha qiyin bo'layotganini tan olish kerak. Farzandli bo'lgandan keyinku umuman kun tartibingizni "kichik xo'jayin" belgilab berar ekan :)

Yuqoridagi davr uchun faqat shukur qilishim kerakligi va uzilishlar kerak bo'lganini ham tushunaman. Bu vaqt ichida men o'zimdan ham ko'ra oilamga ko'proq kerak edim.

O'zim uchun asosiy xulosa qilganim esa — tartibni yo'qotib qo'yish va bu jarayon qanchalik uzoq vaqtdan beri davom etayotganini sezmaslik osonligi ekani bo'lyapti.

Blogda vaqtni boshqarish haqida ko'p yozganman. Time managementda momentumni ushlash uchun juda ko'p qoidalar va usullar mavjud.

Lekin rejalashtirish va tartibga o'rganmoqchi bo'lgan odamlarga aytadigan asosiy tavsiyam bor:

Eng asosiy o'rganish kerak bo'lgan jihat yiqilmaslik, biror kunni o'tkazib yubormaslik emas — yiqilgandan keyin tezda oyoqqa turib yo'lda davom etish. Aks holda, qanchalik uzoq quyida qolib ketganingizni o'zingiz ham sezmay qolasiz.


#time_management #self_note

@Musayev_blogi
  • ❤ 22
  • 👍 8
  • 🔥 3
Post #1655 3.2K
Bolalik unutilmas xotiralari

Yoshligimdan galaktiko vaqtidan beri "Real Madrid", hali "Manchester"dalik paytidaligidayoq CR7 muxlisi bo'lganman.

O'tkir burchakdan jarima zarbasini golga aylantirganini ko'rib turgan 7-8 yoshli bola qanday qilib muxlis bo'lib qolganini o'zi ham sezmagan.

Messini esa 2009-yil "Oltin to'p"ni qo'lga kiritmaguncha deyarli tanimasdim. Ashaddiy Ronaldo muxlisiga aylanib ulgurgan bolakay uchun o'sha vaqt Messini "yomon ko'rib qolish" nuqtasi bo'lgan.

Ronaldo "Real"ga o'tishi esa bu olovni yanada alanga oldirdi. Boshqa tomondan uyda Akam qaysidir nuqtada Messi muxlisiga aylangan edi.

Keyingi 3 yil men uchun oson kechmadi. Messi qayta-qayta "Oltin to'p" yutishini har safar Ronaldo o'rnida o'tirgandek kuzatdim. "Barcelona" "Real"ni yer bilan bitta qilib, yanchib tashlagan o'yindan keyin, Messi Chempionlar Ligasida butun "Real" himoyasini aldab o'tib gol urgandan keyin yig'lagudek bo'lib, qachondir biz ham ana shunday dominantlik qilishimizga ishonib uxlab qolganman.

Oradan vaqt o'tib, ana shunday davr ham keldi. Universitetda o'qib yurgan vaqtim 2017-yil "Real Madrid" 2 marta ketma-ket ChLni yutganda "Barcelona"ni 10 kishi bo'lib ham
yuta olishimizga ishonardim (shunday bo'lgan ham).

Ulg'aygan sarim esa Messi o'yinlarini qiziqish bilan kuzata boshladim. Unga nisbatan hurmat paydo bo'ldi. 2014-yildagi finalda yutqazganda ham yetakchilik ruhiyati yetishmaganiga achindim.

2022-yili finalda esa chinakamiga muxlislik qildim. Ronaldo muxlisi sifatida Ronaldo va Messi erasi jahon chempionligi bilan tugashi kerak edi. Tarixdagi eng qiziqarli bo'lgan finalda Messi avlodlar qarama-qarshiligida g'olib ham bo'ldi.

Bugun ham Ronaldo muxlisi sifatida Argentina va Messi 3-avlod qarama-qarshiligida g'olib bo'lishini xohlab o'tiribman. Aslida ikkala afsona ham isbotlashi shart bo'lgan narsa qolmagan bo'lsa ham.

