1965-yilda amerikalik psixolog Robert Rozental va maktab direktori Lenor Yakobson olamshumul tadqiqot o‘tkazadi.
Kaliforniyadagi maktablardan birida bolalarga IQ testi berishadi. Test natijasiga umuman qaramagan holda 20% o‘quvchilarni ajratib olishadi va ustozlarga “katta salohiyatga ega” o‘quvchilar sifatida topshiriladi. (Bu haqida o‘quvchilarga hech narsa deyilmagan.)
O‘quv yili oxirida bolalardan yana test olinadi. Saralab olingan guruh boshqalardan 45% baland natija ko‘rsatishdi.
Sabablar?
Ustozlar “iqtidorli” deb hisoblangan bolalardan beixtiyor yuqori natija kuta boshlashdi. Suhbatlar ko‘paydi, xatolar ko‘proq kechirildi, darslarga yaxshiroq tayyorlanib kelindi, o‘quvchilarga ijobiy fikrlar ko‘proq bildirildi.
O‘z-o‘zini amalga oshiruvchi bashorat!
Siz bolaga ko‘proq mehr berasiz va ishonasiz, oqibatda bola sizni yaxshi ko‘radi va faningizni yaxshiroq o‘qiydi. Natijada siz bolaga yanayam ko‘proq e’tibor va mehr berasiz. Zanjir effekti bo‘lib bog‘lanib ketadi. Bola natijaga erishadi.
Bu nafaqat ustoz va shogird munosabatida, ota-ona va farzand, rahbar va xodim munosabatlarida ham ishlaydi.
Biz ularga qanchalik ishonarkanmiz va buni amallarimiz, so‘zlarimiz bilan ko‘rsatib bera olarkanmiz, ularni o‘zgartira olamiz. Va teskarisi.
Sharti — o‘quvchiga, farzandingizga va xodimga ishonch chin ko‘ngildan bo‘lsin. Bunga amaliy sabablar toping va o‘ziga shuni ko‘rsatib, ishonchingizni mustahkamlang!
Genri Ford aytganidek, sen qila olaman deb o‘ylasang ham, qila olmayman deb o‘ylasang ham — haqsan!
Sizning faoliyatingizda siz yaxshi ko‘rganingiz va mehr berganingiz uchun o‘zgargan, faqat sizning darsingizni o‘qiydigan o‘quvchilaringiz bo‘lganmi?
@MuallimMuhammad