TGViewer
Muallim Muhammad Muallim Muhammad @muallimmuhammad · 14.4K subscribers
Post #552 4.68K
Rozi bo’ldim

Mashinani uzoq va probkali yo’lda haydashni boshlaganimda rosa asabiylashdim.

TTZdan Segiliga haydab kelib, qaytaman.

Baqirdim, signal chaldim, o’zimcha jahl qildim.

Qarasam, kunim ertalabdan rasvo bo’lyapti, ishdan qaytishda stress ortib ketyapti.

Bittasiga gapirsang, yana 3 tasi tiqilib keladi.

Bir necha kunim rasvo bo’lgach o’zimga savol berdim. Bularni o’zgartira olamanmi? Yuzlab ahmoqlarga jahl qilishga, gaplashishga energiyam va vaqtim bormi?

Javob: yo’q.

Voqeani o’zgartira olmayman, unga munosabatimni esa boshqara olaman.

Axir, bu kanalda faqat ta’sir o’tkaza oladigan narsalarimiz haqida gaplashamiz deb kelishgandik-ku.

Tiqiladiganlar, qisib ketadiganlar, sabrsizlar, qo’pollar borligini qabul qildim. Harakatlariga rozi bo’ldim. Zero, o’zim bekamu ko’st emasman.

Endi xotirjamroq bo’ldim. Kunim yaxshiroq boshlanyapti.

Hayotimizda biz o’zgartira olmaydigan ko’plab jihatlar, insonlar bo’ladi.

Sababini qo’limizdan kelgancha qilib qolganini qabul qilishimiz, rozi bo’lishimiz xotirjam hayotga olib boradigan yo’llardan biri.

@MuallimMuhammad
  • 🔥 57
  • ❤ 31
  • 💯 21
  • 👍 7
  • 🤔 1
More from @muallimmuhammad
  1. Sep 25, 2026Seni yaxshi ko’raman Men vatanimni shunchalik yaxshi ko’ramanki, uning kamchiliklarini fos…
  2. Sep 24, 20262 soatda 500 kishi yig’ilib qo’yibdi. Qabulimiz yopildi. Shu vaqtgacha ulgurganlarni barch…
  3. Sep 24, 2026Sizlarga aytgan oʻsha xushxabarim bilan keldim. Ko'p yillardan beri o'qituvchilarning og'r…
  4. Sep 24, 2026Ikki savolga javob berib ketingchi. 1. Qanday sinflar sizni tezroq charchatadi? Faol lekin…
  5. Sep 24, 2026Yaxshi ustozlar boshlang'ich sinflarni tinchlantira olgan, katta sinflarni esa faollashtir…
  6. Sep 23, 2026Bir muhim narsani aytish yodimdan koʻtarilibdi. 26-27-sentabr kunlari Mohir bilan birgalik…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →