TGViewer
Muallim Muhammad Muallim Muhammad @muallimmuhammad · 14.3K subscribers
Post #553 5.41K
Sartaroshga bordim, yosh bolaning sochini olyapti. Bolalar uchun alohida yumshoq o‘rindiqcha, bolaning to‘g‘risiga planshetda multfilm qo‘yib qo‘ygan (men bunga qarshiman).

Boladan fikrini so‘rab, chiroyli qilib olyapti sochini.

Yonidagi mijoz: «Qoyil, aka, bolajonlarga shuncha qulaylik. Biz yoshligimizda bularning hech biri bo‘lmasdi», — dedi. «Qattiq o‘rindiq, jahldor sartarosh amaki va bir xil turmak edi», — deyapti.

Sartarosh aka esa: «Yo‘g‘-e, aka, hammaga ham bunday qilmayman. Tanishimning ukasi-da (manfaat bor)», — deyapti.

«Qolgan bolalarga bunaqa bo‘lmaydi, o‘zi 60 ming bersa, nima kerak bularga?» — deyapti.

Ichimda o‘ylayapman: yaqin orada aka bu kasbi orqasidan yuqori daromadga chiqa olmaydi.

Chunki kichik ishlarga jiddiy qaramaydi. Vaholanki, kichik ishlardagi professionallik bizga katta ishlar mas’uliyatini olib keladi.

Yaxshi xizmat ko‘rsatilinmagan yosh bolaning ehtimoliy dadasi, akasi, ukasi, amaki va tog‘alari bo‘lishi mumkin.

Katta ehtimol bilan, bir kichik ish ortidan yaxshi pul topadigan o‘nlab mijozlarni yo‘qotyapti. Afsus, buni o‘zi ham bilmaydi. Bilolmaydi.

Sizga ham shu maslahat: ishlarni amallovchi emas, yuqori darajada qiluvchi bo‘ling.

Kichik ishlar yig‘indisini kam baholamang.

@MuallimMuhammad
  • 💯 119
  • ❤ 57
  • 🔥 36
  • 👍 14
  • ⚡ 1
More from @muallimmuhammad
  1. Sep 25, 2026Seni yaxshi ko’raman Men vatanimni shunchalik yaxshi ko’ramanki, uning kamchiliklarini fos…
  2. Sep 24, 20262 soatda 500 kishi yig’ilib qo’yibdi. Qabulimiz yopildi. Shu vaqtgacha ulgurganlarni barch…
  3. Sep 24, 2026Sizlarga aytgan oʻsha xushxabarim bilan keldim. Ko'p yillardan beri o'qituvchilarning og'r…
  4. Sep 24, 2026Ikki savolga javob berib ketingchi. 1. Qanday sinflar sizni tezroq charchatadi? Faol lekin…
  5. Sep 24, 2026Yaxshi ustozlar boshlang'ich sinflarni tinchlantira olgan, katta sinflarni esa faollashtir…
  6. Sep 23, 2026Bir muhim narsani aytish yodimdan koʻtarilibdi. 26-27-sentabr kunlari Mohir bilan birgalik…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →