TGViewer
Mohir Speaks Mohir Speaks @mohirspeaks · 5.62K subscribers
Post #2175 1.63K
Ko‘rindi bu kecha gulda munojot,
Zaboni hol bilan kechdi muloqot.

Dedim: “Ey gul, nechun chehrang qizildir?”
Dedi: “Ey qul, yuz izhori ko‘ngildir”.

Dedim: “Nedan ajab nozikbadansan?”
Dedi: “Dil nozik ersa, naylasin tan?!”.

Dedim: “Jismingda yo‘q g‘unchangdagi bo‘y?”
Dedi: “Xulqing og‘izdan ko‘rsatar bo‘y”.

Dedim: “Barging yashil erkan, go‘zaldir”,
Dedi: “Orzu-umidlardan masaldir”.

Dedim: “So‘lg‘in ko‘ringaysan xazonda?”
Dedi: “Bu yerga yotmoqdan nishon-da”.

Dedim: “Hosillaringni ne qilarsan?”
Dedi: “Suv ichgan o‘rnimga to‘karman”.

Dedim: “Uzmish gulingni bir necha yosh?”
Dedi: “To lab ochildi, ketdi bu bosh!”

Dedim: “Bormi sening bir bog‘boning?”
Dedi: “Jisming turarmi, yo‘qsa joning?”

Dedim: “Bulbul senga oshiq ekan ko‘p?”
Dedi: “Bog‘bondir ishq ahliga mahbub”.

Dedim: “Har yaprog‘ing san’at nishoni”,
Dedi: “Har biri bog‘bon dostoni”.

Dedim: “Nega boqarsan ko‘kka doim?”
Dedi: “Dil talpinar, aytib «ilohim»”.

Dedim: “Qancha quyoshdan bahravar tan?”
Dedi: “Har qancha unga yuzlanarman”.

Dedim: “Yoningda bu ajriqqa ne bor?”
Dedi: “Tushsa nazarlar, aylagay kor”.

Dedim: “Nega go‘zallik ramzi sensan?”
Dedi: “Doim tabassum sunnat erkan”.

Dedim: “Sen qo‘lma-qo‘l xalq ichra doim”,
Dedi: “Sen ham tikonsiz bo‘l, muloyim”.

Dedim: “El yuzingga maftun bo‘larlar?”
Dedi: “Badbo‘y esam, tashlab ketarlar”.

Dedim: “Essa shaboda tebranarsan?!”
Dedi: “Gar tebranolmasang, sinarsan!”

Dedim: “Ari asal olgay gulingdan”.
Dedi: “Yaxshi, yomon bori tilingdan”.

Dedim: “Husningga oshiqlar sanoqsiz”,
Dedi: “O‘tkinchi husn ishqqa yaroqsiz”.

Dedim: “Qumg‘oq nega gul-g‘uncha ochmas?”
Dedi: “Bebahra suv birlan ko‘karmas”.

Dedim: “Mevang yo‘g‘-u, sen serxaridor?”
Dedi: “Xushchehralikda yaxshilik bor”.

Dedim: “Jismingni yulgan(ni) netarsan?”
Dedi: “Ilgin o‘pib, atrim separman”.

Dedim: “Nedir hayoting qildi barbod?”
Dedi: “Barvaqt ochilmoq bo‘ldi, hayhot!”

Dedim: “Qaydansan-u, so‘ng qayga ketmoq?”
Dedi: “Tufroqdan-u, tufroqqa qaytmoq”.

Dedim: “Bu o‘rtada sha’ningga ne bor?”
Dedi: “Gullik vazifam qilmoq izhor”.

Dedim: “Umring, valekin, uncha ermas”,
Dedi: “Bir gul bo‘lishga yetmog‘i bas”.

Dedim: “Endi qachon sen-la ko‘rishmoq?”
Dedi: “Sen-la ko‘rishmoq o‘rni uchmoq”.

Dedim: “Menga nasihat ayla bir dam”,
Dedi: “Tufroqni yod et, ojiz odam!”

Dedim: “Menga vasiyat qil, qadrdon”,
Dedi: “Qullik vazifang, hazrat inson!”

Husaynxon Yahyo Abdulmajid
  • ❤ 57
  • 👍 22
  • ❤‍🔥 15
  • 🥰 4
  • 🕊 1
More from @mohirspeaks
  1. Oct 2, 2026Kecha nima ovqat yeganini eslolmaydi deb kulishardi. Qiziq. Kecha yegan ovqatimizni eslash…
  2. Oct 2, 2026Yaxshi — tomonim 10 dan ortiq hunarim bor) Yomoni — hech qaysisida zo‘r emasman(
  3. Oct 1, 2026Bugun sezib qoldim, 2 ta joyda yutuqlarim bilan og‘zimni to‘ldirib maqtanar ekanman: 1. Is…
  4. Oct 1, 2026Zamonaviy Pedagog loyihamizga 14 kun muddatga call centre operator kerak. Ish online. Yaxs…
  5. Sep 30, 2026Kostyum shim bilan krossovka kiysa bo‘ladi.
  6. Sep 30, 2026Yo‘llar yurganda ochiladi.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →