TGViewer
Muallim Muhammad Muallim Muhammad @muallimmuhammad · 14.4K subscribers
Post #555 4.65K
Ustoz Ikrom Sharif aytgan fikrlarning boshidagi "erkak" so‘zining o‘rniga "ustoz" deb almashtirib qo‘ysak ham, ma’no o‘zgarmaydi.

Oxirgi vaqtlarda yuzga yaqin ustozlar darslarini kuzatdim.

Ko‘plab ustozlarning muammosi nutq bilan bog‘liq.

Sinfxonani boshqarolmayotgan, bolalarni tinchlantirolmayotgan, ular bilan munosabat qurolmayotgan, o‘z g‘oyalarini ularga o‘tkazolmayotgan ustozlarda so‘z boyligida katta taqchillik bor.

So‘z zaxirasi kamligidan yo yaxshi fikrlamaydi, yoki o‘z fikrini bolaga to‘g‘ri yetkazib bera olmaydi. Bolaga mos, chiroyli misollar bera olmaydi.

Axir, fikrlash ham so‘zlar bilan, so‘zlar kamligi fikrlash kengligini ham cheklaydi.

Sabab? Mutolaa kamligida.

Ustozlar o‘z fani haqidagi maktab bilimlaridan tashqari ilmi kamligida. Faqat attestatsiya, maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan fan sertifikatlariga o‘ralashib qolgandek.

Badiiy, diniy, inson fiziologiyasi va psixologiyasi, pedagogikaga oid kitoblar o‘qimaydi.

Umumiy so‘z boyligi ko‘chadagi insondan katta farq qilmaydi.

Bola bilan muammoga uchrasa, yo uradi, yo baqiradi. Chunki tinchlik bilan, so‘z bilan yechim qilolmaydi.

Tadqiqotlarni o‘rganib chiqdim: o‘rtacha odam 15 ming, yaxshi ustoz 25 ming, qiyin mavzularni ham soddalashtira oladigan, bolalarni his qilib, ularga ta’sir o‘tkaza oladigan ustozda 50 ming so‘z boyligi talab etilar ekan.

Eng so‘nggi bosqichga chiqish uchun ustoz har oy 1,5–2 ta kitob o‘qishi shart, – deyilyapti.

Xulosa:

Bolalar yomon emas, biz ularga tushuntira olmaymiz.

Biz yomon ustoz emasmiz, shunchaki, kam o‘qiydigan ustozmiz. Balki, umuman kitob o‘qimaydigan.

"Siz aytgan usullar menda ishlamayapti, bolalar eshitmayapti", – deyishadi. So‘z boyligi kamligi uchun bolaga to‘g‘ri yetkazib bera olishmayotganini sezishmaydi.

Keyingi postlarda qanday qilib 50 ming + so’z zaxirasiga ega ustozga aylanish haqida gaplashamiz.

Siz oxirgi 3 oyda nechta kitob o‘qidingiz?

@MuallimMuhammad
  • 👍 84
  • ❤ 33
  • ⚡ 12
  • 🤔 3
  • 💯 1
More from @muallimmuhammad
  1. Sep 25, 2026Seni yaxshi ko’raman Men vatanimni shunchalik yaxshi ko’ramanki, uning kamchiliklarini fos…
  2. Sep 24, 20262 soatda 500 kishi yig’ilib qo’yibdi. Qabulimiz yopildi. Shu vaqtgacha ulgurganlarni barch…
  3. Sep 24, 2026Sizlarga aytgan oʻsha xushxabarim bilan keldim. Ko'p yillardan beri o'qituvchilarning og'r…
  4. Sep 24, 2026Ikki savolga javob berib ketingchi. 1. Qanday sinflar sizni tezroq charchatadi? Faol lekin…
  5. Sep 24, 2026Yaxshi ustozlar boshlang'ich sinflarni tinchlantira olgan, katta sinflarni esa faollashtir…
  6. Sep 23, 2026Bir muhim narsani aytish yodimdan koʻtarilibdi. 26-27-sentabr kunlari Mohir bilan birgalik…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →