TGViewer
Digital.uz Digital.uz @mitcuz · 13K subscribers
Post #24353 2.52K
🌟She’s Next tashabbusining birinchi g‘oliblari aniqlandi

📌Raqamli texnologiyalar vazirligi qo‘llab-quvvatlayotgan She’s Next, Empowered by Visa global tashabbusining O‘zbekistondagi birinchi mavsumi yakunlandi. Tashabbus Visa kompaniyasi tomonidan Ipak Yuli Bank bilan hamkorlikda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ularning raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va yangi biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

✔️Bugungi kunda raqamli texnologiyalar ayol tadbirkorlarga o‘z biznes va startaplarini yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish va yangi bozorlarga chiqish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. O‘zbekistonda ham ayollarning raqamli ko‘nikmalarini oshirish va zamonaviy texnologiyalardan tadbirkorlik faoliyatida samarali foydalanishini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

💬O‘zbekistonda ilk bor 2026-yil aprel oyida yo‘lga qo‘yilgan tashabbus mamlakatning turli hududlaridan 5000 nafardan ortiq tadbirkor ayolni birlashtirdi.

😉Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Faoliyat yuritayotgan biznes”, “Ish boshlayotgan biznes” va “IT-biznes” yo‘nalishlaridagi eng yaxshi yettita loyiha muallifi o‘z biznesini rivojlantirish uchun umumiy qiymati 22 000 AQSh dollari bo‘lgan pul grantlariga ega bo‘ldi.

Faoliyat yuritayotgan biznes
Birinchi o‘rin – Maftuna Mutallibxo‘jaeva – 6000 AQSh dollari;
Ikkinchi o‘rin – Nigoraxon Qodirova – 4000 AQSh dollari;
Uchinchi o‘rin – Fotima Bazarbaeva – 2000 AQSh dollari.

Ish boshlayotgan biznes

Birinchi o‘rin – Mohinur Oxnorova – 4000 AQSh dollari;
Ikkinchi o‘rin – Nargiza Mahmudova – 2000 AQSh dollari;
Uchinchi o‘rin – E’zoza Mirsaotova – 1000 AQSh dollari.

IT-biznes
G‘olib – Sevinch Maxmudova – 3000 AQSh dollari.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/211423

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
More from @mitcuz
  1. Sep 25, 2026🛰O‘zbekiston va APT Satellite sun’iy yo‘ldosh aloqasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida keli…
  2. Sep 25, 2026Live stream finished (8 hours)
  3. Sep 25, 2026🖥ICT WEEK: Raqamli davlatni rivojlantirishning yangi bosqichi muhokama qilindi ✨ ICT WEEK…
  4. Sep 25, 2026🟦🟦🟦 Siz kutgan lahzalar keldi! Saralash imtihon natijalarini e’lon qilamiz 📖Joriy yiln…
  5. Sep 25, 2026✨ Pitch Point sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda 🧢 ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbe…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →