TGViewer
murodalidev /> murodalidev /> @murodalidev · 800 subscribers
Post #635 1.24K
Hech Qachon Kredit Karta Ma’lumotlarini Saqlamang.

Agar siz PCI-DSS xavfsizlik standartlari (https://pcisecuritystandards.org) haqida chuqur bilimga ega bo‘lmasangiz va PCI muvofiqligini (compliance) tasdiqlash uchun yetarli vaqt, resurs va mablag‘ga ega bo‘lmasangiz, unda kredit karta ma’lumotlarini saqlash katta xavf tug‘diradi va bundan voz kechish kerak.

Buning o‘rniga PayPal, Click, Payme, UzumPay kabi uchinchi tomon to‘lov xizmatlaridan foydalanishni tavsiya qilamiz. Bu xizmatlar kredit karta ma’lumotlarini xavfsiz tarzda o‘zlari saqlaydi va sizga maxsus tokenlar orqali ularga murojaat qilish imkonini beradi.

Bu xizmatlarning deyarli barchasida yaxshi hujjatlar, Python va Django bilan integratsiya qilish bo‘yicha qo‘llanmalar mavjud. Ularni loyihangizga qo‘shishga ajratilgan vaqt albatta o‘zini oqlaydi.

PCI Muvofiqligi Haqida O‘qing:
Ken Cochrane tomonidan yozilgan ajoyib blogpost mavjud:
"A Developer’s Guide to PCI Compliant Web Applications"
Havola: kencochrane.net/blog/2012/01/developers-guide-to-pci-compliant-web-applications

E-commerce Dastur Kodlarini Tahlil Qiling:
Agar siz Django asosidagi open source e-commerce yechimlaridan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, uning to‘lov tizimi qanday ishlashini tekshirib chiqing.
Agar siz foydalanayotgan echim kredit karta ma’lumotlarini (hatto shifrlangan bo‘lsa ham) o‘z bazasida saqlayotgan bo‘lsa, undan voz kechib, boshqa yechim qidirganingiz ma’qul.

pov: Kredit karta ma’lumotlarini o‘zingiz saqlash katta mas’uliyat va xavf bilan bog‘liq. Bu boradagi talablar qattiq va talabchan. Shu bois xavfsizlikni ishonchli uchinchi tomon xizmatlariga topshiring.

@murodalidev ✅
PCI Security Standards Council Official PCI Security Standards Council Site A global forum that brings together payments industry stakeholders to develop and drive adoption of data security standards and resources for safe payments.
  • 🤝 5
  • 🔥 4
  • ❤ 1
  • ⚡ 1
More from @murodalidev
  1. Jul 10, 2026Ma'lumotlar bilan ishlaganda eng katta muammo - tartibsizlik. Xom, tozalanmagan ma'lumotda…
  2. Jun 19, 2026Every challenge, every adversity, contains within it the seeds of opportunity and growth
  3. Feb 9, 2026ChatGPT: Create a caricature of me and my job based on everything you know about me. @muro…
  4. Dec 23, 2025Dasturchilar katta loyihalarni qilib boshlashganlarida bir qancha qiyinchiliklarda duch ke…
  5. Dec 18, 2025Hammaga salom👋 Odatda tez-tez so‘rovnoma yubormayman. Hozir AsyncIO [python] bo'yicha max…
  6. Nov 17, 2025Data Science 21-asrning eng yaxshi kasbi ekan, o'qinglar!) @murodalidev
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →