🌍🎓 XALQARO TA’LIMIY KO‘RGAZMA — YANGI IMKONIYATLAR SARI QADAM!
Mirzo Ulug‘bek ixtisoslashtirilgan maktabida SRT Fairs tashkiloti bilan hamkorlikda xalqaro ta’limiy ko‘rgazma tashkil etildi.
Ko‘rgazmada dunyoning 18 ta nufuzli xalqaro universitetlari vakillari ishtirok etib, o‘quvchilarga universitetlarning ta’lim dasturlari, qabul talablari, grant va stipendiya imkoniyatlari hamda xorijda tahsil olish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdilar. 🎓🌎
Tadbir davomida o‘quvchilar universitet vakillari bilan bevosita muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. 💬
Shuningdek, ko‘rgazmada Yunusobod tumani Kelajak markazi vakillari hamda tumandagi maktablardan tashrif buyurgan mehmonlar ham ishtirok etib, xalqaro ta’lim imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
✨ Bunday tadbirlar o‘quvchilarga dunyoning yetakchi universitetlari bilan bevosita aloqa o‘rnatish, o‘zlari uchun mos ta’lim imkoniyatlarini beradi.
📚 Xalqaro ta’lim — keng imkoniyatlar sari yo‘l!
Post #8842
286







- 👍 7
- 🔥 3