Agar bulbulni yaxshi ko’rsang ularni olib kelishni ikki yo’li bor.
Birinchisi, majburlab tutib kelasan, qafasda saqlaysan. Lekin ular baxtli bo’lmagani uchun sen ham mazza qilmaysan.
Ikkinchisi, go’zal bog’ yaratasan, turli gullar va daraxtlar ekasan. Bulbullar kelib yashashadi va go’zal navolar saylashadi. Bundan sen ham zavqlanasan.
Sen ikkinchisini qil deyishgandi.
Merit school va Rahimov schoolda ustozimiz Aziz aka Rahimov shunday bog’ yaratishgandi. Ha, kamchiliklar bor. Lekin u siz bo’larmidi bu hayot.
Shu muhitga yaxshi ustozlar yig’ilgan 6 yildirki tanish, aka-uka bo’lib ketdik. Yig’ilib turamiz.
Bugun ham shunday manan dam oladigan, samimiy suhbat bo’ldi. G’uborlarni chiqardik.
Sizlar ham avvalgi hamkasblaringiz bilan ko’rishib turasizmi? Yaxshi muhit topganmisiz?
@MuallimMuhammad
Post #550
6.11K

- 🔥 76
- ❤ 32
- 👍 14
- 😭 9