TGViewer
murodalidev /> murodalidev /> @murodalidev · 800 subscribers
Post #651 722
Ma'lumotlar bilan ishlaganda eng katta muammo - tartibsizlik. Xom, tozalanmagan ma'lumotdan to'g'ridan-to'g'ri hisobot qursangiz, natija ishonchsiz bo'ladi. Aynan shu muammoni hal qilish uchun Medallion arxitekturasi yaratilgan.

Medallion arxitekturasi:
Medallion — bu ma'lumotlarni bosqichma-bosqich tozalab, sifatini oshirib boruvchi arxitektura usuli. Bu arxitekturada ma'lumot 3ta layer'dan o'tadi:

🥉 Bronze - xom ma'lumot. Manbadan qanday kelgan bo'lsa, shundayligicha saqlanadi. Hech narsa o'zgartirilmaydi.
🥈 Silver - tozalangan ma'lumot. Dublikatlar olib tashlanadi, formatlar to'g'rilanadi, xatolar tuzatiladi, jadvallar birlashtiriladi.
🥇 Gold - biznes uchun tayyor ma'lumot. Hisobotlar, dashboardlar va analitika uchun agregatsiya qilingan, tayyor jadvallar.

Nima uchun bu usuldan foydalanish kerak?
🔸 Xom ma'lumot doim saqlanadi - xato bo'lsa, qaytadan qayta ishlash mumkin
🔸 Har bir qatlamning vazifasi aniq - tartib va nazorat oson
🔸 Ma'lumot sifati bosqichma-bosqich oshadi
🔸 Turli jamoalar o'ziga kerakli qatlamdan foydalanadi (analitiklar - Gold, injenerlar - Bronze/Silver)

@murodalidev ✅
  • ⚡ 5
  • ❤ 3
  • ❤‍🔥 1
More from @murodalidev
  1. Jun 19, 2026Every challenge, every adversity, contains within it the seeds of opportunity and growth
  2. Feb 9, 2026ChatGPT: Create a caricature of me and my job based on everything you know about me. @muro…
  3. Dec 23, 2025Dasturchilar katta loyihalarni qilib boshlashganlarida bir qancha qiyinchiliklarda duch ke…
  4. Dec 18, 2025Hammaga salom👋 Odatda tez-tez so‘rovnoma yubormayman. Hozir AsyncIO [python] bo'yicha max…
  5. Nov 17, 2025Data Science 21-asrning eng yaxshi kasbi ekan, o'qinglar!) @murodalidev
  6. Nov 6, 2025Ortiqcha if checklar yozishdan saqlaning. Sizda ikki yoki undan ortiq fieldlar null bo'lsa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →