🎓 MIRZO ULUG‘BEK MAKTABIDA YETAKCHI UNIVERSITETLAR TA’LIMIY KO‘RGAZMASI
Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida ta’limiy ko‘rgazma tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar AQSh va Kanadadagi nufuzli universitetlar vakillari bilan bevosita muloqot qilib, universitetlarning ta’lim dasturlari, qabul talablari, stipendiya va moliyaviy yordam imkoniyatlari, shuningdek, talabalik hayoti haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
📚 Ko‘rgazmada quyidagi universitetlar vakillari ishtirok etdi:
🇺🇸 Arizona State University
🇺🇸 Bennington College
🇺🇸 Foothill College va De Anza College
🇺🇸 George Mason University
🇨🇦 Huron University College
🇺🇸 Indiana University Bloomington
🇺🇸 Colby College
🇺🇸 Stony Brook University
🇺🇸 University of Colorado Boulder
🌍 Mirzo Ulug‘bek maktabi — o‘quvchilarimizning xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lida!
Post #8832
279





