Tinkalarni quritdi
Ixtilofu nizolar,
Nizoni yo'q qilishga
Yig'ildi rahnamolar.
Bari bitta fikrga
Yakdil ovoz berishdi,
Ixtilofu nizoni
Yo'q qilishga kelishdi.
Faqat bitti ish qoldi
Navbat keldi shu ishga,
Ixtilofu nizoni
Qandayin yo'q qilishga.
Birov u, birov bu der,
Avjga chiqdi tortishuv,
Kelishmaslik fikrida
Yakun topdi kelishuv.
Nega hayron bo'lasiz?
Ular ham emas ahmoq,
Faqat har kim o'zgadan
Oʻzin ko'rar yaxshiroq!
Husaynxon Yahyo Abdulmajid
Post #2180
1.48K
- 🔥 68
- ❤ 27
- ⚡ 9
- 🥰 3
- 😢 1