Mening bir yaxshi odatim bor: hayotimda bo’layotgan barcha noxush voqealarga o’zimni aybdor sifatida ko’raman.
Bu menga katta o’sish imkonini beradi. Xato qilingan nuqtalarni doimiy tahlil qilishga harakat qilaman. O’z kamchiliklarimni qidiraman.
Shu bilan bir vaqtda bu doimiy aybdorlik hissi meni yeb bitiradi. Surunkali azob beradi.
Afsus, shunday dunyoda yashaymiz. Foydasini xohlagan jihatlarimizning zarariga ham duchor bo’lishga mahkummiz.
Tanlov o’zimizda. Siz-chi voqealarga qanday munosabat bildirasiz?
@MuallimMuhammad
Post #548
6.67K
- ❤ 79
- 💯 30
- 🔥 11
- 🤔 5
- ⚡ 2
- 😁 1