Akam ikkimiz uchun bolalikning unutilmas xotiralarini taqdim qilgan era eng cho'qqida yakunlanishini xohlayman. Ayniqsa, men 3 karra boydada, Akam esa kichik malika otasiga aylangan ushbu ajoyib kunda )
Qachondir bu gapni aytishimga ishonmasdim.

Olg'a Messi!

@Musayev_blogi
  • ❤ 25
  • 🔥 7
  • ❤‍🔥 4
  • 👍 4
  • 👎 2
Post #1654 2.27K
Musayev blogi MentorGO qaytmoqda... Oxirgi 3 oyda bosh vaqtim bo'ldi deguncha asosiy e'tibor qaratayotgan ishim — bu loyihalarimizga yangi qon olib kirish, ular aslida boshidan qanday bo'lishini orzu qilgan bo'lsak shunday darajaga olib chiqish bo'lyapti. Aynan shu sababga…
DAAD mentorlik kursi haqida sun'iy intellekt fikri

DAAD mentorlik kursi uchun ma'lumotlar sahifasini ishlab chiqayotgan paytimda ChatGPT bilan ularni qanday yetkazish haqida maslahat qilib o'tirgandim.

Kursdan so'ng talabalar nimalarga ega bo'lishi haqida aytib berganimdan keyin kurs quyidagi fikrni aytib o'tib ketdi.

Kurs orqali nimaga erishishingizni xohlashimni yaxshi tasvirlab bera oldi menimcha.

#DAAD #mentorship #review

@Musayev_blogi
  • ❤ 12
  • 🏆 3
  • 👍 1
Post #1652 2.6K

Forwarded from MentorGO

📣 Siz kutgan DAAD Mentorlik Kursi 2027 mavsumi

🇩🇪 Germaniyaning eng nufuzli DAAD grantida g'olib bo'lishga astoydil harakat qilayotgan qadrli nomzodlar, biz bu yo'lda sizga yordam berish yetib kelmoqdamiz. Bittagina emas, 9 ta tajribali mentordan iborat jamoa.

Kurs davomida
➡️ 10 bo'limdan iborat video-darslar
➡️ Har haftalik jonli savol-javob sessiyalar
➡️ Portfolio va karyera rejangiz tahlili
➡️ Hujjatlar bo'yicha mentor maslahati
➡️ Hamda ularni batafsil tekshirib berish
➡️ Mentorlar bilan 10 soatgacha individual sessiyalar

🎓 Mentorlar yo'nalishi
➡️ Iqtisod va Moliya
➡️ Axborot tizimlari va kompyuter ilmi
➡️ Huquq
➡️ Sog'likni saqlash & Farmasevtika
➡️ Ta'lim boshqaruvi

Biz hozirgacha
✅ 300+ talabani o'qitdik
✅ 50 ga yaqin g'oliblikka ko'mak berdik
✅ 3000 yaqin talaba yig'ilgan bepul hamjamiyat tuzdik
✅ 10 dan ortiq bepul chatlar o'tkazdik
✅ Har bir o'quvchiga kelajagiga boshqa nigoh bilan qarashga ko'maklashdik

Biz kursimiz orqali sizga g'oliblik va'dasini bermaymiz. Ammo bu yo'lni yolg'iz bosib o'tmasligingiz uchun bor tajribamiz va kuchimiz bilan yordam beramiz.


🫴 Kursga ro'yxatdan o'tish

#DAAD #magistratura #mentorlik_kursi

💼 MentorGO | GrantGO
  • ❤ 7
  • ⚡ 5
  • 🤝 5
  • 🏆 3
  • 👍 1
Older posts →

About this channel

How can I read @musayev_blogi without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Musayev blogi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Musayev blogi have?
Musayev blogi (@musayev_blogi) has 4.29K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Musayev blogi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →